Darsning texnologik xaritasi:
I. Tashkiliy qism 2 daqiqa
II. O’tgan mavzuni so’rash 10 daqiqa
III. Yangi mavzu mazmunini yoritish 15 daqiqa
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash 12 daqiqa
V. O’quvchilarni baholash 4 daqiqa
VI. Uyga vazifa berish 2 daqiqa
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O’quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish,sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
II. O’tgan mavzuni so’rash:
1.Kimning sa`y-harakatlari bilan Qo`qonda ilmiy nadaniy muhit vujudga keldi?
a)Amir Umarxon; b)Mashrab; s)Nodira ; d)Uvaysiy.
2.Fazliy Namangoniyning « Majmuai shoiron » asariga nechta shoirning she`ri kiritilgan?
a) 61ta ; b) 63 ta; s) 65 ta; d) 67ta;
3.Umarxon qo`shinida sipohilik qilgan hajviy shoir kim ?
a) Fazliy Namangoniy ; b) Gulxaniy ; s) Maxmur ; d) Mashrab.
4.O`zbek adabiyotida poeziyaga masalni mustaqil janr sifatida kiritgan ijodkor kim ?
a) Fazliy Namangoniy ; b) Gulxaniy ; s) Maxmur ; d) Mashrab.
5.Kimning adabiy merosi 269 g`azal, 29 muxammas, 3 dostondan iborat?
a) Gulxaniy; b) Maxmur; s) Uvaysiy; d) Nodira.
6.Mashrab vafotidan 69 yil o`tgach tug`ilgan ijodkorni aniqlang.
a) Gulxaniy; b) Maxmur; s) Uvaysiy; d) Nodira.
7.Qaysi ijodkor eshonlarning avom xalq ruhini do`zax va oxirat azoblari bilan dahshatga solayotganligini ayovsiz fosh etgan?
a) Amir Umarxon; b) Gulxaniy ; s) Maxmur ; d) Mashrab
Do'stlaringiz bilan baham: |