Darsning maqsadi: a ta’limiy: talabalarda jamoaviy ishlash toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish; b tarbiyaviy


Download 18.17 Kb.
Sana20.12.2022
Hajmi18.17 Kb.
#1040536
Bog'liq
Dars ishlanma


Sana: “__” ___________ 2022-yil. Kurs: 3 “942-20 DIoʻ”.
O‘qituvchi: Abdullayev Artur
Asistent: Ko’palboyev Dostonbek


MAVZU: O`spirinlik va yetuklik davrlarining ong taraqqiyotiga ta`siri


DARSNING MAQSADI:
a) ta’limiy: talabalarda jamoaviy ishlash toʻgʻrisidagi bilimlarini oshirish;
b) tarbiyaviy: talabalarda jamoadagi ruhiyatni shakllantirish, ularda jamoadagi barcha a’zolar bilan toʻgʻri munosabat oʻrnatishda toʻgʻri yoʻnalishda yoʻnaltirish;
d) rivojlantiruvchi: talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, fotolavhalar ) jamlanmasi.



DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

10 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

Yangi mavzuni tushuntirish

30 daqiqa

4

Mustahkamlash

30 daqiqa

5

O‘quvchilarni baholash

10 daqiqa

6

Uyga vazifa berish



DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: Talabalar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: Talabalar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan talabalarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni: Bizni o`rab turgan va mavjud bo`lgan barcha narsa va hodisalar o`zga xos xususiyatlarga ega. Xususiyatlar bu predmetlarning belgilaridir. Belgi bu predmetni boshqalardan ajratadigan omilidir. Xususiyatlar bevosita bizning ongimizda aks etib, bunda o`qituvchini psixologik bilimlari va o`smirlar bilan ishlay olish qolibyati roli katta.
O`smirlik davridagi psixik rivojlanishning Umumiy tavsifi (o`smirlikda jismoniy o`sish xususiyatlari, jinsiy yetilish jarayoni, uning psixik rivojlanishga ta`siri haqida Umumiy tushuncha). o`smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari. o`smirlik davrida intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari. o`smirlik davrida motivatsion sohadagi rivojlanish xususiyatlari (tengdoshlar bilan muloqot qilish motivatsiyasi, o`quv faoliyati motivatsiyasi, jinoiy xulq-atvor motivlari). o`smirlik davrida shaxsning rivojlanish xususiyatlari (shaxs tug`ilishining 2-davri – A.N.Leontev). O`smirlik davrida o`z-o`ziga baho berish tizimining rivojlanish xususiyatlari. O`smirlik davrida xarakter aktsentuatsiyasi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish. O`smirlik davrining ijtimoiypsixologik muammolari. O`smirlik davrida ota-ona bilan munosabat xususiyatlari. O`smirlarning pyedagoglar bilan munosabatlari uchun xos xususiyatlar. O’smirlik davrida tyengdoshlar bilan o’zaro munosabat muammosi.


Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida talabalar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:



  1. Ilk o`spirinlik davri necha yosh oralig`ida bo`ladi?

  2. O`rta o`spirinlik davri necha yosh oralig`ida bo`ladi?

  3. Yekuklik davri haqida fikringizni bildiring?

  4. O`spirinlarga kasb haqida, turmush haqida ma`lumotlar berishning psixologik muammolari nimalarda iborat?

Talabalarni baholash: Talabalar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: Talabalarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
Download 18.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling