Darsliklar va mashq daftarlarini bepul foydalanishga berish toʻGʻrisidagi shartnoma


Download 19.45 Kb.
Sana15.11.2023
Hajmi19.45 Kb.
#1775207
Bog'liq
Abdubannop


DARSLIKLAR VA MASHQ DAFTARLARINI BEPUL FOYDALANISHGA BERISH TOʻGʻRISIDAGI SHARTNOMA

Bir tomonidan 18-umumiy o`rta ta`lim maktabi nomidan ustav asosida ish yurituvchi, bundan buyon matnda “Maktab” deb yuritiluvchi Rahmatova Nasiba Mirzabahromovna shaxsida hamda ikkinchi tomondan taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan 3-sinf oʻquvchisi Tursunaliyev Abdubannop Mahmudjon o’g’lining qonuniy vakili (ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxs) O.Jalilovalar o‘rtasida mazkur shartnomani quyidagilar haqida tuzishdi:


I. SHARTNOMA PREDMETI
1.1. Maktab 2023-2024 oʻquv yilida vaqtinchalik foydalanish uchun mazkur shartnomaning 1-ilovasida koʻrsatib oʻtilgan darsliklar yoki metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga beradi, Foydalanuvchi esa 2024-yil 25-maygacha ularni foydalanishga yaroqli holatda qaytarish majburiyatini oladi.
1.2. Mazkur shartnomaning predmeti boʻlgan darsliklar yoki metodik qo‘llanmalar Foydalanuvchiga bir nusxadan beriladi
II. TOMONLARNING HUQUQLARI
2.1. Maktab Foydalanuvchining aybi bilan darsliklar yoki metodik qo‘llanma yoʻqolgan yoki foydalanishga yaroqsiz holatga kelib qolgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki metodik qo‘llanma bilan qoplashni yoki uning qiymatini mazkur Shartnomaning 3.2.3-bandida koʻrsatilgan tartibda toʻlashni talab qilish huquqiga ega.
2.2. Foydalanuvchi ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1-ilovasida koʻrsatilgan darsliklar yoki metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berilishini talab qilish huquqiga ega.
III. TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. Maktab quyidagilarga majbur:
3.1.1. Mazkur Shartnoma tuzilgandan keyin uning 1-ilovasida koʻrsatilgan darsliklar yoki metodik qo‘llanmalarni Foydalanuvchiga foydalanishga yaroqli boʻlgan holatda bepul berish;
3.1.2. Foydalanuvchini darsliklar yoki metodik qo‘llanmalardan foydalanish shartlari va muddatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar bilan taʼminlash.
3.2. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
3.2.1. Olingan darsliklar yoki metodik qo‘llanmalarning toʻliq va foydalanishga yaroqli holatda saqlanishini taʼminlash;
3.2.2. Darsliklar yoki metodik qo‘llanmalarni foydalanishga yaroqli holatda Maktabga qaytarish;
3.2.3. Darsliklar yoki metodik qo‘llanmalar yoʻqolgan yoki keyinchalik foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan taqdirda, zararni xuddi shunday darsliklar yoki metodik qo‘llanmalar bilan qoplash yoxud uning birlamchi hujjatlarda (hisob-fakturada, yuk xatida) koʻrsatilgan qiymatini quyidagi miqdorlarda toʻlash:
1-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning bir baravari miqdorida;
2 - 4-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning ikki baravari miqdorida;
5 - 11-sinf oʻquvchilarining har bir darslik va mashq daftarlari uchun - uning toʻrt baravari miqdorida.
IV. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
4.1. Mazkur Shartnoma boʻyicha olingan majburiyatlarni bajarmaganligi uchun Tomonlar shartnoma shartlari va qonunchilikhujjatlariga asosan javobgarlikka tortiladi.
4.2. Tomonlar bartaraf etib boʻlmaydigan vaziyatlar (fors-major) oqibatida ushbu shartnoma boʻyicha majburiyatlarni qisman yoki toʻliq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
V. NIZOLARNI BARTARAF ETISH
5.1. Mazkur Shartnomaning amal qilishi davomida vujudga kelgan nizolar tomonlar orasida muzokaralar olib borish yoʻli bilan hal qilinadi.
5.2. Nizolarni hal qilishda kelishuvga erishilmagan taqdirda, ular qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
VI. YAKUNIY QOIDALAR
6.1 Mazkur Shartnoma bilan tartibga solinmagan oʻzaro munosabatlar qonunchilik hujjatlariga asosan hal qilinadi.
6.2 Mazkur Shartnoma 2 ta asl nusxada tuzilib, taraflar tomonidan imzolangandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi va 25.05.2024.gacha amal qiladi.


VII. TOMONLARNING REKVIZITLARI



Maktabning raqami (nomi):
18-umumtaʼlim maktabi direktori
N.Rahmatova
_____________
Imzo
Manzili: Oltiariq tumani, Ustoz MFY Tabassum ko`chasi
telefon/faks: 90 5836753
Shaxsiy gʻazna hisob varagʻi:
4001228603022470921000718
MFO: 00502
STIR: 300471214

Foydalanuvchining otasi yoki onasi (qonuniy vakili)
O.Jalilova
_____________
Imzo
Manzili: Oltiariq tuman
Tabassum ko`chasi 15-uy
AB3642463



Download 19.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling