Sohibqiron Amir Temur
Maqsad:
a) o’quvchilarni bobokalonimiz Amir Temur hayoti bilan tanishtirish.
b) o’quvchilarning axloqiy sifatlarini tarbiyalash
d) to’g’ri va ravon so’zlash nutqini o’rgatish
Darsning borishi.
1. Tashkilyi qism
-
O’quvchilar bilan salomlashish
-
Sinf davomatini tekshirish
Yangi mavzu:
Sinf xonasini Amir Temur rasmlari va u aytgan o’gitlarini o’quvchilarga ko’rinarli joyda osib qo’yish. Sinf xonasini bayramona bezash
1. Boshlovchi:
Assalom so’zimning kirish qismidan
Assalom musaffo yoshlik jismidan
Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom
Ta’zim bilan deymiz assalom
2 – boshlovchi: Assalomu alaykum aziz ustozlarimiz va mehribon do’stlarimiz
1 – boshlovchi: Ko’ksimizda qo’limiz
Odobdir shiorimiz!
Bizlar deymiz doimo
Assalomu alaykum!
2 – boshlovchi: Bugun biz bobokalonimiz Amir Temurning tavallud kunlariga 673 yil to’lganligi munosabati bilan yig’ildik. Hozir sizlarga tayyorlangan kechamizni namoyish etmoqchimiz. Marhamat, she’r va qo’shiqlarimizni tinglang, dam oling.
-
Xush kelibsizlar azizlar!
1 –o’quvchi: Biz kim – mulki Turon
Amiri Turkistonmiz
Biz – kim millatlarning
Eng qadimi va eng ulug’i
Turkning bosh bo’g’inimiz
2 – o’quvchi: “Qay bir joydan bir g’isht olsam, o’rniga o’n g’isht qo’ydirdim. Bir daraxt kestirsam, o’rniga o’nta ko’chat ektirdim.
3 – o’quvchi: G’olib chiqqan ne – ne janglarda
Temur bobom botir umrbod
Tuprog’idan quvib yovlarni,
Ona yurtni qilgan u ozod.
4 –o’quvchi: Dovrug’ solgan yetti iqlimga
Bo’lgandir u el qahramoni.
Chunki Vatan, eli uchun u
Ayamagan hattoki jonni.
Do'stlaringiz bilan baham: |