Darsning mavzusi: Кirish. Darsning maqsadi


Tarbiyaviy – o’quvchilarga yurtimiz hududidagi eng qadimgi aholi haqida tushuncha berish; Rivojlantiruvchi


Download 394 Kb.
bet4/6
Sana09.11.2020
Hajmi394 Kb.
#142799
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 SINF TARIX KONSPEKT


Tarbiyaviy – o’quvchilarga yurtimiz hududidagi eng qadimgi aholi haqida tushuncha berish;

Rivojlantiruvchi – o’quvchilarni mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – saka- tigraxauda, saka- tiay-taradarayya, saka- xaumovarka;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. O‘zbekiston hududidagi ilk davlatlar

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O’zbekiston hududida so’g’diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetelatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vohasida dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan.



So‘g‘d - Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida, Xorazm - Amudaryoning quyi qismida, Baqtriya -Surxondaryo vodiysi, shimoliy Afg'oniston va janubiy Tojikiston hududlarida joylash­gan.

Amudaryoning quyi oqimida yashagan o'troq dehqon elatlari xorazmliklar bo'lgan. Cho’llar va Amudaryo bo'ylarida ko'chmanchi massaget qabilalari yashaganlar.

Qadimgi yunon-rim tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch guruhga bolingan.

Saka-tigra-xauda - o’tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar- hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog'iston yerlarida yashaganlar.

Saka-tiay-taradarayya - daryoning narigi tomonida yashovchi saklar- Orol dengizi bo'ylarida, Sirdaryoning (bu daryoning qadimgi nomi Yaksart) quyi oqimida yashaganlar.

Saka-xau-movarka - Pomirning tog’li tumanlarida va Farg‘onada yashashgan.

Xorazm, So‘g‘diyona va Baqtriya aholisining asosiy mashg'uloti o’sha vaqtda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik edi. miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda O'zbekiston hududida ilk temir asriga otish boshlangan. Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda bu yerda qadimgi yirik davlatlar mavjud bo'lgan.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________MUROTOV.BOTIR

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Zardushtiylik

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilarga zardushtiylik dinining asosiy mazmuni bilan tanishtirish;

Tarbiyaviy – O’rta Osiyo xalqlari madaniyati va an’analari zardushtiylikning ahamiyatini ko’rsatish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, charxpalak;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – munajjim, kohin, zardushtiylik, payg’ambar, ossuariy;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Zardushtiylik

Miloddan avvalgi 1-mingyillikda O’rta Osiyoda zardushtiylik deb atalgan din keng tarqaladi. “Zardushtiylik” so‘zi ham Zardusht (turli tillarda Zaratushtra, Zoroastr) ismidan kelib chiqqan. Bu mil. avv. 1-mingyillikning birinchi yarmida yashab o'tgan tarixiy shaxs.

Keyinroq Yunonistonda payg'ambar Zardushtning ismi “Zoroastr” shaklida jarangladi (yunoncha “astron"-“yulduz” so'zidan), negaki Yunonistonda uni birinchi galda donishmand, yulduzshunos, munajjim sifatida bilishar edi. Zardushtning ismidan kelib chiqqan holda uning ta’limoti ham zardushtiylik dini deb yuritila boshladi.

Zardushtiylar uchun muqaddas bo'lgan bir kitobga jamlandi. Bu kitobning nomi “Avesto” bo'lib, “qat’iy belgilangan qonun-qoidalar” degan ma’noni anglatadi.

Zardushtiylikning zo'r ehtiromga sazovor xudolari Ahuramazda, Mitra va Anaxitadir. Ahuramaz­da zardushtiylarning ulug‘ va donishmand oliy xudosi hisoblanadi. Mitra-Quyosh va yorug'lik xudosi, dehqonlar va chorvadorlarning hosildorlik, farovonlik va mol-davlat bag'ishlovchi homiysidir. Mitra Ahuramaz­da va odamlar o'rtasida bosh vositachi bo'lgan. . Anaxita zardushtiylikda hosildorlik va suv ilohasi hisoblangan. Zardushtiylik dini ta’limoti insoniyatning Ezgulik va Yovuzlik haqidagi dualistik qarashlari takomiliga katta ta’sir ko'rsatdi.

“Avesto“ning ilk qismi mil. avv. IX-VIII asrlarda paydo bo‘lgan. Zardusht va’zlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III asrda 21 ta kitobga jamlangan, bu kitoblar “Avesto" asosini tashkil etgan.

Olov, tuproq, suv va havoni zardushtiylar muqad­das hisoblashgan.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ 6-“V”_____________________________



Darsning mavzusi: Takrorlash

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o’quvchilar bilimlarini tizimlashtirishjarayonini davom ettirish;

Tarbiyaviy – mavzuni o’rganganda konkret bilimlarni umumlashtirish;

Rivojlantiruvchi – o’quvchilar bilimlarni o’zlashtirish, mahorat va ko’nikmalar shakllanganligi darajasini tekshirib ko’rish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar - oldingi darslarda o’rganilgan asosiy tushunchalar va atamalar;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Takrorlash

O’tilgan mavzular bo’yicha tezkor savollar

1. Ahamoniylar davlatiga qachon va kim tomonidan asos solingan?

2. Eron hududida yashagan eng qadimgi qabilalar?

3. Ahamooniylar davlati kim tonidan qachon tugatilgan?

4. Eng qadimgi Hindistonda vujudga kelgan shahar va davlatlar qaysilar?

5. Eng qadimgi Hindlarning e’tiqodi haqida nimalarni bilasiz?

6. Hindlarni ilm-fanga qo’shgan hissasi?

7. Eng qadimgi Xitoyda mavjud bo’lgan davlarlar?

8. Sin Shixuandining qadimgi Xitoy tarixidagi tutgan o’rni?

9. Eng qadimgi Xitoy madaniyati, ilm-fani va kashfiyotlari?

10. O’zbekiston hududidda yashagan eng qadimgi qabila nomlari?

11. Qadimgi Baqtriya va Xorazm davlatlari haqida nimalarni bilasiz?

12. O’zbekiston hududida mavjud bo’lgan eng qadimgi shaharlar?

13. Zardushtiylik dini qachon vujudga kelgan va uning asoschisi haqida gapiring?

14. Zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” haqida nmlarni bilasiz?

15. Zardushtiylik didnida mavjud bo’lgan ilohlar?



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A” _______________________ 6-‘’B’’_____________________________



Darsning mavzusi: Antik tarixning boshlanishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – Yunonistonning geografik o’rni va tabiiy sharoitini o’ziga xos jihatlarini ohib berish;

Tarbiyaviy – Qadimgi Yunoniston iqtisodiy va siyosiy taraqiyotiga ta’sirini ko’rsatib berish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar - antik, antic tarix, ellinlar, Ellada;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Antik tarixning boshlanishi

Qadimgi Yunoniston-Bolqon yarimoroli va O’rtayer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi. Yunoniston hududining uchdan bir qismini tog'lar egallagan. Yunonistonning eng baland tog'i Olimpdir.

Miloddan avvalgi 2-mingyillikda ilk shahar-davlatlar vujudga kela boshladi, jumladan: Knoss, Miken, Tirinf, Pilos. Mil. avv. 2-mingyillikda Krit orolida sivilizatsiya vujudga keladi. Afsonaviy podsho Minos nomi bilan uni Minoy sivilizatsiyasi deb atashgan. Krit orolidagi Minoy sivilizatsiyasi kuchli zilzila va suv toshqiniga sabab bo'lgan vulqon otilishi oqibatida vayron bo‘ldi. Ko‘p o'tmay qayta tiklangan.

Mil. avv. 1450-yillarda qit’adagi Yunoniston hududidan mikena qabilalari bostirib kiradi, uning muqim aholisini axeylar deyishgan. Aynan axeylar Minoy sivilizatsiyasi barbod bo’lishini nihoyasiga yetkazdilar. Mil. avv. 1200-yilda doriylar janubiy Yunonistonga bostirib kirdilar, Miken davlatini yakson qilib, Sparta davlatiga asos soldilar.

Afina va Sparta davlatlari Qadimgi Yunonistonning eng yirik shahar-davlatlari edi.

Bolqon yarimoroli, Peloponnes yarimoroli mil. avv. 2-mingyillikda-Miken, Krit davlatlari mil. avv. 1450-yillar-axeylar (mikena qabilalari)-Minoy (Krit) sivilizatsiyasini vayronaga aylantirdilar mil. avv. 1200-yil-doriylar Miken davlatini vayronaga aylantirdilar.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: 4-nazorat ishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – o`quvchilarning bilim darajasini aniqlash;

Tarbiyaviy – o`quvchilar bilimlaridagi bo`shliqlarni aniqlash;

Rivojlantiruvchi – o`quvchilar tafakkurida tarixiy bilimlarni yanada kuchaytirish.

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, yozma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – o’tilgan mavzulardagi barcha atamalar.

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. 4-nazorat ishi

Nazorat ishi test javoblari

I-variant

II-variant

1-d

1-c

2-b

2-c

3-c

3-c

4-b

4-c

5-d

5-a

6-c

6-d

7-d

7-c

8-a

8-b

9-b

9-b

10-c

10-c

11-a

11-b

12-a

12-c

13-d

13-b

14-c

14-a

15-b

15-a

16-b

16-a

17-c

17-a

18-c

18-d

19-c

19-b

20-c*

20-d

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Qadimgi Yunonistonning yuksalishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy

Tarbiyaviy

Rivojlantiruvchi

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar -

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________



Darsning mavzusi: Afina demokratiyasi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – Afinada demokratiya shakllanishi jarayonini ko’rsatish va unga xarakteristika berish;

Tarbiyaviy – Solon islohotlari bilan tanishtirish va Afinada demokratiya shakllanishida ularning ahamiyatini ko’rsatib berish;

Rivojlantiruvchi – Drakont qonunlarini tavsiflash va ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’sirini ko’rsatish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar - Drakont, Solon, demos, demokratiya, aristokratiya;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Afina demokratiyasi

Afina shahrida markaziy maydon bo’lib, uning tevaragini turli-tuman imoratlar qurshab turar edi. Maydon esa agora deb yuritilgan. Shahar aholisining ko‘pchiligini hunarmandlar va savdogarlar tashkil etar edi.

Qora dengiz sohillarida Olviya, Xersones, Pantikapey, Tanais, Fasis, Trapezund va boshqa yirik koloniyalar vujudga keldi. O’rtayer dengizi sohillarida yuzdan ziyod yunon koloniyalari tashkil topdi.

Mil. avv. 621-yilda Drakont xalq boshqaruvini bekor qilgan qonunlarni yozadi va amalga kiritadi. Bu qonunlar shu qadar qattiq va ayovsiz ediki, afinaliklar ularga “siyoh qolib, qon bilan yozilgan” deya ta’rif berishgan.

Solon degan aqlli va tajribali zodagon, ayniqsa, xalqqa yon berishning qattiq tarafdori edi. Solon aslzodalarga shunday degan: “Yunonistonning ko'pginashaharlarida bo'ldim, xalq zodagonlarga qarshi chiqayotganini o'z ko'zim bilan ko'rdim. Kambag'allarga qullar kelib qo‘shilmasdan turib, xalq talablarining bir qismini bajarish kerak”.

Erkak jinsiga mansub barcha fuqarolar 20 yoshdan boshlab Xalq majlisida ishtirok etardilar. Xalq majlisining katta qismi badavlat bo'lmagan hunarmandlar, savdogarlar, kunbay ishchilar, dehqonlardan iborat edi. Xalq majlisida omma uchun foydali bo'lgan qarorlar qabul qilinar edi. Miloddan avvalgi 443-429-yillarda 15 marotaba strateg lavozimiga saylangan Perikl hukmronligi davrida Afina eng qudratli davlat bo'ldi, mamlakatda demokratiya ravnaq topdi. Bu davr shuning uchun ham “Perikl asri” deb atalgan.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ 6-“V”_____________________________



Darsning mavzusi: Yunon- Fors urushlari

Darsning maqsadi:

Ta’limiy – fors bosqinchilariga qarshi yunonlarning adolatli ozodlik urushida ularning qahramonligi va vatanparvarligini ko’rsatib berish;

Tarbiyaviy – forslarning bosqinchilik urinishlari va yunonlar tomonidan urushning mudofaachilik tabiatini ochib berish;

Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, zig-zag;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar – yunon-fors urushlari, marafon, fermopil;

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu. Yunon- Fors urushlari

Miloddan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonga forslar tahdid sola boshladi. Doro I hukmronlik qilayotgan Fors davlati yangi-yangi mamlakatlarni bosib olishga intilar edi. Forslarning Yunonistonga harbiy yurishlari yunon-fors urushlari nomini olgan, ular miloddan avvalgi 490-yildan boshlanib 449-yilga qadar davom etgan.

Miloddan avvalgi 490-yilning sentabrida fors harbiy floti Egey dengizini kesib o‘tdi va Attika sohilida langar tashladi.

Tog'lardagi Fermopil darasi Yunoniston shimolidan janubiga olib boradigan birdan bir yo’l edi. Yu­nonlar o'sha joyda pistirma qo‘yishga qaror qilishdi, ammo forslarga tog'lar orqali yo‘lni ko'rsatib bergan bir sotqin chiqib qoldi. Ushbu voqea “Uch yuz spartaliklar jasorati”, deb tarixda mashhur bo'ldi. Kserks qo'shinlari Janubiy Yunonistonga yetib bordi.

Miloddan avvalgi 479-yilda forslar tag'in Afinani bosib olishga urinib ko'radilar. Biroq yunonlar­ning birlashgan lashkari Plateya shahri yaqinida fors qo'shinlarini tor-mor etdi. Bu yunon-fors urushlaridagi yirik jang edi. Fors shohi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq u Old Osiyodagi barcha yunon polislari mustaqilligini e’tirof etdi, yunonlarga qarshi harbiy harakat olib bormaslikka va’da berdi.

40 yildan ko'proq davom etgan yunon-fors urushlari yunonlarning to'liq g'alabasi bi­lan yakunlandi.



IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ 6-“V”_____________________________



Darsning mavzusi: Yunonistonning Makedoniya tomonidan bosib olinishi

Darsning maqsadi:

Ta’limiy

Tarbiyaviy

Rivojlantiruvchi

Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, panaramma;

Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.

Darsning jihozi –”Tarix” 6-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar

Asosiy tushunchalar -

Darsning borishi.

I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash.

II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.)

III.Yangi mavzu.

IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash.

V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________

Sinf: 6-“A”___________________________ 6-“B”_____________________________ 6-“V”_____________________________



Darsning mavzusi: Takrorlash

Darsning maqsadi:

Ta’limiy

Tarbiyaviy

Rivojlantiruvchi


Download 394 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling