Reja:
1. Elektr kuchlanish haqida tushuncha.
2. Elektr kuchlanishning formulasi,ta`rifi.
3. Elektr kuchlanishning birligi.
4. Elektr kuchlanishni o`lchash.
Bizga ma`lumki,dazmolni elektr zanjiriga ulansa,undan issiqlik ajralib chiqadi.Elektr lampochkasidan tok o`tganda undan yorug`lik chiqadi.Elektr tokining bunday iste`molchilarida elektr energiyasi,issiqlik va yorug`lik energiyalariga aylanadi.Elektr poyezdlarida,tramvay,trolleybuslarda elektr energiyasi hisobiga mexanik ish bajariladi.
Ishning bajarilishi jarayonida manbaning elektr maydoni ta`sirida iste`molchida ma`lum miqdorda zaryad oqib o`tadi.Bajarilgan ish(A) va oqib o`tgan zaryad miqdori (q) ni bog`laydigan kattalik kiritaylik: A=Uq
Bunday elektr kuchlanishi quyidagicha ta`riflanadi:
Elektr kuchlanish- elektr maydon ta`sirida zanjir bo`ylab birlik musbat zaryadni ko`chirishda bajarilgan ishga son qiymat jihatidan teng bo`lgan fizik kattalikka aytiladi. U=A/q
Elektr kuchlanishi birligi sifatida Alessandro Volta sharafiga volt (V) qabul qilingan : 1V=1J/1C
Voltmetr-elektr kuchlanishni o`lchash asbobi.
Do'stlaringiz bilan baham: |