Darsning mavzusi: Заҳириддин Муҳаммад Бобур – буюк давлат арбоби ва мутафаккир
Download 0.6 Mb.
|
Yangi 8 sinf konspekti(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism.
Kompetensiyalar: O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi, Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi, Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini shakllantirish.
Nazorat turi: test Uslub: yozma. Jihoz: test varaqalari, darslik, nazorat daftarlari, doska, bo`r. Darsning texnologik xaritasi: I.Tashkiliy qism 3 daqiqa II.Yangi mavzu mazmunini yoritish 40 daqiqa III.Uyga vazifa berish 2 daqiqa Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, nazorat daftarlarini tarqatish, o`quvchilarni nazorat ishi yozish tartibi bilan tanishtirish. II.Nazorat ishini yozish. 1. Buxoroda 1507-yilgi pul islohotida qanday pullar zarb etildi? A)boshqa ma’danlar aralashtirilgan oltin pul B)5,2 grammli kumush va mis chaqalar C)oltin va kumush tangalar D)5,7 grammli oltin va 5 grammli mis chaqalar 2. Buxoro xonligida xonning eng yaqin va ishonchli kishisi kim edi? A)naqib B)devonbegi C)ko’kaldosh D)eshikog’abohi 3. 1515 – yilda – …. A)Akbarshoh huzuriga elchi bordi B)Abdullaxon II huzuriga turk elchilari keldi C)Sulton Salim huzuriga elchi bordi D)Buxoroga hind elchilari keldi 4.Ashtarxoniylar sulolasi Astraxan va uning atrofidagi yerlarda qachondan boshlab hukmronlik qilib kelishgan? A) XIII asr 90-yillaridan B) XIV asr 40-yillaridan C) XIV asr 80-yillaridan D) XV asr 20-yillaridan 5. Boqi Muhammadxon nechanchi yilda Eron qo‘shinlariga zarba berib, Balxni egalladi? A) 1602-yil B) 1604-yil D) 1605-yil C) 1603-yil 6. Buxoroda markaziy hokimiyatning kuchsizlanishi bilan Xiva xonlari Buxoro xonligi hududiga bostirib kirishgan. Shunday vaziyatda qaysi Xiva xoni Samarqandni egallab o‘z nomiga xutba o‘qitgan edi? A) Abulg‘ozixon B) Anushaxon C) Elbarsxon D) Eringxon 7. Ashtarxoniylarning qaysi hukmdori Makkaga hajga borib, o‘sha yerda vafot etgan? A) Abdulazizxon B) Nodir Muhammad C) Vali Muhammadxon D) Imomqulixon 8. “Oddiy xalq mushkul ahvolda qoldi, kundalik yeyish-ichishdan mahrum bo‘ldi, hatto kafan uchun mato topolmay, jonlarini xudoga topshirdilar”, Muhammad Amin Buxoriyning ushbu gaplari qaysi hukmdor davri voqealariga tegishli? A) Subxonqulixon B) Abulfayzxon C) Ubaydulloxon D) Abdulazizxon 9.Ashtarxoniy Abdulaziz xonlik taxtiga qay tariqa chiqdi? A) Nodir Muhammadxondan norozi bo‘lgan bir guruh amirlar Abdulazizni xon deb e’lon qilishi natijasida B) Hindiston qo‘shinlarining ko‘magida C) Eron qo‘shinlarining Balxga hujumi ko‘magida D) jaloyir va do‘rmon qabilalarining qo‘llab-quvvatlashi natijasida Nodir Muhammad qo‘shinlarining mag‘lub etilishi tufayli 10. Nodir Muhammad taxtni egallay olmagach taqdiri qanday yakun topadi? A) ko‘ziga mil tortildi B) Makkaga hajga borayotib yo‘lda vafot etadi C) asir olinib qatl etildi D) Makkaga borib, o‘sha yerda vafot etdi 11. Subhonqulixon davrida ichki va tashqi ahvol qanday bo‘lgan? 1) Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan o‘g‘illariga qarshi urushlar qilishga majbur bo‘ldi; 2) Movarounnahr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishga majbur bo‘ldi; 3) Xiva xoni Anushaxon qo‘shinlari hujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni va Samarqandni egalladi; 4) Samarqandda Anushaxon nomiga xutba o‘qitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etildi; 5) markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi; 6) Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar. A) 1, 2, 3, 5, 6 B) 4, 5, 6 C) 2, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4 12. Subhonqulixon qayerdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga bostirib kelib u yerlarni talon-taroj qiladi va katta o‘ljalar bilan qaytib ketadi? A) Balxdaligidan B) Toshkentdaligidan C) Qarshidaligidan D) Marvdaligidan 13. Qaysi Ashtarxoniy hukmdorlar qozoqlarga qarshi kurashishga to‘g‘ri kelgan? A) Vali Muhammad, Abulfayzxon, Abdulazizxon B) Boqi Muhammad, Subhonqulixon, Abulfayzxon C) Boqi Muhammad, Imomqulixon, Nodir Muhammad D) Abdulazizxon, Subhonqulixon, Ubaydullaxon II 14. Ko’kaldosh madrasasi qayerda joylashgan? 15. 1710-yilda kim mustaqil Qo’qon xonligiga asos soldi? 16. Kim doimo “Registon tinch bo’lsa bo’lgani” degan gapni takrorlab yurgan? 17. Kim 12 nafar o’g’li 2 nafar jiyani va nabirasiga viloyatlarni taqsimlab bergan? 18. Zahiriddin Muhammad Boburning xolavachchasi bo’lgan yetuk tarixchi olim kim? 19. “Moskva savdo kompaniyasi”ning vakili. 20. Ashtarxoniylar davrida harbiy qism boshliqlari va saroy amaldorlariga in’om etilgan yerlar qanday nomlangan?
14.Toshkentda 15. Shohruxbiy 16.Abulfayzxon 17.Nodir Muhammad 18.Mirzo Haydar 19.Antoniy Jenkinson 20.tanho Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling