Asosiy tushunchalar – Sangirtepa, Qiziltepa, Yerqo’rg’on, Uzunqir, Ko’zaliqir, Qal’aliqir;
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. O‘zbekistondagi eng qadimgi davlatlar
O’zbekiston hududida yashagan saklar, massagetlar va sug’dlar bizning qadimgi ajdodlarimizdir. Yozma manbalarga ko’ra:
Saklar – hozirgi Sirdaryo bo’ylarida, Toshkent viloyati va Janubiy Qozog’isto yerlarida, Farg’ona vodiysida;
Massagetlar – hozirgi Amudaryoning quyi oqimlari va unga tutash bo’lgan yerlarda;
Sug’dlar – hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohasida hayot kechirganlar.
Ajdodlarimiz sug’orma dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shug’ullanganlar.
Xorazm davlati: Miloddan avvalgi VII asrda hozirgi O’zbekiston hududida Xorazm va Baqtriya davlatlari vujudga kelgan. Qadimgi Xorazm davlatining yirik shaharlaridan biri Tuproqqal’a bo’lgan. Xorazmda chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlangan. Tog’lardan qazib olingan zumrad toshlarga ishlov berilib, har xil buyumlar tayyorlangan. Ular Eron, Xitoy, Hinsiston, Misr singari mamalakatlarga sotilgan. Qimmatbaho metallardan tangalar zarb qilingan. Qadimgi Xorazm davlati o’zbek davlatchiligining ilk poydevori bo’lib, 2700 yillik tarixga ega.
Baqtriya davlati: Hozirgi Surxondaryo, Qashqadaryo, Zarafshon vodiylari, Tojikistonning janubi, Afg’onistonning shimoliy-sharqiy qismidagi hududlarbBaqtriya davlati tasarrufida bo’lgan. Bqaqtriya podsholigining Baqtra, Sangirtepa, Qiziltepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on kabi shaharlari bo’lgan. Baqtra shahri Baqtriya davlatining poytaxti edi.
So’g’d davlati: Zarafshon va Qashqadaryo vohasi Sug’diyona deb atalgan. Keyinchalik bu hududda Su’g’d davlati tashkil etilgan. Aholi asosan dehqonchilik bilan shug’ullangan. Sug’d aholisi hayotida hunarmandchilik va savdo ham katta o’ringa ega bo’lgan. Sug’d ham Osiyoning boshqa davlatlari bilan savdo aloqalari o’rnatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |