Elektr energiyasidan foydalanishda xavfsizlik choralari
Elektr mutaxassislari elektr ta’mirlash ishlarini olib borishda elektr o‘tkazmaydigan qo‘lqoplar,himoya kiyimlari va tagliklari izolyatsiyalangan poyabzal kiyishlari zarur. Shuningdek, elektriklaro‘zlarining elektr ta’mirlash ishlarini bajarish uchun turli xil izolyatsiyalangan jihoz va buyumlardan
foydalanadilar. Bular: indikatorli otvyortka,yassi ombir, elektrik izolyatsion tasma, multimetrlar.
Elektr toki urganda birinchi yordam ko‘rsatish
Usti ochiq elektr simni bexosdan ushlab olgan odamning panja mushaklari qattiq qisiladi, mushaklari
o‘ziga bo‘ysunmaydi, markaziy asab sistemasini shikastlanadi va odam hushidan ketadi. Jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatishdan oldin uning elektr manbaidan ajratilganligiga ishonch hosil qilish
kerak. Jabrlanuvchini chalqanchasiga yotqizish va sun’iy nafas oldirish lozim hamda tez tibbiy yordamni chaqirish zarur.
4.Mustahkamlash: Mavzu tushuntirilgandan keyin guruhlarga quyidagi jadval to`ldirish uchun beriladi:
Dazmol
|
Nazoratsiz qoldirilgan
|
Elektr pech
|
|
Sochiq
|
|
Stol chirog’i
|
|
Anvarning harakati
|
|
Elektr choynak
|
|
Devordagi rozetkalar
|
|
Jadvallar tahlil qilinib guruhlar rag`batlantirilib,mavzuni mustahkamlovchi savollar beriladi.
1.Elektr jihozlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini yozing.
2. Rasmda tasvirlangan xonada elektr asboblaridan foydalanishdagi xatoliklarni
aniqlang.
5. Vazifa:Mavzuni o`qib,konspektlashtirish,mavzuga doir ma`lumotlarni to`plash.
6. Dars yakuni: Guruhlar ishi yakunlanib,rag`batlantirilib, kamchiliklar eslatilib, xayrlashiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |