Miroxur-amir otxonasining boshlig’i bo’lgan.
Dasturxonchi-amir huzurida uyushtiriladigan ziyofatlar uchun mas’ul amaldor.
Kitobdor-amir kutubxonasi boshlig’i.
To’qsabo-harbiy qism sarkardasi.
Parvonachi-biror-bir shaxs biror lavozimga tayinlanganida yorliqni o’sha shaxsga yetkazuvchi amaldor.
Sadr-vaqf mulklarini boshqaruvchi.
Shayxulislom – musulmon jamoasi boshlig’i; qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini ta’minlovchi hukmdorning eng yaqin kishisi. Bu lavozim avloddan avlodga meros bo’lib ham o’tgan.
Poytaxt qozisi (qozikalon)-davlatning oliy qozisi (sudyasi) amir aralashmaydigan barcha qozilik ishlariga rahbarlik qiluvchi oliy davlat lavozimi. Qozikalon "shariatpanoh" deb ham atalardi. Qozikalon huzurida a’lam va 12 muftidan iborat devon tuzilgan edi. Muftiy-qozikalon murakkab deb hisoblagan turli diniy huquqiy masalalar bo’yicha shariatga asoslanib, fatvo chiqaruvchi shaxs.
Muhtasib (rais ham deyilgan)-musulmonlar tarafidan shariat qonunlarining bajarilishini kuzatuvchi, bozorlardagi tosh tarozining to’g’riligini tekshiruvchi amaldor.
Do'stlaringiz bilan baham: |