Darsning turlari va tuzilishi


Download 22.27 Kb.
bet2/2
Sana17.12.2022
Hajmi22.27 Kb.
#1025740
1   2
Bog'liq
Darsning turlari va tuzilishi.

Ta’limda bilimlarni o’zlashtirish jarayoniga quydagi komponentlar kiradi.
1.Hodisalarni, narsalarni kuzatish, axborotlarni idrok etish.
2.Olingan axborotlarni tahlil qilish (bilimlarning xarakterli belgilarini aniqlash, taqqoslash, ko’chirish, birinchi jarayonda olingan axborotlarni o’zgartirish va unda olingan axborotlar doirasidan chiqish)
3.Eslab qolish.
4.Ishlar, umumlashtirishlarning to’g’riligini tekshirish hamda baholash.
Umuman aytganda, ta’limni boshqarish o’qituvchi o’qish jarayonining asosiy strukturasi, elementlari, xususan, o’quv materialining mazmuni, ta’lim metodlari, faoliyat usullari, shakllari va vositalari to’g’ri amalga oshuvi hamda o’zaro ta’sirini ta’minlashdan iboratdir.
Ta’limni boshqarishning asosiy tashkiliy shakli quyidagi ma’lum belgilarga ega bo’lgan mashg’ulotlar guruh yo’sinda o’tkaziladi.
-mashg’ulotlarning har yili va har bir o’qish kuni bir paytda boshlanishi;
-mashg’ulotlar va ular orasidagi tanaffuslarning ma’lum vaqt davom etish;
-guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi;
-material o’rganish sur’atlarining bir xilligi;
-o’quv mashg’ulotlarining ma’lum tashkiliy shaklda o’tkazilishi.
Guruhli mashg’ulotlarnining sinf-dars tizimli deb atalgan bu-
day shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha takomillashgan holda mavjuddir.
O’quvchilar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlar rejasini quydagi yo’sinda tuzish mumkin:
-dastlab mustaqil ishlarni o’tkazish hamda o’quvchi yashaydigan va o’qiydigan sharoitlarni tahlil qilish orqali uning imkoniyatlarini o’rganish;
-o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlashning didaktik vositalarini yaratish;
-har bir o’quvchi uchun eng maqbul topshiriqlarni hamda bilim olish va kamol topishini nazorat qilish sistemasini belgilash, o’quvchini o’z vaqtida murakkabroq masalalarni hal qilishga o’rgatish, amalga oshirilgan ishlarni rahlil qilish va umumlashtirish, tuzatish va xulosalar chiqarish.
Download 22.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling