Darsning mavzusi: Matematik formulalar bilan ishlash
Download 225 Kb.
|
1 2
Bog'liqInformatika ochiq dars
Darsning mavzusi: Matematik formulalar bilan ishlash Dars shiori Kuch –bilim va tafakkurda Ta'limiy Tarbiyaviy Rivojlantiruvchi o’quvchilarga amaliy masalalar yechish orqali elektron jadvalda qo’llaniladigan matematik formulalar bilan tanishtirish va ular bilan ishlash bo’yicha bilim ko’nikmalar berish . o’quvchilarni yangi bilimlar egallashga va tartib-intizomga doimo rioya etishga yo’naltirish O’quvchilarning ongini , diqqatini tarbiyalash O’quvchilarning Kompyuterdan Foydalanish haqidagi Bilim va tasavvurlarini Kengaytirish . o’quvchilarning ichida guruhlarda ishlash orqali o’z fikrlarini erkin bayon etish va soslash xususiyatlarini rivojlantirish. yangi bilimlarni o’zlashtirish, mustahkamlash hamda takomillashtirish darsi Dars turi Darsda foydalanila digan metodlar Darsning jihozi og’zaki, suhbat, savol-javob, guruhlarda ishlash, taqdimot – slayd usuli, boshqotirma Kompyuter, Videoproyektor, tarqatma materiallar, slaydlar, boshqotirma
Darsning blok chizmasi O’tilgan mavzu o’quvchilardan savol-javob orqali so’raladi.Hurmatli o’quvchilar o’tilgan mavzu “MS Excelda matematik amallar va funksiyalarni qo’llash” mavzusi o’tilgan edi. O’tilgan mavzu hammaga tushunarli bo’lsa kerak.Har bir o’quvchi Funksiyalar tavsifini o’rganib keldimi? Yangi mavzu “Matematik formulalar bilan ishlash” uyga vazifa qilib berilgan edi. Mana bugun yuz – ko’zlaringizdan ko’rinib turibdiki, bugun darsga barcha tayyor. Qani kimda mavzuni mustaqil o’rganish jarayonida qiyinchiliklar yoki muamolar vujudga keldi. Sinf guruhlarga bo’linib, mavzu yuzasidan o’z – fikr mulohalzalarini bildirib boradilar. O’qituvchi diqqat bilan ularning bir – birlariga aytayotgan ma’lumotlariga quloq solib turadi. Ma’lumotlar aytib bo’lingach, o’qituvchi tomonidan umumlashtiriladi. Yangi mavzu bayoni (darslikdan va internet ma’lumotlaridan foydalaniladi) Excel kataklariga uch xil ma'lumotlar kiritish mumkin: 1. Matnli ma'lumotlar - sarlavha, belgi, izohlarni o'z ichiga oladi; 2. Sonli ifodalar - bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir; 3. Formulalar - kiritilgan sonli qiymatlar bo'yicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.Excel jadvalida matematik formulalar bilan ishlashda talaygina qulayliklar bo’lib, ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.O’qituvchu ma’ruzasi Ulardan birinchi ikkitasi bevosita jadval katagiga kiritilishi mumkin. Formulalar esa maxsus formulalar satriga kiritiladi. Formulalar har doim "=" belgisini qo'yish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan so'ng, shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil bo'ladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri o'zgartirilsa, dastur avtomatik tarzda yangi ma'lumotlar bo'yicha hisoblash ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil bo'ladi. Excel dasturida hisob-kitoblarni olib borishda iloji bo'lsa, ma'lumot joylashgan katakni ko'rsatishga harakat qilish kerak.Masalan: Reytingga oid masala yechamiz.Sinf jurnalini eslatuvchi jadval tuzamiz.Jadvaldan ko’rib turganingizdek, C7 katakchadan K7 katakchagacha yoki C7:K7 blokda birinchi, C8:K8 blokda ikkinchi …o’quvchilarning olgan reyting ballari joylashadi.O’quvchilarning fanlardan olishi mumkin bo’lgan maksimal va olgan umumiy ballari jamlanmasi L ustuga yig’iladi, ya’ni mos ravishda, L6=C6+D6+E6+F6+G6+H6+I6+J6+K6 ga teng bo’ladi.1-misol Bu yig’indilarni turli usullarda hosil qilishimiz mumkin.Demak, L6 katakchaning nusxasi L7,L8,L9,L10 katakchalarga nisbiy murojat bilan joylashadi, shu kabi, M6=L6*100/$L$6 katakchaning nusxasi M7,M8,M9,M10 katakchalarga mos ravishda L7*100/$L$6, L8*100/$L$6,L9*100/$L$6, L10*100/$L$6 KABI JOYLASHADI. Bu yerda, $L$6- absolyut adres bo’lib,umumiy ball joylashgan katakchadir.Download 225 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling