Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad
Download 21.84 Kb.
|
1 2
Bog'liqkerakli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy maqsad
- Darsning turi: nazariy. Darsda qo’llaniladigan usullar
- O’tilgan mavzuni so`rash
- Tabiiy tolalar Paxta.
Mavzu: Tabiiy tolali gazlamalar o`simlik tolasidan tayyorlangan gazlamalar , ularning xususiyatlari.Arqoq va tanda iplarning xossalari. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o`quvchilarga o`simliklardan olinadigan tolalar , ulardan tayyorlangan gazlamalarning ishlatilishi va xususiyatlari haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarga atrofimizni o`rab turgan ona tabiatni bizlar uchun naqadar foydali ekanligini va uni asrab avaylash zarurligini tushuntirish. Rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarga tolalar va gazlamalarning tarkibi haqidagi bilimlarini kengaytirish. Darsning jihozi: tabiiy tolalar, ulardan tayyorlangan gazlamalar va kiyimlardan namunalar, albomlar va boshqa turli ko`rgazmalar. Darsning turi: nazariy. Darsda qo’llaniladigan usullar: hikoya, tushuntirish, suhbat, ko`rgazmalilik. Darsning borishi: Tashkiliy qism: Salomlashish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish, davomatni aniqlash. O’tilgan mavzuni so`rash: Kiyimlar qanday gazlamalardan, ya’ni materiallardan tayyorlanadi ? Bunday gazlamalarqanday hosil qilinishini bilasizmi ? Tollar haqida nimalarni bilasiz ? Yangi mavzuni bayon qilish: O`quvchilar ! biz bugungi darsimizdan boshlab gazlamalarga ishlov berish texnologiyasiga oid mashg`ulotlarni o`tamiz. Unda biz gazlamalarning olinishi va ulardan turli kiyimlar tayyorlanishi, kiyimlarni tuzatish va saqlash, shuningdek pazandachilikka oid ayrim ishlarni o`rganamiz. Ma’lumki, har bir inson o`ziga xos kiyim kiyadi. Kiyimlar bizni tabiatning turli ta’sirlardan himoya qiladi. Shu bilan birga kiyim insonning madaniyatini, ma’naviyatini ko`rsatuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Kiyimlar odatda gazlamalardan tikiladi. Barcha gazlamalar tollaradan to`qiladi. Yuqorida aytilgandek inson hayotida gazlamalar va utikilgan kiyimlar muhim ahamiyati kasb etadi. Chunki kiyimlar insonni issiq va sovuqdan, kuchki yorug`likdan himoya qilib, organism haroratining mo`tadil bo`lishiga yordam beradi.Gazlamalar tabiiy va sun’iy tolalardan to`qilgan bo`ladi. Tabiiy tolalardan to`qilgan gazlamalar ikki guruhga bo`linadi. A) o`simliklardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar. B) hayvonlardan olingan tolalardan to`qilgan gazlamalar.O`simliklardan olingan tolalarga paxta hamda zig`ir kiradi.Paxta o`simligi issiq o`lkalarda asosan Amerika Qo`shma Shtatalari, Hitoy, Hindiston, Braziliya va O`zbekistonda yetishtiriladi. Paxta tolasi ingichka va o`rta tolali bo`ladi. Tikuvchilik sanoati aholini sifatli kiyim- kechak bilan ta’minlashi lozim. Tikuvchilik buyumlarining sifati to’qimachilik sanoatining rivojlanishiga bog’liq.Chunki asosiy tikuvchilik materiallari ip-gazlama, jun, ipak va zig’ir tolai gazlamalarni mana shu to’qimachilik sanoati yetkazib beradi. Gazlamalar iplardan, iplar esa tolalardan iborat. Uzunligi ko’ndalan kesimidan ancha katta bo’lgan, egiluvchan, ingichka jismlar- tolalar deyiladi. Tolalar: 1. To’qima tolalar-kalava ip, ip gazlama, to’qilmagan gazlama va hokazolar; 2. Elementar tolalar- mayday qismlarga ajralmaydigan yakka tolalar; 3. Texnikaviy tolalar-o’zaro pectin moddalar bilan biriktirilgan tolalar; 4. Iplar- uzunligi o’nlarcha, yuzlarcha metrlarni tashkil etuvchi tolalar. Paydo bo’lishi, olinishi va kimyoviy tarkibiga qarab tolalar quyidagicha sinflanadi: tabiiy tolalar va kimyoviy tolalar. Tabiiy tolalar Paxta. G ’o’za deb ataladigan o’simlik urug’ini qoplab turadigan ingichka tolalar bo’lib, to’qimachilik sanoatining asosiy hom ashyosi hisoblanadi. Chigitdan ajratilmagan paxta tolasi- chigitli paxta deyiladi. Tolalarning tuzilishi ularning pishganlik darajasiga bog’liq. Mutlaqo pishmagan – o’lik tola mikroskop ostiga qo’yib qaralganda, yalpoq, lentasimon, yopqa devorli ekanligi, o’rtasida keng kanali borligi ko’rinadi. Tolalar pishgan sari devorlariga sellyuloza yig’iladi va devorlar qalinlashadi. Kanop torayadi, tolalar buramdor bo’lib qoladi. Pishgan paxta- tolalarning bo’ylama ko’rinishi spiralsimon buralgan, yalpoq naychalardan iborat. Pishib o’tib ketgan tola- tolalar o’rtasida ingichka kanali bor tsilindr shaklini oladi. Paxta kanalinig bir tomoni ochiq qoladi. Paxta tolasining ko’ndalang kesimi oval bo’ladi.Tolalarning sellyuloza moy qatlami- kutikula deb ataladi. Download 21.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling