Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodlari reja


Geografik qonuniyatlar, sabab-oqibatlar, tushunchalarni egallashga oidbo`lgan savol va topshiriqlar. 2


Download 24.63 Kb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi24.63 Kb.
#1053626
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metodika maruza 20

1. Geografik qonuniyatlar, sabab-oqibatlar, tushunchalarni egallashga oidbo`lgan savol va topshiriqlar.
2. Aniq geografik ob’yekt, hodisalarni o`rganishga oid bo`lgan savol, topshiriqlar (tog`lar, tekisliklar, dengizlar, daryolar, ko`llar, o`simliklar, hayvonlar , qishloq xo`jaligi va sanoat tarmoqlari va boshqalar.)
3. Yakka va umumiy tushunchalarni guruhlarga ajratish tarzidagi savollar masalan tog`larning balandligiga ko`ra guruhlarga ajratishi tarzidagi savollar masalan, tog`larni balandligiga ko`ra guruhlash daryolarni to`yinish tipiga ko`ra ajratish va h.k.
4. Geografik obye`kt va hodisalarni belgilashga ko`ra topshiriqlar: masalan, qo`y ko`p boqiladigan rayonlarni, qoramolchilik rivojlangan hududlarni ajratish va h.k
5. Tabiat va iqtisodga oid sabab oqibatlar aloqadorligini o`rganishga oid savollar masalan, iqtisodiy geografik o`rni bilan mamlakat iqtisodiyotning aloqadorligi yoki Qizilqum qoldiq tog`larning mavjudligi sababli va h.k.
6. Obye`kt va hodisalarning o`xshash va farqlarini ajratish tarzidagi savollar masalan, Saxroi Kabir bilan Qizilqumni qiyoslash , Madagaskar oroli bilan Saxalin orolini qiyoslash va h.k.
7. Konkret geografik obye`kt va hodisalarga tegishli bo`lgan xususiyatlarni ajratish masalan: Mamlakat, iqtosodiy rayon, shahar, tabiiy rayonga xos bo`lgan belgilarni ajrata olish.
8. Geografik hodisalarni tavsiflay olish masalan: ob-havoning kunlik, haftalik, oylik o`zgarishlarni jadvalda aks ettira olish.
9. Obye`kt va hodisalarni tayyor jadvallarga tushira olish, masalan: tabiat zonalari, sanoat tarmoqlari va h.k.
10. Geografik qonuniyatlar va sabab oqibatlarni isbotlay olish masalan: nima sababdan eski tog`lar foydali qazilmalarga boy bo`lishi, siklonning o`zgaruvchan ob-havo hosil qilishi sabablariga oid.
11. Umumlashtiruvchi topshiriq va savollar masalan: tabiiy sharoitni, mamlakatning u yoki bu hududini iqtisodiy jihatdan baholay olish kabi topshiriqlar va h.k.
12. Kuzatish va tadqiqot uyushtirishni va talab qiladigan savol, topshiriqlar masalan: ishlab chiqarishni, ob-havoni fenologik o`zgarishlarni kundalikga yozib borish va bu borada xulosalar qila olish va h.k.
Mavzudagi savol va topshiriqlarni bajarish o`quvchilarda xulosalar chiqarish xislatlarini shakllantirishga yordam beradi. Quyi sinf o`quvchilari xulosalar qilishga birmuncha qiynaladilar
Shu tufayli quyi sinflardan boshlab bu ishga o`rgatish maqsadga muvofiq. Darslik asosida o`quvchilarni xulosalar qilishga o`rgatish quyidagi yo`nalishlarda olib borilishi mumkin.
Har qanday matnning xulosa bilan yakunlanishini uqtirish. Xulosalar yuqori sinflarga chiqishi bilan murakkablashib boradi.
Matnni bo`lak-bo`laklarga bo`lib xulosalar chiqarishga o`rgatish.
Matn bo`yicha reja tuza olish xulosa qila olishlikning dastlabki belgisi ekanligi tajribalarda isbotlash.

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling