Darsni maqsadi: Ta’limiy maqsad


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 0.91 Mb.
bet2/34
Sana28.03.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1303695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
8~sinf konspekt

Yangi mavzuni mustahkamlash : O’quvchilar bilan savol-javob qilish.
Uyga vazifa berish : 24 § konspekt qilish. Masala ishlash
Kimyo fani o’qituvchisi: ______________________________ O`TIBO’: ________________________
Fan : Kimyo. ___-___.20___ -_sana : 8-sinf________________________________


Mavzu : 24-§ VODOROD XLORID
Darsni maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga berilgan mavzu yuzasidan ilmiy asoslangan, Davlat Ta’lim Standarti talablariga javob beradigan bilimlar berib , ularda amaliy ko’nikmakarni hosil qilish.
2.Tarbiyaviy maqsad:
O’quvchilarimizni Ona-Vatanga , tarixiy va madaniy merosimizga , O’zbek xalqining buyuk siymolariga , Ota-onaga muhabbat va milliy iftihor tuygusi ruhida tarbiyalash. kologok madaniyatni shakllantirish 3.Rivojlantiruvchi maqsad:
Ilimni amaliyotga tatbiq etish. O’quvchilarning bilim va tafakkurini, kitobxonlik malakasini oshirish, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, kimyo faniga qiziqishlarini shakllantirish.
Darsning jihozlari : Plakatlar , kimyoviy moddalardan na’munalar , kimyoviy jihozlar
Darsda qo’llaniladigan metod : Aralash , Interfaol metodlar.
Foydalanilgan adabiyotlar : Kimyo 8.Toshkent-2019. R.Asqarov,N.X.To’xtaboyev,K.G’.G’opirov.
Darsning borishi : Tashkiliy qism: 1.Salomlashish. 2. Davomat. 3. Darsga tayyorgarlik ko’rish.
Uyga vaziufani tekshirish: Konspektni tekshirish , savol-javob tariqasida uyga vazifani so’rash.
Yangi mavzuni bayoni:


XLORID KISLOTA Xlorid kislota vodorod xloridning suvdagi eritmasidir. Olinishi. Xlorid kislotani laboratoriyada olish uchun oddiy reaksiya o‘tkaziladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqayotgan gaz (HCl) suvga yo‘naltiriladi. Natijada gaz suvda erib xlorid kislota hosil qiladi Sanoatda xlorid kislota olish uchun vodorod gazi xlorda yondirilib, hosil bo‘lgan vodorod xlorid suvda eritiladi Fizik xossalari. Konsentrlangan xlorid kislota rangsiz, o‘tkir hidli (vodorod xlorid ajralib chiqayotganligi uchun) suyuqlikdir. Nam havoda tutaydi. Konsentrlangan xlorid kislotaning zichligi taxminan 1,19 g/sm3 ga teng bo‘lib, 37% li bo‘ladi (Bunday kislota "tutovchi" kislota ham deyiladi). Kimyoviy xossalari. 1. Kislotalar uchun umumiy bo‘lgan barcha kimyoviy reaksiyalarga kirishadi. a) Indikator rangini o‘zgartiradi: - binafsha rangli lakmus rangini qizil tusga kiritadi; - ishqoriy muhitdagi pushti rangli fenolftalein rangini rangsizlantiradi; - metilzarg‘aldog‘ining to‘q-sariq rangini qizil rangga kiritadi. b) Metallarning faollik qatorida vodoroddan oldin turgan metallar bilan reaksiyaga kirishib tuz va vodorod hosil qiladi:
Zn metalining HCl bilan ta’sirlashishi. Zn + 2HCl = ZnCl2 + H2; Fe + 2HCl = FeCl2 + H2.
d) Asosli va amfoter oksidlar bilan o‘zaro ta’sirlashadi va tuz bilan suv hosil qiladi:
CaO + 2HCl = CaCl2 + H2O; ZnO + 2HCl = ZnCl2 + H2O.
e) Asoslar bilan o‘zaro ta’sirlashib tuz va suv hosil qiladi:
Cu(OH)2 + 2HCl = CuCl2 + 2H2O.
f) O‘zidan kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishib, yangi kislota va tuz hosil qiladi 2. Xlorid kislotaga xos bo‘lgan reaksiyalar. a) Kumush nitrat bilan reaksiyaga kirishib, oq cho‘kma (AgCl) hosil qiladi. Bu cho‘kma suvda ham, kislotada ham erimaydi: AgNO3 + HCl = ↓AgCl + HNO3 Xlorid ionining eritmada mavjudligini aniqlash uchun AgNO3 reaktivdir. b) Oksidlovchilar bilan reaksiyaga kirishib, xlor ioni oksidlanadi va erkin xlor moddasini hosil qiladi.

Ishlatilishi. Xlorid kislotaning tuzlari xloridlar deyiladi. Xloridlar xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan moddalardir. Natriy xlorid ( osh tuzi) — NaCl. Osh tuzi tabiatda juda ko‘p uchraydi. Uning asosiy massasi dengiz va okeanlar suvida erigan holda bo‘ladi. Qattiq kristall holda tosh tuzi shaklida ham uchraydi.



Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling