Darslik va qo’shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodlari reja


Download 24.63 Kb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi24.63 Kb.
#1053626
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
metodika maruza 20


DARSLIK VA QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH METODLARI
Reja:
Ta`limda darslikning o`rni va roli.
2.Geografiya darsliklarini yaratishda qo`yiladigan talablar.
3.Geografiya darsligi bilan ishlash metodlari.
4.Geografiya darsligidagi matn turlari.
5.Geografiya darsligidagi savol va topshiriqlar bilan ishlash.
6.Geografiya darsligidagi illyustratsiyalar bilan ishlash.
Tayanch atamalar: O’qitish vositalari, darslik, o’quv dastur, Natural o’quv vositalari, tushuncha, qonuniyat, faraz, nazariya qoidalar, illyustratsiyalar
Darslik - fan yutuqlari asoslarini o`zida mujassamlashtirgan eng muhim ta’lim vositalaridan biri hisoblanadi. Fan asoslari barcha o`quv predmetlarida ilmiy bilimlar, bilimlar tizimi sifatida namoyon bo`ladi. Ilmiy bilimlar darslikda, tushuncha, qonuniyat, faraz, nazariya qoidalar tarzida aks etadi. Barcha bilim tushuncha, qonuniyatlar o`quv predmetiga bir qancha filtrlar orqali o`tadi va o`ziga xos ishlovni olgandan keyingina o`quv predmetiga kiritiladi. Bunday bilimlar avvalo ta`lim maqsadiga, o`quvchilar ehtiyojiga, zamon talablariga javob berishi kerak. Shu tufayli ta`lim mazmunini faqat ekspertlar orqali tanlash mumkin emasligini hayot isbotladi.
Shu tufayli ham 1964-1966 yillarda ta`lim islohotida olimlar tavsiyasi bilan tanlangan ta`lim mazmuni va shu asosda yaratilgan darsliklarni hayot va maktab inkor etdi. Bu yerda fan, ijodkorlar qiziqishiga mos kelmaganligi oqibatida ta`lim islohoti amalga oshmasdan qoldi. O`quvchilar qiziqishi oldindan o`rganilmaganligi darslikni hayotiy eksperementdan o`tmaganligi oqibatida bu salbiy holat ro`y berdi.
Geografiya darsliklarini yaratishga qo`yiladigan eng muhim talab u hayot bilan, ITT yutuqlari bilan bog`langan bo`lishi kerakligidadir. Shu kungacha darsliklarda fanning qaysi ilmiy bilim va savollarini olish kerakligi haqida bironta kriteriya (talab) yaratilgani yo`q. Bunday kriteriya geografiya ta`limida regionlar, hududlar xususiyatidan kelib chiqadi. Sobiq SSSR davrida O`zbekiston maktablarida SSSR tabiiy geografiyasining o`rganishga 58 soat vaqt sarflanib, O’zbekiston tabiiy geografiyasiga atigi 12 soat vaqt ajratilgan. Ya`ni o`quvchilar o`zga o`lkalar geografiyasini mukammal o`rganib o`z mamlakati geografiyasini juda yuzaki o`rgandilar. Bu yerda darsliklar yaratilishida hududlar, ITT kriteriya sifatida e`tiborga olinmadi.
O`sha davrda yaratilgan geografiya darsliklari faqat Rossiya o`quvchilari manfaatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda yaratildi desak xato qilmaymiz. Fan asoslari darslikda aks etgan bilimlarni mantiqan to`g`ri berilishi va yoritilishi ilmiy bilish metodlariga tayanishi, qonuniyat, tushuncha va turli g`oyalarning tabiat va jamiyat qonunlariga mos va to`g`ri kelishi maqsadga muvofiq. Fan asoslarining darslikda mantiqan izchil va ilmiy bo`lishida quyidagilarga e`tibor berish kerak.
1.Geografik ob’yekt va hodisani tadqiq qilish va u haqida har xil axborotlar to`plash.
2.Yig`ilgan axborotlarni ma`lum tizimga tushirish.
3.Qonuniyatlarni tushuntirib bayon etish, ular o`rtasidagi sabab aloqadorlikni o`rnatish.
4.Ilmiy ma`lumotlarni o`quv qo`llanmalar, maqolalar tarzida chop qilib turish va shu tarzda kelajakda ulardan darsliklar yaratishda foydalanish.
O`quv predmeti mazmunida fan yutuqlarini aks ettirishda quyidagilarni e`tiborga olish maqsadga muvofiq.
Materiallarning muammoli bayon qilinishi.
O`quvchilarni izlanishga o`rgatish.
Sabab oqibatlar aloqadorligi tarzidagi materiallar bo`lishi.
Materiallarning mantiqan izchil yoritilishi.
Kuzatish natijasidagi materiallarning berilishi.

Download 24.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling