Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsadi: Elektrlanish hodisasi haqida ma’lumot berish. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda onglilikni tarbiyalash Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, kasbga yo’naltirish. Rivojlantiruvchi maqsad


Download 1.37 Mb.
bet48/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.37 Mb.
#227959
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75
Bog'liq
8-sinf fizika 1-2-chorak 2019-2020

DTS talabi: Elektr qarshilik haqida tushunchaga ega bo’lishi.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Dars usuli: “Blits” savollar, savol javob .

Dars jihozi: qahrabo tayoqcha; -ebonit ,mo’yna ,qog’oz parchalari.

Asosiy tushuncha va atamalar: -elektrlanish (zaryadlanish); -manfiy va musbat elektrlanish; qahrabo tayoqcha; -ebonit.
Darsning blok sxemasi:



Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

10 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

4.

Mustahkamlash

8 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

Mashg`ulotning borishi

Asosiy atamalar va tushunchalar: -elektr qarshilik; -om; -milliom; -kiloom; -megaom;

-solishtirma qarshilik; -ommetr.



Darsning tashkil etilishi:

a) sinfga kirishda o`quvchilar o`qituvchi tayyorlagan emblemalarini olib, o`z joylarini egallaydilar;

b) salomlashib, davomat aniqlanadi;

c) o`quvchilarning darsga hozirligi ko`rib chiqilib, guruhlarga bo`linadi:



I guruh — «Elektrlanish». II guruh — «Elektroskop». III guruh —«Elektrometr»

O`tilgan mavzuni takrorlash.

Bingo” o`qituvchi tomonidan berilgan fizik kattaliklardan tarqatma material sifatida berilgan topshiriq o`ziga tushgan fizikkattalik qatnashgan kamida 10 ta formula yozib ko`rsatishi talab qilinadi.Buning uchun 5 minut vaqt beiladi. Masalan:



1)tok kuchi-I; 2)kuchlanish-U; 3)maydon kuchlanganligi-E; 4)elektr zaryad-q;

5)kuch-F; 6)vaqt-t; 7)ish-A; 8)masofa-S. va hokazo.

Yangi mavzu bayoni:

Asosan ko`rgazmali namoyish asosida amalga oshiriladi.

Reja:

1. Elektr qarshilik haqida tushuncha.

2. Elektr qarshilikning formulasi,ta`rifi.

3. Elektr qarshilikning birligi.

4. Elektr qarshilikni o`lchash.

5.Elektr qarshilikning o`tkazgich uzunligiga, ko`ndalang kesimi yuzasiga hamda o`tkazgichning solishtirma qarshiligiga bog`liqligini tushuntirish.

6.Solishtirma qarshilikning ta`rifi va uning birligi.Darslikdagi solishtirma qarshiliklar jadvalini tahlil qilib o`rganish.

Mantiqiy mushohada qilib ko`raylik.Lampochka yonib turganda nima uchun qizishiga, nima uchun ko`p ishlab turgan elektr asboblar qizib ketadi, nima uchun elektr dazmol qiziydi va shunga o`xshash holatlarni eslaylik.Umuman olganda elektr toki ta`sirida o`tkazgichlar yoki elektr asboblarning qizishi,issiqlik chiqarishi nimaning hisobiga hosil bo`ladi?

O`tkazgichlarning bunday qizishining asosiy sababi ularning ichki tuzilishi bilan bog`liq.Yana boshqacha so`z bilan aytganda,o`tkazgichlardagi elektr toki oqishiga to`sqinlik qiluvchi omillar ularning qizishiga asosiy sababdir.Ushbu sabab esa - elektr qarshilikdir. Bundan elektr qarshiliginini quyidagicha ta`riflaymiz:

Elektr qarshilik- o`tkazgich bo`ylab elektr toki oqib o`tishiga monelik qiluvchi omillar(bularga o`tkazgichdagi manfiy va musbat ionlar kabi zarralar zaryadli zarralar oqimi-elektr tokiga to`sqinlik qiladi).

R=ρl/S

Elektr qarshilikning birligi sifatida nemis fizigi Georg Simon Om(1787-1854) sharafiga 1 Om



(1 Ώ) qabul qilingan.

1 Ώ=1 V / 1A

Ommetr-elektr qarshiligini o`lchash asbobi.

Elektr qarshiligi birligining ulush va karrali birliklari:

-1 milliaom(mΏ)=0,001 Ώ. -1 kiloom(kΏ)= 1 000 Ώ. -1 Megaom(MΏ)=1000 000 Ώ

Tok manbai qisqichlaridagi yoki elektr zanjirining ma`lum qismidagi elektr qarshiligini o`lchaydigan asbobga ommetr deyiladi. Ommetr-elektr qarshiligini o`lchash asbobi.



Ommetrni boshqa o`lchov asboblaridan farqlash uchun unga -- Ώ -- belgisi qo`yiladi.

Mavzuni mustahkamlash,

Mustaqil ishlash” shartida guruhlar o`qituvchi tomonidan berilgan tarqatma savollarga qisqa vaqt ichida javob beradilar.Masalan:



1-guruhga: -O`tkazgichlardagi elektr qarshigi haqida ma`lumot bering.

-O`tkazgich qarshiligi formulasi R=ρl/S dan l va S ni keltirib chiqaring.

2-guruhga: -Elektr kuchlanish haqida ma`lumotlar bering va hokazo.

-Elektr kuchlanish formulasi U=A/q dan A va q ni keltirib chqaring.

3-guruhga: -Tok kuchi kattaligi haqida ma`lumot bering

-Tok kuchi formulasi I=q/t da q va t ni keltirib chiqaring.

2. Masala yechish. Darslikdan 7-mashq. 5-masala.


Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

S=0,5 mm2

R=2Ώ.

ρ=0,4*10-6 Ώ*m

l-?

R=ρl/S

ga asosan

l=RS/ρ


l=(2Ώ*0,5/0,4) m=2,5 m.

Javob: l=2,5ta

Darslikdan 7-mashq. 6-masala.



Berilgan:

Asosiy formula:

Hisoblash:

l=2 m;

R=4,4 Ώ;

ρ=1,1*10-6 Ώ*m

S-?

R=ρl/S

ga asosan

S=ρl/R

S=( ρ=1,1*10-6 Ώ*m *2/4,4)Ώ=0,5*10-6m2=0,5 m2

Javob: S=0,5 m2

O`quvchilarni baholash.

Dars yakunlari chiqarilib, ballar izohlanib qo`yiladi. G’olib guruh aniqlanadi. Faol o`quvchilar alohida rag`batlantiriladi.

Uyga vazifa.

-Darslikdan 15-mavzuni o`qib kelish;

-Mavzu oxirida keltirilgan savollarga javob berish;

-7-mashqdan 1-2 va 3-masalalarini yechish.Qiziquvchi o`quvchilar uchun darslikdan 7-mashqning

4- masalasini,”Fizikadan savol va masalalar to`plami”dan 932,935 va 936- masalalarini yechish tavsiya etiladi.

-Mavzu oxirida keltirilgan amaliy topshiriqni bajarish



Fan o’qituvchisi: Usmonova B.
O’IBDO’: G’oibova R.


SINF



















SANA






















    1. Download 1.37 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling