Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


Download 72.09 Kb.
bet1/4
Sana24.11.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1796586
  1   2   3   4
Bog'liq
Ko`makchilarning ma\'no turlari


Fan: Ona tili
Sinf: 7-“F”
Mavzu: Ko`makchilarning ma’no turlari
Dars nomi: Tinchlik istar barcha xalq
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: ko`makchilarning ma’no turlari haqida nazariy ma`lumot berish;
Nutqiy kompetensiya: berilgan matnlarni tinglab, ko`makchilarni va ularning ma’no turlarini farqlay oladi;
Lingvistik kompetensiya: og`zaki va yozma nutqda ko`makchilardan foydalanib matn tuza oladi.
Tarbiyaviy maqsad: o`quvchilarni bir-biriga do`stona munosabat va vatanparvarlik, vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash;
a)O‘zini-o‘zirivojlantirish kompetensiyasi: o‘z xatti-harakatini nazorat qilish, do‘stona tanqiddan xulosa chiqarish;
b)Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy va san’at asarlarini tushunish, ta’sirlana olish;
tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
v)Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o`quvchilarning og`zaki va yozma nutq savodxonligini o`stirish.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: axborot manbalaridan foydalanib (internet, kompyuter) ma’lumot almashish, foydalanishda media madaniyatiga rioya qilish.
Dars turi: o`quvchilarda bilim ,ko`nikma, malakalar va kompetensiyalarni rivojlantiruvchi dars
Darsda foydalanadigan metodlar: Juftlikda ishlash orqali o`z-o`zini va sherigini baholash; “Sen yetim emassan” she’ri asosida “Diqqatni jamlash” mashqi; “Aqliy hujum”; “Yod diktant”; “O`rnida qo`lla”
Dars jihozi: 7-sinf ona tili darsligi, tarqatmalar, slaydlar, “tomchi” baholash kartochkalari, proyektor, Netbuk
Darsning borishi:



1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Diqqatni jamlash

7 daqiqa

3

Uy vazifasi tahlili, o`tilgan mavzuni mustahkamlovchi topshiriqlar

10 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

12daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

6

O`quvchilarni baholash, uy vazifasini belgilash

3 daqiqa

Tashkiliy qism:

  • Assalomu alaykum, sizga jon ustoz,

Bilim olmoqlik qandayin soz!

  • Qani, o`tiring,

Qaddingiz rostlang biroz.
Qancha o’rgansangiz oz.
Bugun ilm cho`qqisidan,
oshingiz yanа dovon.
Elda bor shunday maqol:
- Intilganga tole yor.(Hamma)

  • Hamma darsga tayyormi?

Kelmay qolgan ham bormi?
Navbatchi davomatni aytadi.

  • Barakalla, navbatchi,

Hamma ishing besh, ayt-chi,
Qaysi darsni boshlaymiz?
So`ng aqlni charxlaymiz.
O`tgan ona tili darsida
To`xtalgandik qaysi mavzuda?

  • Sof va vazifadosh ko`makchilar.

-O`quvchilar, may oyidagi qanday muhim sanalarni bilasiz?
- 9-may-Xotira va qadrlash kuni, 10-may G`.G`ulom tavallud topgan kun
(Rasmlari ekranda namoyish etiladi. Prezidetimiz Shavkat Mirziyoyevning yangi qarorlari-
9-mayni G`alaba kuni deb nomlash, “Istiqlol” san’at saroyi avvalgi “Xalqlar do`stligi” nomi bilan atash shunga o`xshash siyosiy yangiliklar haqida to`xtaladi).
G`.G`ulomning “Sen yetim emassan” she’rining video varianti o`quvchilarga namoyish etiladi. She’rni tinglash davomida unda uchragan yordamchi so`zlarni aniqlab boradilar.
O`quvchilar juftliklarda ishlash orqali o`z bilim,ko`nikma, malakalarini namoyish etadilar.Rag`bat sifatida esa “tomchi” berib boriladi. Shu tomchilardan foydalangan holda dars davomida gulning shaklini hosil qilishlari kerak bo`ladi. Qaysi juftlik gulni yasay olsa, o`sha g`olib sanaladi.Xuddi Navoiy bobomiz aytganidek: “Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur yoki yana bir maqol bilan buni izohlash mumkin: “Toma-toma ko`l bo`lur”.
She’rdagi yordamchilarni to`g`ri topib izohlab bergan juftlik tomchi bilan rag`batlantiriladi.
-O`quvchilar, keling bugungi darsimizni noan’anviy tarzda nomlab olamiz.Men bejizga “Sen yetim emassan” she’ridan foydalanmadim.( Shu o`rinda o`tilgan mavzu-yordamchilar, sof va vazifadosh ko`makchilar haqida tezkor savollar beriladi. Javoblarning bosh harflari esa ketma-ket doskaga yoziladi: “Tinchlik istar barcha xalqlar”.
Tezkor savollar:

  1. Qizaloq adashib qolmaslik uchun onasi tomon yugurardi.Ushbu gapdagi vazifadosh ko`makchi? (Tomon)

  2. Bilan ko`makchisi she’riyatda qanday shaklda qo`llaniladi?(Ila)

  3. Non haqida o`ylasam, o`yim tamom bo`lmaydi. Ushbu gapda sof ko`makchi bilan birga kelgan so`z?(Non)

  4. Uchun ko`makchisi she’riyatda qanday shaklda qo`llaniladi?(-chun)

  5. Qalam-… men to`qiyman qo`shiq. Nuqtalar o`rniga ko`makchilardan mosini qo`ying.(-la)

  6. Siz kabi birikmasida urg`u qaysi tovushga tushyapti?

  7. Ot va otlashgan so`zlardan keyin kelib, ularni boshqa so`zlarga tobe bo`glaydigan yordamchi so`z turkumi?(Ko`makchi)

  8. Bog` ichiga kirib, mevalar haqida suhbatlashdi. Gapdagi vazifadosh ko`makchi?(Ichi)

  9. Atash ma’nosini tamoman yo`qotib, faqat o`zi birikkan so`zni boshqa so`zga tobe bog`laydigan ko`makchi turi?(Sof)

  10. U shunchalik kuchliki, bitta o`zi harakatni, tana a`zosini, millatning belgisini, fanni ifodalaydi.

O`likka jondan nishon beruvchi ham, tirikni o`ldiruvchi ham u. (til)

  1. Vazifadosh ko`makchi? (avval)

  2. Keyin, ilgari, burun ko`makchilari qaysi so`z turkumiga oid?(Ravish)

13.Sof ko`makchilarning qaysi biri bog`lovchi vazifasida ham keladi?(Bilan)


14. Yordamchi so`zlar qanday ma’noga ega emas?(Atash ma’nosiga)
15. Devor bo`ylab qaradi. Gapdagi bo`ylab so`zini izohlang?(Ravishdosh)
Savol-javob shu yerda to`xtatiladi. To`liq hosil qilinmay qolgan gapni o`quvchilar o`zi ijodiy yondashgan holda yakunlaydilar.(Tinchlik istar barcha xalq)
Yangi mavzu bayoni:
Ko`makchilar yetakchi so`zga bog`lanib unga turli ma’no yuklaydi. (Slayd orqali ko`makchilarning ma’no turlari haqida ma’lumot berib o`tiladi).

Mavzuga doir mashq bajariladi. O`quvchilar mashqda berilgan gaplarni yoddan doskaga yozib,ko`makchilarning ma’no turlarini aniqlaydilar. Faol juftliklarga “tomchi” berib boriladi.
Shu o`rinda ayrim o`quvchilarga tarqatmalar tarqatilib, ular ham rag`batlantiriladi.
1-tarqatma.
Shohni derlar sipoh birlan shoh,
Shoh emasdur yo`q esa anda sipoh. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang.
2-tarqatma.
Yosh to`kub bahri mavjvar yanglig`
Ko`k libos ichra nilufar yanglig`. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang.
3-tarqatma.
Dona bila suv sari qilg`och xirom,
Tortti sayyod aning ustiga dom. Ushbu parcha qaysi asardan olingan va undagi ko`makchini aniqlang.
Mustahkamlash:
“O`rnida qo`lla” metodi. Har bir juftlikka chizmali topshiriq berilgan tarqatmalar tarqatiladi.
Undagi ko`makchining ma’no turini aniqlab,shu orqali kichik matn tuzadilar.
“O`rnida qo`lla” chizmali topshiriq.(matn tuzing)
___________________(vosita ma’nosini bildiruvchi ko`makchi) ________________.
___________________________________(o`xshatish ma’nosidagi ko`makchi)____________.
__________________________(sabab ma’nosidagi ko`makchi)________________________.
______________________(fikr mavzusi ma’nosidagi ko`makchi)_______________________.
Juftliklar birgalikda matn tuzib daftarlariga qayd qiladilar.So`ngra matnlarini o`qib eshittiradilar. Eng mazmunli matn “tomchi” bilan baholanib boriladi.
Dars so`ngida qaysi juftlik tomchilardan gul hosil qilgan bo`lsa, o`sha juftlikka 5ball bilan baholanadi.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling