Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy
Download 247.04 Kb.
|
ona tili
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning turi
- H usnixat daqiqasi
Darsning mavzusi. Jo‘nalish kelishigi. (221-223-mashqlar) Darsning maqsadi: ta’limiy: jo‘nalish kelishigi va uning so‘roqlari, qo‘shimchasi haqida tushuntirish, otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan kelishik qo‘shimchalari yordamida bog‘lanishi, kelishik qo‘shimchalari, uning nomlari, so‘roqlari va vazifasi yuzasidan amaliy bilim berish: FK1: otning kelishik qo‘shimchalari bilan turlanishini bilish; tarbiyaviy : o‘quvchilarda mehnatga havas uyg‘otish, kitobning inson uchun foydali tomonlarini yoritib berish. TK2:o‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o‘rganilayotgan mavzuni, mashqni tezda topishga, mashq topshiriqlarini tartibi bilan izchil bajarishga) bajarilayotgan mashqning maqsadini tushunishga o‘rganish; rivojlantiruvchi : o‘quvchilarning lug‘atini boyitish, savodxonligini oshirish. FK2: talaffuz me’yorlariga rioya qila olish. TK3:o‘zining xato va kamchiliklarini to‘g‘ri tushunib, o‘zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish, kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish. Darsning turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars. Darsning metodi: suhbat metod , ta’limiy o‘yin. Darsning jihozi: „ Otlarning kelishiklar bilan qo‘llanishi” jadvali,tarqatma materiallar. Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. II. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Matn asosida yozilgan bayon mazmuni reja asosida qayta hikoyalab, o‘qitiladi. III. Yangi mavzu bayoni. 221- mashqdagi she’r ifodali o‘qitiladi. Ajratilgan otlarga so‘roq berish va ular qaysi kelishikda qo‘llanganini aytiladi. Husnixat tarzida ko‘chirish , jo‘nalish kelishigi qo‘shimchasini belgilash vazifasi beriladi. O‘qituvchi quyidagi savollar orqali mashqni mustahkamlaydi. -Jo‘nalish kelishigidagi otlar qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? -Ko‘kni quchgan birikmasi qanday ma’noda qo‘llangan? - Baxt, sho‘x so‘zlarining yozilishini yodingizda tuting.
Download 247.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling