Darsning turlari va tuzilishi
Download 22.27 Kb.
|
1 2
Bog'liqDarsning turlari va tuzilishi.
Mavzu: Darsning turlari va tuzilishi. Reja. 1.Dars turlari. 2.O’qtuvchilarning o’z darsini tahlil qilish. 3.O’quv jarayonini tashkil etishning shakllari. Darslarning faqat tiplari bo’yicha emas, balki turlari bo’yicha ham tasniflanishi ularni muvaffaqiyatli tashkil etish uchun muayyan darajada ahamiyatga molikdir. Darslarni o’quvchi va o’qtuvchilar faoliyatining xarakteri bo’yicha turlarga ajratish amaliy maqsadga muvofiq emas, bunday ajratishni ta’lim metodlarini amalga oshirish usullari bo’yicha bajarish lozim. Mazkur holda darslarning tiplari va turlari bo’yicha tizimlashtirish mukammal shaklga ega bo’ladi: pedagogik maqsad va o’quv materiali darsning tipi, turini, didaktik maqsadlarini tanlash zaruratini keltirib chiqaradi va bular, o’z navbatida, ta’limning metodlarini, vazifalarining qo’yilishini hamda maqsadga erishishning omillari sifatidagi ta’limning vositalari, masalalarini yechish usullarini oldindan belgilaydi. Darslarning turlari quydagicha: dars – leksiya; b) dars – suhbat; v) kino darsi; g) nazariy yoki amaliy mustaqil (tadqiqot tipidagi) ishlar darsi; d) aralash dars (bitta darsda darsning har turlari birikmasi). mustaqil (og’zaki yoki yozma mashqlardan iborat repra- duktiv tipdagi) ishlar darsi; b) dars – laboratorita ishi; v) amaliy ishlar darsi; g) dars – ekskursiya. og’zaki (umumiy, yakka tartibda, guruhiy so’rash; b) yozma (yakka tartibda) so’rash; g) aralash dars. O’qtuvchi o’z faoliyatini o’z hamkasblari tahlil qila olganidek tahlil qila olishi zarur. Busiz kasbda rivojlanishga erishib bo’lmaydi. Bizningcha, pedagogic faoliyatni tahlil qilganda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatish, ularning uzviy bog’liqligini chuqur tushunish, o’qutuvchi qo’ygan masalalar, uni yechish yo’llari va ko’zlangan maqsadlar qanchalik uyg’unlashib ketishini his etish lozim. Bunda: -birinchidan, biz hamkasbimiz darsini tashqaridan kuzatishimiz va faoliyatini tahlil qilishimiz; - ikkinchidan, o’zimiz uchun alohida ahamiyatda molik bo’lgan o’z harakatimizni tahlil qilishimiz kerak. Bunday tahlil yo’llarini agallash uchun muayyan bosqichdagi ishlarni bajarmoq zarur. Birinchi bosqich – psixologik- pedagogic fanning yangi g’oyalari, pedagogik faoliyatning tuzilishi, uning asosiy tarkibi, uning boshqa predmetlar bilan o’zaro ta’siri va o’zaro aloqasi bilan tanishish. Ikkinchi bosqich – tahlil, qayd etish, ro’yxatga olish, xronomrtrlash yo’llarini o’rganish. O’qtuvchining o’z pedagogic faoliyatini tahlil qilish sxemasi Pedagogik topshiriqlar: Dars (mavzu)ga qanday aniq vazifalar qo’yilgan: a) rivojlantiruvchi; b) tarbiyalovchi; d) ta’lim beruvchi. Ular qaysi umumiy vazifalarning bir qismi bo’lib hisoblanadi? Darsda barcha topshiriqlar bajariladimi? Dars davomida vazifalar o’zgaradimi? O’zgargan bo’lsa, nima uchun? Pedagogik vosita va usullar: -Mazkur sinf va alohida o’quvchilarning xususiyatlari e’tiborga olindimi: a)ularning aqliy psixik o’sish darajasi; b)potensial imkoniyatlar; d)fanni bilish darajasi; e)hissiy holatlar va daraja tayyoorgarligi; f)qanday hisobga olindi? Agar hisobga olinmagan bo’lsa, nima uchun? -Mazkur sinf bilan ishlashga o’qtuvchining xohishi qanday edi? O’qtuvchining vazifasi – darsda tafakkur va faoloyatining ana shu turlarini eng to’g’ri uyg’unlashtirishdir. Binobarin, bunday uyg’unlik dars samaradorligini oshirishning muhim omilidir. O’qtuvchi dars muamolariga to’g’ri yondashishi uchun ta’lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o’zaro bog’liqligi va bir-biriga ta’sirini tushinish lozim. Obektiv mavjudlikning mohiyatini bilishi ta’limning maqsadlaridan biridir. Download 22.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling