Darsning maqsadi: O`zaro hurmat,hamkorlikda ishlash,o`qib bilim olishga undash a ta`limiy maqsad
Download 73.69 Kb.
|
3-SINF DARS ISHLANMA O\'QISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars shiori
Darsning borishi.
I.Tashkiliy qism: -Assalomu aleykum aziz bolajonlar, -O`quvchilar: Hamma so`zlar ichida Salom sevgan so`zimiz Tilimizni bu so`zga O`rgatgan siz o`zingiz Bizlar doimo deymiz Assalomu aleykum. O`qituvchi:-Barchangiz darsga tayyormisiz? -Ha, -Unday bo`lsa darsimizni boshlaymiz Dars shiori: O`quv qayda bo`lsa,ulug`lik bordir, Bilim qayda bo`lsa buyuklik bordir. Yusuf Xos Hojib. Oltin qoida. 1.Intizomli bo`lish. 2.Darsga faol qatnashish. 3.Do`stlarni hurmat qilish. 4.Izlanuvchanlik. 5.Imkoniyat. Darsga qatnashganlariga qarab baholanadi va naminatsiyalar beriladi.Masalan:’’Eng savodxon’’ “Eng tirishqoq”,”Eng chaqqon”. Guruh nomlari e`lon qilinadi. 1-guruh: “Oltin kuz” 2-guruh: “Kumush qish” 3-guruh: “Zumrad bahor” 1-guruh.Kuz tabiati haqida gapirib beradi. 2-guruh.Kuz ne`matlari haqida gapirib beradi. 3-guruh.Kuzgi bayramlar haqida gapirib beradi. -Kuz fasli bizga yoqadimi? -Nega kuzni oltinga o`xshatamiz. Mevalar nomini ingliz tilida so`raladi. Marjon-marjon yumaloq, Yaproqlari shapaloq. Qora,qizil,sariq,oq Yeb ko`rmasdan o`ylab boq. Inglizcha nomi: Grapes. To`ni cariq tuki yo`q, Ichi qizil,po`ki yo`q. Inglizcha nomi: Watermelon. 2015-yil “Keksalarni e`zozlash” yili haqida suhbatlashiladi. O`quvchi: Sizni e`zozlaydi yurtim, Yurtboshim. Tarix sahnasida so`nmas quyoshim. Sizlar bor – hamisha mag`rurdir boshim, Umri halovatda oshno keksalar. O`quvchi. Sihatgoh e`tibor doriyu darmon, Bag`ishlasa ne tong ,sizga yangijon. Keksalarni qo`llar hur O`zbekiston. Bunday yurt jahonda tanho keksalar O`qituvchi Asl farzand bo`lay desangiz Gulday unib o`say desangiz Duo olib to`lay desangiz Keksalarni e`zozlab yashang. Keksalarni e`zozlash ularga hurmat e`htiqom ko`rsatish har birimizning farzandlik burchimiz ekanligi uqtiriladi. Guruhlar baholanadi. Download 73.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling