Darsning ta’lim texnologiyasi


Download 0.53 Mb.
bet8/10
Sana08.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#237999
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-reja хужайра янги

Epiteliy to'qima

Epiteliy to'qima bazal membranada yotgan hujayralar qatlami-dan iborat bo'lib, uning ostida yumshoq tolali biriktiruvchi to'qi­ma joylashgan. Bu hujayralar tana yuzasi (teri) va shilliq pardalar-ni qoplab, organizmni tashqi muhitdan ajratib himoya vazifasini ba-jaradi va organizm bilan tashqi muhit o'rtasida modda almashinu-vida ishtirok etadi. Bundan tashqari epiteliy ichki va tashqi sekret-siya bezlarini bez to'qimasini ham hosil qiladi. Bezlarni hosihqiluy-chi bez epiteliyi o'zidan suyuqlik (gormonlar) ajratish^t^ufdyatig ega bo'lib, ular tashqi muhitga yoki qon va limfaga qjt ralarning organizmni yashashi uchun kerak bo'lgan jr^dtialarni is: hlab chiqarish xususiyati sekretsiya deyilib, bunday epiteliy sekretor epiteliy deyiladi.

Epiteliy hujayralari bazal membranada joylashib, uning ostida yotgan bo'sh biriktiruvchi to'qimadan ajralib turadi. Taraqqiyoti va vazifasiga qarab epiteliy turli tuzilishga ega bo'ladi va yuqori qayta tiklanish xususiyati bilan ajralib turadi.

Epiteliy ko'p qavatli (shoxlanuchi, shoxlanmaydigan va o'zgaruv-chan) va bir qavatli (silindrik, kubsimon, yassi) bo'ladi. Ko'p qavat­li yassi shoxlanuvchi epiteliy teri ustini qoplaydi va epidermis deyi­ladi.

Ko'p qavatli yassi shoxlanmaydigan epiteliy (4-rasm) ko'zning shox pardasini, og'iz bo'shlig'i va qizilo'ngachning shilliq pardasi-ni qoplaydi.

O'zgaruvchan epiteliy siydik ayiruv a'zolarining shilliq pardasi­ni qoplaydi. Bir qavatli silindrik epineliy oshqozon va nafas yo'lla-ri shilhq pardasini qoplaydi. Bir qavatli kubsimon epiteliy (5-rasm) buyrak naychalari va bezlarning chiqaruv naychalarini qoplaydi. Bir qavatli yassi epiteliy qorinparda, plera, pericardni yuzasini qoplaydi va mezoteliy deb ataladi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling