Darsning mavzusi: Parazit chuvalchanglarning xilma-xillgi. Darsning ta'limiy maqsadi
Download 154 Kb.
|
Parazit chuvalchan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu ma’ruza tarzida tushuntiriladi Exinokokk.
Darsdan kutiladigan natija: o quvchi yangi bihmlarni egallaydi, nutqi rivojlanadi va eslab qolish qobiliyati kuchayadi.
Darsda foydalaniladigan texnologiya: Modulli ta'lim texnologiyasi (o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashga mo'ljallangan modul dasturi). Darsning borishi: I. Tashkiliy qism. II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning bilimlarini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ularning faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash. O’tgan darsni so’rash 1. To'garak chuvalchanglar qanday tuzilgan? A. Tanasi yumaloq. B. Tanasi ipsimon yoki duksimon. D. Ko'ndalang kesimi to'garak shaklda. E. Tanasi noksimon yoki to'garak shaklda. F. Tana bo'shlig'i rivojlanmagan. G. Tana bo'shlig'i suyuqlik bilan to'lgan. H. O'rta ichagi shoxlangan. I.O'rta ichagi to'g'ri, naysimon. J. Germafrodit. K. Ayrimjinsli. 2. Askarida qanday tuzilgan? A. Yopishuv organlari rivojlanmagan. B. Bir juft so'rg'ichlari bor.D. Tanasi yo'g'on ipga o'xshash. E. Tanasi elastik simga o'xshash. F. Tanasi ichak devoriga taqalib turadi. G. Ichak devoriga yopishib yashaydi. 3. Erkak askaridaning tanasi qanday tuzilgan? A. Dumi qorin tomonga egilgan. B. Dumi to'g'ri, konussimon.D.Tanasi xipcha, uzunligi 15—25 sm. E.Tanasi yo'g'on, uzunligi 20—40 sm. 4. Askarida hazm qilish sistemasi organlari bo'limlarini tartib bilan ko'rsating. A. Halqum. B. Anal teshigi. D. Qizilo'ngach. E. O'rta ichak. F.Keyingi ichak. G. Og'iz. 5. To'garak chuvalchanglarning ayirish sistemasi qanday tuzilgan? A. Uchi berk naychalardan iborat. B. Tana bo'ylab joylashgan ikkita naychadan iborat. D. Halqali chuvalchanglarnikiga o'xshash. E. Harbo'g'imdabirjuftdan. Yangi mavzu ma’ruza tarzida tushuntiriladi Exinokokk. Exinokokk yassi chuvalchanglar tipi, tasmasimon chulvalchanglar sinfiga kiradi. Uning uzunligi 0,3-0,6 mm bo'lib, it, bo'ri va tulkilar ichagida parazitlik qiladi (23-rasm, 3, 4). Boshidagi ikki juft so'rg'ichlari yordamida ichak devoriga yopishib oladi. Tanasi 5-6 bo'g'imdan iborat; tuxumga to'lgan oxirgi bo'g'imi hayvon axlati bilan tashqariga chiqib ketadi, uning o'rniga yana boshqasi hosil bo'ladi. Exinokokkning tuxumlari yem-xashak orqali qoramol, qo'y, ot va tuya kabi hayvonlarning ichagiga tushganida ulardan chiqqan lichinkalar qon orqali o'pka, jigar yoki boshqa organlarga borib, juda yirik, ba'zan chaqaloq boshidek va undan ham kattaroq pufakni hosil qiladi. Bunday pufak ichidagi suyuqlikda faqat mikroskopda ko'rinadigan juda ko'p sonli lichinkalar bo'ladi. Itlar va yirtqich hayvonlar o'txo'r hayvonlarning ichki organlari bilan birga ana shunday pufaklarni yeganida ular ichagida lichinkalar voyaga yetadi. Hay von ichagidan axlat bilan juda ko'p exinokokk tuxumlari tashqariga chiqib turadi. Tuxumlar hayvonlarning yungiga ham yopishib qoladi. Odam kasal itni erkalatganida exinokokk tuxumlarini yuqtiradi. Odam va o'txo'r hayvonlar exinokokkning oraliq xo'jayini, it va boshqa yirtqich hayvonlar uning asosiy xo'jayini hisoblanadi. Download 154 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling