Darsning ta`limiy maqsadi


O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash


Download 186 Kb.
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi186 Kb.
#1601377
1   2   3
Bog'liq
6 sinflarda ochiq dars ishlanmasi

2.O`tilgan darsdagi mavzuni mustahkamlash uchun quyidagi savol slaydi ekranda namoyish qilinadi:
1. Xonadoningizdagi qandil (osma chiroq)da lampochkalar qanday ulanadi?
2. Archa bezaklari uchun ishlatiladigan chiroqlar qanday ulangan?
Savollarga guruh ishtirokshilari javob yozishadi,javoblarni o`qituchi yig`ib olib og`zaki o`qib, tahlil qilib,guruhlarga baholovchi kartochkalar bilan baholaydi.
3.Yangi mavzu bayoni:
Yangi mavzu va reja slayd orqali aks ettiriladi:
Reja:

  1. Elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari

  2. Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish

  3. Elektr jihozlaridan to’g’ri foydalanish

Kundalik turmushimizda biz elektr energiyasidan ko‘p foydalanamiz. Masalan, elektr
chiroqlardan uy va ko‘chalarni yoritishda, elektr choynakdan choy qaynatishda, mikroto‘lqinli
pechdan ovqatni isitishda, muzlatkichlardan oziq-ovqatlarni sifatli saqlashda, changyutkichdan
xonalarni tozalashda, konditsionerdan isitish va sovitishda, elektr dazmoldan kiyimlarni
dazmollashda va boshqalar. Biz kundalik ehtiyojlarimizda elektr energiyasidan juda ko‘p
foydalanishga ko‘nikib qolganmiz. Shuning uchun biz elektr energiyasidan foydalanishni
oddiy hol deb qaraymiz va ba’zan xavfsizlik choralariga e’tibor bermaymiz.
Elektr energiyasidan foydalanishimizda uning ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy oqibatlari
ham bor. Masalan, elektr asboblaridan noto‘g‘ri foydalanish, xavfsizlik qoidalariga rioya
qilmaslik oqibatida elektr toki urishi hodisasi sodir bo‘ladi. Elektr tokini uzatishda o‘tkazgich
simlardan foydalaniladi. Bu simlarning usti kauchuk yoki plastmassa bilan qoplanadi. Agar
odam usti ochilib qolgan elektr simiga tegsa, elektr energiyasi tanadan o‘tganda halokatli
shikastlanish yoki o‘limga olib kelishi mumkin.
Simning usti kauchuk yoki plastmassa bilan qoplangan bo‘lsa, izolyatsiyalangan deyiladi.
Elektr energiyasidan foydalanishda quyidagi xavfsizlik qoidalariga rioya qiling;
elektr jihozlaridan foydalanishda ho‘l qo‘lingiz bilan elektr kabellarini ushlamang;
ko‘chadan o‘tgan elektr tarmog‘i simlari izolyatsiyalanmagan bo‘ladi, shuning uchun
uzilgan elektr tarmog‘i simiga yaqinlashmang;
elektr jihozlarini suvdan uzoqroqda saqlang;
elektr rozetkalariga ortiqcha yuklama bermang.




Download 186 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling