Psixologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash metodlari va texnologiyalari


Download 223.5 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi223.5 Kb.
#1790187
  1   2   3   4
Bog'liq
portal.guldu.uz-SILLABUS


Psixologik tadqiqot ma’lumotlarini qayta ishlash
metodlari va texnologiyalari” fanining 2021/2022 o’quv yili uchun mo’ljajlangan
SILLABUS

Fanning qisqacha tavsifi

OTMning nomi va joylashgan manzili:

Guliston davlat universiteti

Yangier shahar, 2- mikrorayon

Kafedra:

Psixologiya

“ Pedagogika ” fakulteti

Ta’lim sohasi va yo’nalishi:

210000 – Sotsiologiya va psixologiya

5210203 –Psixologiya (amaliy psixologiya)



Fanni (kursni) olib boradigan oqituvchi togrisida malumot:

O’qituvchi: Mirzoyev Jamshid Turdaliyevich

Mirzjamshid003@gmail.com

Dars vaqti va joyi:

A bino 204- auditoriya

Kursning
davomiyligi:

Kuzgi s: 06.09.2021-26.12.2021



Individual grafik asosida ishlash vaqti:

Dushanba, payshanba va juma kunlari 14.00 dan 17.00 gacha

Fanga ajratilgan soatlar

Auditoriya soatlari: 240

Mustaqil 120 ta’lim:

Ma’ruza: 30

Amaliyot 60

Fanning boshqa fanlar bilan bog’liqligi :

falsafa va bialogiya, mat statistika fanlari bilan

Fanning mazmuni

Fanning dolzarbligi va qisqacha
mazmuni:

So’nggi paytlarda psixodiagnostika sohasi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda komp’yuter usullaridan foydalanish tobora keng tarqalib bormoqda. Buning sabablaridan biri keng ko’lamli ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borishga, individual tarzda diagnostik ishlarni olib borishni tezlashtirish, osonlashtirishga imkon beruvchi tashxis metodikalarining komp’yuter variantlarining yaratilishi bo’lsa, ikkinchisi, statistik tanlamalarning reprezentativligiga, ma’lumotlarning statistik tahlili negizida chiqarilgan xulosalarning asosliligiga talabning kuchayishidir.
Taqdim etilayotgan kurs talabalarni Excel elektron jadvali, SPSS paketi bilan ishlashning umumiy tamoyillari bilan, shuningdek, psixolog mutaxassislarining amaliy va tadqiqiy ishlarida keng tarqalgan statistik tahlil metodlari bilan tanishtirishga yordam beradi.
SHunday qilib, ushbu kurs talabaning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, tadqiqiy ma’lumotlar olish va ularni ilmiy talablarga binoan qayta ishlash metodlariga, to’g’ri, asosli ilmiy xulosalar chiqarishga o’rgatadi.
Fanning vazifasi - talabalarda matematik usullarda tadqiqiy ma’lumotlarni qayta ishlash, komp’yuter yordamida tashxis qilish, tadiiiot natijalarini ilmiy tilda bayon qila olish bo’yicha amaliy va nazariy ma’lumotlar bilan qurollantirishdan iborat.



Talabalar uchun talablar

  • psixologik tadqiqot natijalarini birlamchi statistik qayta ishlash bilan bog’liq asosiy matematik-statistik tushunchalar;

  • psixologik tadqiqot natijalarini ikkilamchi statistik tahlil etishga mo’ljallangan asosiy matematik-statistik mezonlarni qo’llashning o’ziga xos jihatlari va xususiyatlari;

  • psixologiya fanida tadqiqiy ma’lumotlarni tahlil etishning eng asosiy va ko’p qo’llaniladigan statistik mezonlari;

  • empirik tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilishning asosiy bosqichlari va ularning mazmun-mohiyati;

  • turli kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida olingan ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil etishga qaratilgan matematik va statistik metodlar

  • hozirgi zamon axborot texnologiyalari va ularni psixologik amaliyotda qo’llash imkoniyatlarining taraqqiy etish tendensiyalari;

  • matematik statistika metodlarini izlash va ularni to’g’ri tanlash tamoyillari;

  • psixologik tadqiqotlarda tuzilishida dasturiy ta’minot tushunchalari;

  • dasturiy ta’minotlarni tanlash mezonlari;

  • tadqiqot natijalarini matematik qayta ishlashning asosiy usullari;

  • SPSS yordamida psixologik ma’lumotlarni qayta ishlash;

  • birlamchi ma’lumotlar bazasini yaratishlari;



Download 223.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling