Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad


Elektr kuchlanish birligining ulush va karrali birliklari


Download 1.37 Mb.
bet39/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#227959
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
Bog'liq
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020

Elektr kuchlanish birligining ulush va karrali birliklari:

-1 millivolt(mV)=0,001 V.

-1 kilovolt(kV)=1000 V.

-1 megavolt(MV)=1 000 000 V.

Kundalik turmushda turli kuchlanishga ega bo`lgan bo`lgan tok manbalari bilan ish ko`rishga tog`ri keladi.Xonadonlarda ishlatiladigan sanoat elektr tokining kuchlanishi 220 V bo`lsa,elektr soatlariga qo`yiladigan bitta element kuchlanishi 1,5 V ga teng.

Elektr energiyasi bilan ishlaydigan har bir qurilmaga uning necha voltli kuchlanish manbaiga ulanishi yozib qo`yilgan bo`ladi. Ularni ishlatishda, albatta,yozuvida ko`rsatilgan kuchlanish manbaiga ulash zarur.

Batareyalarda kuchlanish borligini “til bilan aniqlaydigan” zamonlar o`tib ketgan.Hozirgi kunda elektr kattaliklarni maxsus asboblar yordamida o`lchanadi.

Tok manbai qisqichlaridagi yoki elektr zanjirining ma`lum qismidagi kuchlanishni o`lchaydigan asbobga voltmetr deyiladi. Voltmetr-elektr kuchlanishni o`lchash asbobi.

Voltmetrni boshqa o`lchov asboblaridan farqlash uchun unga -- -- belgisi qo`yiladi.

Voltmetrni zanjiriga ulaganda ”+” belgi qo`yilgan klemmasini manbaning musbat qutbiga yoki zanjirdagi iste`molchining musbat qutbiga ulanadigan joyiga ulanadi. ”--”belgi qo`yilgan klemmasini manbaning manfiy qutbiiga yoki iste`molchining mos nuqtasiga ulanadi.Bunday ulanishni, parallel ulash deb atalganligi sababli,voltmetr zanjirga parallel ulanadi.

Voltmetrning elektr lampasiga parallel ulangan chizmasi quyida keltirilgan.



Mavzuni mustahkamlash:


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling