Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarga so’z turkumlari haqida tushuncha berish, so’zlarga so’roq berishni o’rgatish. Tarbiyaviy
Download 24.16 Kb.
|
ochiq dars II
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-to’siq „Qorli tog’lar
Keyingi tugmasi bosilganda quyidagi so’zlar beriladi.O’quvchi so’zlarni turkumlariga ko’ra jadvalga joylashi kerak. Oq, bahor,beshta, yashil,ishchan, chiroyli, ishchi, so’zladi, to’qson, sovutkich, o’n ikki, dehqon, quvnoq, yopildi, bajardi, sakkizinchi, olxo’ri, silliq, yaylov, yuguryapti, katta, bog’layapti, yigirmanchi, tayyorlaydi, gazlama, sozladi.
Darslikka ko’z tashlaymiz, Yangi mashqni boshlaymiz. 2-to’siqdan o’tish uchun darsliksdagi 190-mashqni bajarish kerak. 2-to’siq „Qorli tog’lar“ deb nomlanadi. Mashq sharti bo’yicha bajariladi. Bunda „Kim topqir“ o’yinidan foydalaniladi. Har bir guruh uchun masqh matni A-3 bichimdagi formatga yozilgan va doskaga osilgan bo’ladi. O’qituvchi 3 nafar o’quvchini doska oldiga chorlaydi.1-guruh ishtirokchisi shaxs-narsani bildirgan so’zlarni, 2-guruh ishtirokchisi belgini bildirgan so’zlarni, 3-guruh ishtirokchisi sanoqni bildirgan so’zlarni belgilaydi.Qolgan o’quvchilar esa daftarlariga harakatni bildirgan so’zlarni yozib oladilar. Qish.Qor yog’yapti.Kun sovuq.Keng dalalar,mevazor bog’lar,baland tog’lar oq choychabga o’ralgandek ko’rinadi.Ikki bola maza qilib chana uchayotir.Uch-to’rtta bola qordan katta Qorbobo yasashyapti. Namuna: Shaxs-narsani bildirgan so’zlar: qish,... Belgini bildirgan so’zlar: oq,... Sanoqni bildirgan so’zlar: ikki,... Harakatni bildirgan so’zlar: yog’yapti,... O’quvchilarning javoblaridan xulosa chiqariladi.Shaxs-narsani bildirgan so’zlar – ot, belgini bildirgan so’zlar – sifat,sanoqni bildirgan so’zlar – son,harakatni bildirgan so’zlar – fe’l ekanini esda saqlash kerakligi aytiladi.
Download 24.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling