Darsning maqsadi Darsni tashkil etish texnologiyasi
Download 1,57 Mb.
|
Shomalikova M.Dars ishlanma.g
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
- O’tgan mavzuni mustahkamlash
- Ven diagrammasi
- Pazl (“Bo’laklardan butunni tuz”) metodi
- 1-kartochkada-piramidaningning ta’rifi
- Uyga vazifa Darslikning 123-betidagi 2.35-misolni ishlash.
Hayotda maqsadlarni anniq qilish va orzu qilishdan to'xtamaslik kerak.sns Toshkent viloyati Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti MO’M17/2 guruh talabasi Shomalikova Mohinurning 1 soatlik dars ishlanmasi Mavzu: Amaliy mashqlar va tatbiqlar(10-sinf) Darsning maqsadiDarsni tashkil etish texnologiyasi
Darsdan kutilayotgan natija-o’quvchilarda fazoviy jismlar haqida aniq ma’lumotning shakllanishi,uning amaliy ahamiyati,masalalar yechishda malakasini egallashi Baholash tizimi: 1.Mahoratli-5 ball 2.Bilimdon - 4 ball 3.Intiluvchan-3 ballDarsning borishi
O’tgan mavzuni mustahkamlashGeometriya Planimetriya Stereometriya Yassi geometrik shakllar o‘rganiladi Fazoviy geometrik shakllar o‘rganiladi Yangi mavzu bayoni Ko‘pyoq deb yassi ko‘pburchaklar bilan chegaralangan jismga aytiladi. Ko‘pyoqning chegarasi uning sirti deb ataladi Ko‘pyoq ixtiyoriy yog‘i yotgan tekislikning bir tomonida yotsa, bunday ko‘pyoq qavariq ko‘pyoq deyiladi. Prizma deb ikki yog‘i teng ko‘pburchakdan, qolgan yoqlari parallelogrammlardan iborat ko‘pyoqqa aytiladi. Teng yoqlar prizmaning asoslari, parallelogrammlar esa uning yon yoqlari deb ataladi. Asosi parallelogramm-dan iborat prizma parallelepiped deb nomlanadi. Asosi parallelogramm-dan iborat prizma parallelepiped deb nom-lanadi. To‘g‘ri to‘rtburchakni bir tomoni atrofida aylantirishdan hosil bo‘lgan jism silindr deb ataladi. Bunday ayla-nishda to‘g‘ri to‘rtbur-chakning bir tomoni qo‘zg‘alishsiz qoladi. Uni silindrning o‘qi deyiladi O‘qqa qarama-qarshi yotgan tomon aylanishidan hosil bo‘lgan sirt silindr-ning yon sirti deb, tomonning o‘zi esa silindrning yasovchisi deb ataladi.
Ven diagrammasi Prizma va ParallelepipedTo‘g‘ri burchakli uchburchakni bir kateti atrofida aylan-tirishdan hosil bo‘l-gan jism konus deb ataladi. Bu katet konus-ning o‘qi deyiladi. Bu aylantirishda boshqa katet hosil qilgan doira konusning asosi, gipotenuza hosil qilgan sirt konusning yon sirti, gipotenu-zaning o‘zi konusning yasovchisi deyiladi. Bu aylanishda qo‘z-g‘almasdan qolgan uch-burchak uchi konus-ning uchi deyiladi. Doiraning o‘z diametri atrofida aylanishidan hosil bo‘lgan jismga shar deb aytiladi. Bu aylantirishda aylana hosil qilgan sirt sfera deb ataladi.
2-masala. Rasmda berilgan ma’lumotlardan foydalanib, ko‘pyoqning to‘la sirtini toping.
3-masala. Rasmdagi to‘liq ma’lu-motlardan foydalanib, konusning to‘la sirtini toping.
12 cm 5 cm 12 cm
Pazl (“Bo’laklardan butunni tuz”) metodiO’tilgan mavzuga oid asosiy atama,jumla,ta’rif,formulalar,asosiy ma’lumotlar qog’ozga yozib,so’ng bir nechta bo’laklarga bo’lib,aralashtirib yuboriladi.O’quvchilar bu bo’laklar ichidan faqat bitta ma’lumotga moslarini topib ,uni tiklaydilar.Masalan piramida:1-kartochkada-piramidaningning ta’rifi2-kartochkada-piramidaga mos chizma3-kartochkada-piramidaning asosiy elementlari haqida ma’lumot4-kartochkada-piramidaning yon sirti va to’la sirtini topish formulalariMavzuni mustahkamlash uchun maslalar 1.Rasmdagi to‘liq ma’lumotlardan foydalanib, silindrning yon sirtini toping. 2.Rasmdagi to‘liq ma’lumotlardan foydalanib, shar sirtini toping. Uyga vazifa Darslikning 123-betidagi 2.35-misolni ishlash.Download 1,57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling