Sahna ko’rinishi
1 – boshlovchi: - Bir kuni Amir Tarag’ay ko’p qo’ylarni o’g’liga berib…..
Ota: - O’g’lim bu qo’ylarni bozorga etib sotib keling.
Temurbek: - Xo’p bo’ladi otajon
4 – Boshlovchi: - Temurbek qo’ylarni ming oltinga sotib oltinlarni beliga bog’lab, sayr qilib yurgan edi. O’sha yerda xushovoz bir qalandar odamlarga so’zlab turgan edi.
Qalandar: - Shul yozuvni qadriga yetib, kim ming oltinga olsa, dunyoning oxiriga yetadi
6 – boshlovchi: - Temurbekning himmati jo’shib…
Temurbek: - Mana bu ming oltinni olib menga shu hse’r bitilgan qog’ozingizni sotsangiz, mana sizga ming oltin
Boshlovchi:
Qalandar Temurbekka tikilib turdida nasl – nasabini so’radi. So’ng tayinladi:
Qalandar:
Otang oldiga borgil. Buni otang oldida o’qi, borguncha ochma.
Temurbek:
Otajon mana bu she’r bitilgan qog’ozni bir qalandardan ming oltinga sotib oldim
Boshlovchi:
Otasi qog’ozni o’g’lining qo’lidan olib uni o’qiy boshladi
Ota: - Zulm bilan dunyoda nom qoldirib bo’lmaydi. Jamshid Sulaymon, Iskandarlar o’tib ketdi. Navbat senga ham yetishi tayin. Dunyoga keldingmi, yaxshilik bilan nom qoldir
Ota: - Mazmunidagi ruboiy ekan. Ruboiyning muallifi o’sha Qalandar alloma shoir Kamol Xo’jandiy ekan. Ul zotni man ko’p hurmat qilurman. Barakalla, o’g’lim, ko’p dono ishga oltinlarni sarf etibsan. Endi ming oltinga olgan ushbu hikmatlarga qat’iy rioya qilmoq lozimdir
Temurbek: Xo’p bo’ladi otajon
1 – o’quvchi: Temur –ozodlik va mustaqillik uchun kurashdi
2 – oq’uvchi: Temur – markazlashgan davlat asoschisi
3 – o’quvchi: Temur – ilm fan homiysi
4 – o’quvchi: Temur – insoniy fazilatlar egasi
5 – o’quvchi: Temur – barpo qilgan bog’lar hozir ham gullab – yashnab turibdi
Do'stlaringiz bilan baham: |