I. Tashkiliy qism. a) salomlashish, b) davomat, c) yurtimiz va xorij xabarlarini so’rash. 3-daqiqa
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash. ( uyga vazifa tekshiriladi.) 12 daqiqa
III.Yangi mavzu. Yevropa va Amerikada dastlabki sivilizatsiyalar
Sivilizatsiya deyilganda biror xalqning madaniyati rivoji erishgan yutuqlari darajasi tushuniladi. Shuning uchun ham sivilizatsiya atamasi o’rnida ko’pincha “madaniyat “ iborasi ham qo’llaniladi.Mehnat qurollarining takomillashishi va ishlab chiqarish texkasining ixtiro qilinishi shaharsozlik yozuvning paydo bo’lishi ilm fan adabiyot san’atning taraqqiyoti va boshqalar sivilizatsiyasi yoki madaniyat taraqqiyotining belgilaridir.Shahar - deyilganda yirik manzilgoh tushuniladi. Shaharlarning paydo bo’lishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Demak shaharlarning paydo bo’lishi dehqonchlikdan hunarmandchilik va savdo- sotiq ajralib chiqqan davriga to`g`ri keladi. Arxeolog olimlar Yunoniston (bugungi Gretsiya) davlatiga qarashli Krit orolida miloddan avvalgi 3-2 ming yillikka oid shaharlar qoldig’I topdilar.
IV. Mustahkamlash. Darslikdagi topshiriqlar, savollar ustida ishlash. 12 daqiqa
V. Baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.2 daqiqa
VI. Uyga vazifa. Savollarga javob yozib kelish.2 daqiqa
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________________________X.A.Salimova
Sinf: 5-“A”_______________________ 5-“B”________________________
Darsning mavzusi: O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar
Darsning maqsadi:
Ta’limiy – o’quvchilarga yurtimizning qadimgi davlatlari haqida umumiy ma’lumot berish;
Tarbiyaviy – qadimgi aholining turmush tarzi, mashg’uloti haqida tushuncha berish;
Rivojlantiruvchi – olingan bilimlarni o’z o’rnida qo’llay bilish;
Darsning usuli – Aralash, aqliy hujum, klaster;
Darsning turi – yangi bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish.
Darsning jihozi –”Tarix” 5-sinf uchun darslik, “Qadimgi dunyo tarixi” asari, mavzuga oid ko’rgazmali qurollar, plakatlar, tarqatma materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: |