Darslik ташкент Mualliflar jamoasi


Yurak astmasi xurujida birinchi yordam


Download 5.41 Mb.
bet74/257
Sana23.09.2023
Hajmi5.41 Mb.
#1686290
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   257
Bog'liq
Kitob TKK

Yurak astmasi xurujida birinchi yordam
1. Bemorga oyoqlarini osiltirib, qulay holatni yaratishda yordam bering.
2. Kislorod ingalyasiyasini boshlang.
3. Qo’l-oyoqlarga jgut qo’yish yaxshi natija beradi, lekin jgut faqat vena qon tomirlarni qisib, arteriyalarda puls sezilib turishligini esda tutish lozim.
4. Jgutlarni oyoq-qo’llardan baravar yechish mumkin emas.
Belgi. Nafas yo’llarida yot jism
Nafas yo’llarining to’silib qolishi to’liq yoki qisman bo’ladi. Qisman to’silib qolishda, agar bemor hushidan ketmagan bo’lsa, unda yo’tal va nafas olish oralig’ida shovqinli nafas paydo bo’ladi.
Nafas olish yo’llari to’silib qolganda birinchi yordam (bir-biriga yordam berish)
1. Panjangizni musht qiling.
2. Mushtni qorinning yuqori qismiga to’sh suyagidan pastroqda joylashtiring.
3. Mushtni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab, tepaga tezlik bilan turting.
4. Oldinga egilib, ko’rsatilgan sohaga chetlari uchli bo’lmagan qattiq predmet bilan bosish mumkin (stul orqasi, panjara bilan).
Ogohlantirish:
1. Yot jismni yo’tal yordamida chiqarib tashlashda bemorga halal berish mumkin emas; yo’tal — bu og’iz orqali nafas chiqarishni kuchaytiradigan himoya reflektor akt.
2. Agar yo’tal bir necha daqiqa davom etsa, shoshilinch ravishda yordam chaqiring.
3. Bemorning o’zini yolg’iz qoldirmang, unga dalda bering, bemordan yo’talishni davom ettirishni so’rang.
4. Nafas yo’llari to’liq to’silib qolganda, bemor gapira olmaydi, nafas ololmaydi va yo’tala olmaydi. Odatda bemor o’ziga xos harakat qiladi: qo’li bo’ynini jon-jahdi bilan o’rab oladi. Sizning vazifangiz — nafas yo’llarini tezlik bilan tozalash.
Nafas yo’llari to’silib qolganda qorin turtkilari usuli bilan birinchi yordam (bemor hushini yo’qotmagan)
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.
2. Zarar ko’rganning orqasiga turing.
3. Qo’lingizni uning beli atrofida chirmashtiring.
4. Panjangizni musht qilib, zarar ko’rganning qornining tepa qismiga marham bosing (epigastral sohasi).
5. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.
6. Mushtingizni tepaga ildam turtki bilan qoringa bosib kirgizing.
7. Turtkilarni nafas yo’llari ochilguncha yoki zarar ko’rgan hushidan ketguncha davom ettiring.
Ortiqcha vaznli bemorlar va homilador ayollarning nafas yo’llari to’silib qolganda ko’krak turtkilari bilan birinchi yordam ko’rsatish (bemor hushini yo’qotmagan)
1. Birorta odamni tezlik bilan yordamga chaqiring.
2. Zarar ko’rganning orqasida turib, kaftingizni uning qo’ltig’i tagiga va ko’krak qafasi atrofiga joylashtiring.
3. Qo’lingizni musht qilib, mush-tingizni to’sh suyagining o’rta qismiga joylashtiring.
4. Mushtingizni ikkinchi qo’lingiz bilan ushlab oling.
5. Turtkilarni ko’krak qafasiga nafas yo’llari ochilguncha yoki zarar ko’rgan hushidan ketguncha davom ettiring.

Download 5.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling