Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad


(Diqqatni jamlash uchun topishmoqlar)


Download 72.09 Kb.
bet3/4
Sana24.11.2023
Hajmi72.09 Kb.
#1796586
1   2   3   4
Bog'liq
Ko`makchilarning ma\'no turlari

(Diqqatni jamlash uchun topishmoqlar)
1. Shahar va qiz bolaning ismi bo`lgan so`z- (Madina)
2. Ish- harakat va inson tana a`zosini anglatuvchi so`z--.(soch)
3. U ham so`z turkumini ham hayvonni anglatadi . (ot)
4. Qaysi ta`na a`zomiz ravish so`z turkumida ham bor? (burun)
5. Ham ish- harakatni bildiradi, ham hayvonning nomi. (qo`y)
6. U shunchalik kuchliki, bitta o`zi harakatni, tana a`zosini, millatning belgisini, fanni ifodalaydi.
O`likka jondan nishon beruvchi ham, tirikni o`ldiruvchi ham u. (til)
Dars shiori: «Knowledje is power»
O`tilgan mavzu va uyga vazifa so`ralib, tekshiriladi. Uy vazifasini «Do`stim pand berdi» usulidan foydalanib tekshiriladi, ya’ni partadoshlar bir-birlarining ishlarini tekshiradi.
O`tilgan mavzuni mustahkamlash uchun «Bo`sh o`rinlarni zarur so`zlar bilan to`ldiring» usulidan foydalanamiz.
Bo`sh o`rinlarni zarur so`z bilan to`ldiring.
1. O`rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig`indisi ___________deyiladi.
2. Qo`simchalar_________________________ko`ra so`z yasovchi va shakl yasovchi qo`shimchalarga bo`linadi.
3. Tinim so`zidagi so`z yasovchi qo`shimcha__________________.
4. _____________________so`zning asosiy ma’nosini ifodalaydigan qism.


Yangi mavzu bayoni:
Qadimda “So`zlar mamlakati” bo`lgan ekan. “So`zlar mamlakati” 2 hududni o`z ichiga olib, har bir hudud o`z boshqaruv tizimiga ega edi. Ushbu hududda yashovchi fuqarolarning asosiy vazifasi “So`zlar mamlakati”ga so`z yetkazib berishdan iborat ekan. Har 2 hududning o`z hukumdori bo`lib, ular hamkorlikda ish olib borishardi. Birinchi hududni Mustaqil so`z, ikkinchi hududni Yordamchi so`z boshqarardi. Ular boshqa-boshqa shahar hukmdorlari bo`lsa ham “So`zlar mamlakatiga birdek xizmat qilishar, bir-birlariga yordam berishar ekan. Mustaqil so`z gap hosil qilishda qiyinchilikka uchrasa, Yordamch so`z tezda yetib kelar, so`zlarni bir-biriga bog`lashga yordam berar edi. Masalan, Saida bilan Salima kinoga tushdi. Ushbu gapda Saida, Salima mustaqil so`z bo`lib, bilan yordamchi so`zi ularni bog`layapti. Mustaqil so`zning vazifasi:
Atash ma’nosiga ega bo`lib, ma’lum bir so`roqqa javob bo`ladi va gapda biror bo`lagi vazifasida keladi. Mustaqil so`zga 6 mulozim xizmat qilar ekan. Ular: ot, sifat, son, fe’l, olmosh, ravish.
Har bir mulozimning o`ziga yuklatilgan vazifalari bor. Marhamat, mulozimlar, o`zlaringizni tanishtiringlar.( Shu yerda o`quvchilar(mulozimlar) she’riy tarzda o`zlarini tanishtiradilar).
Yordamchi so`zning vazifasi: Atash ma’nosiga ega bo`lmaydi, ma’lum so`roqqa javob bo`lmaydi va gap bo`lagi vazifasida kelmaydi. U mustaqil so`z va gaplarni bir-biriga bog`lab, ularning ma’nolariga qo`shimcha ma’no yuklaydi. Yordamchi so`zga 3 mulozim xizmat qilishar ekan. Ular: bog`lovchi, ko`makchi, yuklama. Ushbu mulozimlarning ham vazifalarini o`zlaridan eshitsak,marhamat.

Download 72.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling