Darsning maqsadi: Ta`limiy maqsad


Download 84.06 Kb.
bet3/5
Sana05.02.2023
Hajmi84.06 Kb.
#1167398
1   2   3   4   5
Bog'liq
7-sinf

2. Shtativdan foydalanish.Laboratoriya shtativi bilan ishlashda quyidagilarga qat’iy rioya qilish lozim: Qisqich va tutqichlarga shisha asboblarni mahkamlaganda qattiq qisilmaydi, ular sinib ketishi mumkin. Qisqichning vinti tajriba o‘tkazuvchiga qulay holda bo‘lishini ta’minlash zarur. Probirka va kolbalarni turli vaziyatlarda tutqichga mahkamlanadi. Stakanlar halqaga maxsus to‘r orqali qo‘yiladi. Bu stakan tubini bir me’yorda qizdirish imkonini beradi .Chinni kosachalar va tigellar halqaga to‘rsiz qo‘yilishi mumkin
Spirt lampasi bilan ishlashi. 1. Spirt lampasining tuzilishi. Spirt lampasi va uning alangasi tuzilishi. Spirt lampasi spirt quyiladigan idish (1), metall disk (2), pilik (3) va qalpoqcha (4)dan iborat.2. Spirt lampasini yoqishga tayyorlash.1.Spirt lampasi yaroqli ekanligiga ishonch hosil qilinadi. 2.Spirt lampasi idishining 1/2 qismiga qadar voronka yordamida ehtiyotkorlik bilan spirt quyiladi.Disksimon metall nayga ipli pilik o‘rnatiladi va pilik uchini qaychi bilan qirqib, tekislanadi va spirt bilan ho‘llanadi. 3. Spirt lampasining qalpoqchasi berkitiladi. 4. Spirt lampasi doimo qalpoqchasi bilan berkitilgan holda turishi kerakligini unutmang.
3. Spirt lampasini yoqish va o‘chirish.Spirt lampasini yonib turgan boshqa spirt lampasi bilan yondirilmaydi.Spirt lampasini yoqib, o‘chirib ko‘ring. Spirt lampasini o‘chirishda qalpoqcha bilan pilik yopiladi. Hech qachon spirt lampasinipuflab o‘chirmang
Spirt lampasi gugurt cho‘pi bilan yoki yonib turgan boshqa oddiy cho‘p bilan yondiriladi
4. Alanganing tuzilishi. Spirt lampasida qizdirish.Qandning alanga ta’sirida uyuqlanishi.Yonib turgan spirt lampasining alangasini ko‘zdan kechiring.Alangani uch qismga bo‘lish mumkin 1-alanganing yuqori qismi va chetlari xira, eng issiq qismi; 2-alanganing o‘rta qismi ravshan, issiq qismi;3-alanganing pastki qismi, pilikka yaqin bu joy juda xira, issiq emas Alanganing eng issiq joyi uni yuqori chetki xira qismi bo‘lib probirkalarni qizdirishda shu qismidan foydalaniladi. Probirkaning pilikka tegib ketmasligi nazorat qilib turiladi. Chunki qizib turgan shisha idish nisbatan sovuq pilikka tegib yorilib ketishi mumkin.Spirt lampasi bilan kimyoviy shishadan tayyorlangan idishlarni qizdirish 3) Gaz gorelkasi bilan ishlash. Gaz gorelkasida gaz kislorod yoki havo bilan gorelkada aralashib, so‘ngra og‘zida o‘t oldiriladi. Kimyo laboratoriyalarida Bunzen va Teklyu gaz gorelkalaridan foydalaniladi. Ularning tuzilishi har-xil bo‘lsada, ishlash yo‘li bir xil.

Download 84.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling