Darslik va o'qish qo'llanmalar bo'yicha fan boblari va mavzularini o'rganish Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar


Download 365.76 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi365.76 Kb.
#1387239
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Darslik va o


Darslik va o'qish qo'llanmalar bo'yicha fan boblari va mavzularini o'rganish
Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar. Maxsus ravishda o‘quvchilar uchun yozilgan kitob darslik deb ataladi. Unda o‘quv dasturining hamma materiali batafsil va izchillik bilan ochib beriladi. Boshqa kitoblarga qaraganda darslikka oshirilgan talabalar qo‘yiladi. Darslikdagi fikrlar lo‘nda qilib ifodalanishi, material esa tushunish uchun oson shaklda bayon qilinishi kerak. Darslik har doim yaxshi qog‘ozda bosiladi, uning shrifti yetarlicha katta, bosmasi aniq bo‘lishi lozim. Quyi sinflarga mo‘ljallangan darsliklarda rangli illyutratsiyalardan foydalaniladi. Eslab qolishi talab etiladigan asosiy o‘rinlar va qoidalar qalin shrift bilan ajratiladi yoki ramka ichiga olinadi. Har bir mavzu va bobning oxirida takrorlash uchun savollar beriladi. Darsliklar o‘quv materialini tezroq, to‘laroq va chuqurroq egallab olishga yordam beruvchi o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldiriladi. Yo‘nalishi va hal qilinadigan vazifalariga ko‘ra o‘quv qo‘llanmalarni quyidagilarga bo‘lish mumkin:
- o‘quv materialini chuqurlashtiruvchi va uning eslab qolishiga yordam beruvchi qo‘llanmalar (xrestomatiyalar, mashqlar to‘plami, ma’lum predmet bo‘yicha o‘qish kitobi, kontur kartalar);
- o‘rganilgan masalalarni illyustratsiyalovchi va bu bilan ancha aniq tasavvur hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar: (mulyajlar, rasmlar, plakatlar, diagrammalar, atlaslar),
- ko‘nikma va malakalarni hosil qilishga yordam beruvchi qo‘llanmalar (bosma asosdagi daftarlar, topshiriqlar kartochkasi);
- ma’noni tushunishni yengillashtiruvchi qo‘llanmalar (lug‘atlar);
- ko‘p maqsadda ishlatiluvchi qo‘llanmalar: kinofilmlar, ensiklopediyalar va h.k.
Hozirgi davrda umumiy o‘rta ta’lim, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun darsliklar tayyorlashda anchagina muammolar mavjud. Bu muammolar O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» hamda uzluksiz ta’lim dasturi mazmuni tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi talablaridan kelib chiqib hal etishni taqozo etadi. Davlat ta’lim standartlari asosida ilmiy, o‘quv darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar hamda zamonaviy elektron darsliklar, masofaviy o‘qitish, internet tizimi bilan bog‘liq axborot texnologiyalarini yaratish, tayyorlash kabi pedagogik muammolar amalga oshirilishi kerak. Darsliklar yaratishda mualliflararo raqobat, sog‘lom muhitni yuzaga keltirish, ularning sifatini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Ta’limning o‘quv moddiy, nashriyot bazasini rivojlantirishda muammolar hal etilsa, darsliklarning barqaror tizimi yaratiladi. Oqibatda barcha tipdagi ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilarning bilim darajalarini takomillashtirib borishga erishiladi.
Boshlang'ich ta'lim davlat standarti 'oquv predmetlari bo'yicha emas, balki ta'lim sohalari bo'yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo'yicha standart ko'rsatkichlari 7 (6)11 yoshdagi bolalarning rivojlanish darajasi. Ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan, ta'lim mazmunining miqdoriga asoslanib aniqlanadi. Boshlang'ich ta'lim davlat ta'lim standartining qo'llanishi shu bosqichida ta'lim mazmunini kolamini chegaralash, ta'lim sohalarini integratsiyalash imkonini beradi Davlat ta'lim standartini qo'llash boshlang'ich ta'lim mazmunini konsipmal asosga tayangan holda modernizatsiyalashni ko'zda tutadi.
Har darsda o‘quvchilarini kitob o‘qishga undab, ularni mutolaaga jalb etayotgan o‘qituvchi uchun Ruhshonaning tanlovda qatnashishi chindan hayajonli voqeadir. Shu sabab Nozima Ismoilova adabiyot darsini boshlar ekan, o‘quvchisiga ich-ichidan omad tiladi... 
– O‘quvchilarning ma’naviy komillikka erishishida adabiyot fani alohida o‘rin egallaydi, – deydi u. – Chunki adabiyotga qiziqqan bolaning qalbi ezgulikka to‘lib ulg‘ayadi. Yigirma yildan ortiq pedagoglik faoliyatim va maktabda metod birlashmaning raisi sifatida aytishim mumkinki, har bir o‘qituvchi avval o‘quvchilarning psixologiyasini yaxshi bilishi, kezi kelsa, ular bilan birma-bir suhbatlashishi zarur. Bunday suhbat ustoz uchun mashg‘ulotlarni qiziqarli tashkil etishda foyda beradi. Bunga qo‘shimcha ularni fan to‘garaklariga jalb etilsa, nur ustiga nur. 
Shunday talab va ehtiyojdan kelib chiqib, mazkur o‘quv dargohida ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash va malakali pedagoglar bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratilmoqda. Maktab binosida yaratilgan shart-sharoitlar, yuzga yaqin sinf, ikkita sport zal,

Download 365.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling