Darsning maqsadi: Tarbiyaviy maqsad


Download 18.93 Kb.
bet1/2
Sana07.05.2023
Hajmi18.93 Kb.
#1436569
  1   2
Bog'liq
Razzaqov Izzatullo mustaqil ta\'lim


Aruzshunoslik tarixi bo’yicha metod
Mavzu: Aruzshunoslik tarixi.
Darsning maqsadi:
1.Tarbiyaviy maqsad: Buyuk bobokalonlarimizning “Aruz” ilmi haqida ilmiy izlanishlari va ular orqali kelgusi yoshlarga “Ilm”,”Ma’rifat” tuyg’ularini singdirish.
2.Ta’limiy maqsad:Aruz ilmi bilan tanishtirish va o’quvchilarni aruzshunoslikdan olgan bilim va ko’nikmalarini mustahkamlash.
Darsning jihozlanishi:Xalil ibn Ahmadning portreti,asarlardan namunalar,jadvallar,rasmlar,audio va video tasmalar.
Texnik vositalar:Kompyuter,televizor,proyektor va boshqalar.
Dars usullari:“Aqliy hujum“,“Klaster”
Matnga ilk yondashuv:
O‘qituvchi: “Dunyo degan shundayin anglab bo‘lmas sir ekan…”. Darhaqiqat, shoirimiz Abdulla Oripov aytganidek, dunyo – sir, hayot – sir. Qo‘liga qalam ushlagan zot borki , ana shu “anglab bo‘lmas sir” ning tagiga yetishga urinadi.Lekin olam sir-sinoatlarini Navoiychalik izlagan shoir kam bo‘lsa kerak.Shu nuqtai nazardan bugungi darsimizda biz Navoiy va boshqa buyuk-buyuk shoirlarning “Aruz“ ilmi haqida olib borgan ilmiy izlanishlari va “Aruz”ning kelib chiqish tarixini o’rganamiz.
Aqliy hujum”
Aruz nimа?
O‘quvchilаr aruz hаqidаgi dаstlаbki fikrlаrini shu pаytgаchа o‘rgаngаn bilimlаri аsоsidа bildirа bоshlаydilаr. Bildirilgаn fikrlаr dоskаgа yozib bоrilаdi. Nоto‘g‘ri fikrlаr uchun hаm tаnbеh bеrilmаydi. Chirоyli, аsоsli fikrlаr rаg‘bаtlаntirilаdi vа umumlаshtirilаdi. O‘qituvchi rаhbаrligidа “Klastеr” usulidan fоydalanib, aruzga ta’rif bеrilаdi.

Arabcha-arz qilmoq Turkiy xalqlarga arablardan o‘tgan

Aruz



Xalil ibn Ahmad “Kitob al-aruzi”asarida q.


birinchi kashf qilgan
"Juftini top "
Bu didaktik o'yindan aruz fanida juda oqilona foydalansa bo'ladi.Aruzning ko'plab mavzulariga moslab o'yinni tashkil qilsa bo'ladi. Masalan bahrlar nomi keltirilib jufti sifatida bahrlarni taqtisini keltirish mumkin.Men hozir bu metodik o'yinni aruzga doir atamalar va ularning ma'nosini yodlab qolish uchun tashkil qilishni misol qilib keltirdim.
To'rtburchak qilib kesilgan qog'ozlarga aruz faniga doir atamalar va ularning ma'nosi hozib chiqiladi va o'quvchilar tomonidan ular juft holatga keltiriladi.

  1. Taqti’ arabcha so'z bo'lib, «qirqish», “bo'lak-bo'lak qilish" degan ma’nolarni bildiradi.

  2. Vasl arabcha so'z bo'lib, o'zbek tilida «ulanish» ma’nosini anglatadi.

  3. «Hazaj» so'zi arabcha «yoqimli ovoz», «xushohang kuy» degan ma’nolarni anglatadi.

  4. «Shajara» so‘zi arabcha «daraxt» ma’nosini bildiradi.

  5. Rajaz arabcha so'z bo'lib , «tezlik», «shitob», «iztirob» ma'nolarini Bildiradi.

  6. Va hakazo.


O‘quvchilar mustаqil fikr bildirib, bu usulni dаvоm ettirishlаri mumkin. O‘qituvchi:O‘quvchilarga aruzga oid video tasma ko'rsatadi va dars oxirida:“Aziz o‘quvchilar!Aruz ilmiga oid bir qancha bilimlardan bahramand bo’ldik“-deb darsni tamomlaydi.


Aruz (arab.- arz qilmoq) — sheʼriy oʻlchov, vazn. Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari sheʼr tizimi. Aruz nazariyasi turkiy xalqlarga, xususan oʻzbek sheʼriyatiga arablardan oʻtgan. Navoiyning „Mezon ul-avzon“ asarida koʻrsatilishicha Aruz vodiy, rukn nomiga toʻgʻri keladi, koʻchma maʼnoda „ustun“ degani. Aruz nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning „Kitob al-aruz“i („Aruz kitobi“)da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishoburiylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda Aruzning ilk namunalari islom kirib kelgungacha boʻlgan davrlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, „Devonu lugʻotit turk“da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning „Qutadgʻu bilig“i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. Aruz avval arab alifbosi asosidagi eski oʻzbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, yaʼni choʻziq unli tovush boʻlgan. Harakatlar bilan koʻrsatiluvchi yana uchta unli — zabar -a, zer, — i, pish — u mavjud. Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qoʻyib, ochiq boʻgʻinlar hosil etilgan, yopiq boʻgʻin undosh ustiga sokin (koʻpligi sukun) alomati (-)ni qoʻyish orqali hosil qilingan. Choʻziq unlilar ochiq boʻgʻinda sokinli deb tushunilgan va bunday boʻgʻinlar, asosan, choʻziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar 3 ta boʻlib, ularning har biri 2 xil koʻrinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Koʻchma maʼnoda, ikki misra sheʼrni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda chodir jihozlari boʻlgan — arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular oʻz ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): -; sababi saqil (ogʻir sabab): (koʻzi): W; vatadi majmu’ (yigʻiq vatad): (samar): V -; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) — 655V; fosilai sugʻro (kichik fosila): (yuragim): W -; fosilai kubro (katta fasila): (yashamagan): VW -kabi turlarga boʻlinadi. Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil boʻlgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, mafailatun, maf’ulatu (choʻziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: failatun bilan mustaf’ilun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: „faulun“da vatadi majmudan soʻng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor. Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi koʻrsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday oʻzgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (mafailun) dan (failun) qoladi, uning oʻrnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan soʻng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil boʻluvchi bahrlar (bunday baxrlar yettita): hazaj mafailunning, rajaz mustaf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafailunning, mutaqorib faulunning, mutadorik Failunning takrorlanishidan hosil boʻladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir): a) ikkita asl rukn navbatlashib (almashib) keladi. Xafif: failatun mustaf’ilun failatun mustaf’ilun. Munsarih: mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu. Muzori’: mafailun failatun mafailun failatun. Mujtass: mustaf’ilun failatun mustaf’ilun failatun. Muktazab: maf’ulatu mustaf’ilun maf’ulatu mustaf’ilun. Tavil: faulun mafailun, faulun mafa-ilun. Madid: failatun failun failatun failun. Basit: mustaf’ilun failun mustaf’ilun failun. Aruz: mafailun faulun mafailun faulun. Amiq: failun failatun failun failatun; b) ikki xil asl rukndan biri avval takrorlanadi, ikkinchisi takrorlanmaydi. Sari’: mustaf’ilun mustaf’ilun maf’ulatu. Gʻarib (jadid) failatun failatun mustaf’ilun. Qarib: mafailun mafailun failatun; v) ikki xil asl rukndan biri takrorlanmaydi, soʻng biri takrorlanadi. Mushokil: failatun mafailun mafa-ilun. Bahrlar ham asl va tarmoq bahrlarga boʻlinadi. Asl runklardan hosil boʻlgan bahrlar solim bahrlar, tarmoq ruknlardan yasalgan baxrlar tarmoq baxrlar dey-iladi. Solimlik va tarmoqlik xususiyati vaznlarga ham xos. Aruzni tushuntirish vositalaridan biri — doira. Baxrlar tuzilishidagi oʻxshashliklariga koʻra doiralarga birik-tiriladi. Doiradan soʻng taqti’ (parchalash) turadi. Bunda bayt ruknlarga ajratilib, vazni aniqlanadi, Taqgi’ til, yozuv va talaffuz bilan bogʻliq. Aruz haqidagi oʻrta asr nazariyasida shakl bilan mazmun oʻrtasidagi uzviylik xususiyati haqida gapirilmaydi. Aruzni juzv, zihof, bahr, doira, faulunsiz ham oson tushuntirish mumkin. Bunda boʻgʻin, rukn, vazn, ritmik pauza, turkumlar ritmni yuzaga keltiradi. Aruzga oid hozirgi zamon qarashi oʻzbek kirill yozuviga asoslangan. Bunda ochiq (unli tovush bilan tugagan) boʻgʻin qisqa va choʻziq boʻgʻin vazifasini, yopiq (undosh tovush bilan tugagan) boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasini, o, i, e, u tovushlaridan yasalgan yopiq boʻgʻinlar oʻta choʻziq boʻgʻin vazifasini oʻtaydi. Ochiq boʻgʻin choʻziq boʻgʻin vazifasida ham, qisqa boʻgʻin vazifasida ham kelaveradi, chunki u bilan yopiq boʻgʻinning choʻziqlik darajasidagi tafovut oz. Baʼzi yopiq boʻgʻinlardagi unlilar boshqa yopiq boʻgʻinlardagi unlilarga nisbatan choʻziqroq boʻlgani uchun yopiq boʻgʻin doimo choʻziq yoki oʻta choʻziq boʻgʻin oʻrniga oʻtishi mumkin. Ayrim yopiq boʻgʻinlardagi undosh tovush ochiq boʻgʻindagi undosh tovushdan koʻp (qor, zulm), bunday yopiq boʻgʻinlar misra ichida bir choʻziq va bir qisqa boʻgʻin oʻrniga oʻtadi. Bunda qisqa boʻgʻin „V“, choʻziq boʻgʻin „-“, oʻta choʻziq boʻgʻin „so“ belgisi bilan koʻrsatiladi. Yonma-yon kelgan ikki undosh tovush ora-sida qisqa „i“ bordek aytiladi:Zor meni qilur ishq, Gʻ -VV- V-coXor meni qilur ishq VV- V-so I II(Bobur, „Muxtasar“) Bu baytdagi „zor“, „xor“ boʻgʻinlarining har biri choʻziq va bir kisqa boʻgʻin hisobiga oʻtgan, yuqorida „-V“ belgisi bilan tay-inlangan. Koʻpincha, misra ichida shun-day koʻrsatiladi, aslida „so“ belgisini qoʻyish ham mumkin. „Ishq“ boʻgʻini misra oxirida kelganligi uchun „so“ belgisi ishlatilgan. Mazkurbaytdagi II rukn toʻrt boʻgʻinli, oʻlchovi ham „V-so“dir. Ammo „ishq“, „ilm“ kabi soʻzlar taqti’da oʻzlaridan keyingi unli bilan boshlangan soʻzlarga tutashadi, bunda soʻz oldingi vazifasini bajarmaydi. Aruzda ritm boʻgʻinlardan ruknlarni hosil qilish orqali paydo boʻladi. Boʻgʻinlarning ruknlarga uyushuvida ruknlarning shakli katta ahamiyatga ega. Bu hol, goho bir soʻzning ikki ruknga boʻlinib ketishiga olib keladi: „hajring“ — „hajring“, koʻnglumda" — „koʻnglumda“ kabi. Bu ritmni uyush-tirishning oʻziga xos jihatlaridan biridir.1

Download 18.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling