Darvindan Evolyutsiya dalillarigacha


Download 221.95 Kb.
bet2/4
Sana17.10.2023
Hajmi221.95 Kb.
#1706988
1   2   3   4
Bog'liq
Darvindan Evolyutsiya dalillarigacha

A) 1, 2, 4, 7 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 4, 7, 8 D) 3, 5, 7, 8
16. Quyidagi javoblardan qaysilari turlararo kurashga misol bo’la oladi?
1) tulki bilan quyon o’rtasidagi kurash; 2) toshbaqalarning yozgi va qishki uyquga ketishi; 3) ayiqlarning o’rtasidagi jang; 4) zarpechakning madaniy o’simliklarni bo’g’ishi; 5) issiq kunlari lola barglarining mum bilan qoplani-shi; 6) chayonlarning o’lja talashishi; 7) maynalarning hasharot yeyishi.
A) 1, 3, 5, 7 B) 2, 4, 6, 8 C) 1, 4, 7 D) 1, 3, 4, 6, 7
17. Kakku tuxumlari qaysi qushlarning tuxumlariga shakl va rangi o’xshash?
1) mayna; 2) qorayaloq; 3) bog’ moyqurti; 4) chug’urchiq; 5) qizilquyruq;
6) ko’rgalak.
A) 1, 2, 3 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 5 D) 1, 2, 5
18. “Ogohlantiruvchi rang” (1) va mimikriya (2) kuzatiladigam hayvonlarni ajrating.
a) belyanka; b) korall aspidi; c) suvarak; d) gelikonius; e) amerika suviloni; f) “xonqizi” qo’ng’izi; g) oddiy ari; h) oynasimon kapalak.
A) 1-a, e, f, h; 2-b, c, d, g B) 1-b, d, f, g; 2-a, c, e, h
C) 1-a, b, d, g, h; 2-c, e, f D) 1-b, c, d, g; 2-a, e, f, h

19. Vegetatsiya davri juda qisqa o’simliklarni ko’rsating.
A) qoqio’t, sachratqi B) boychechak, qo’ng’irbosh
C) ayiqtovon, yaltirbosh D) binafsha, zubturum

20. G’afurov ma’lumotlariga ko’ra, Xumson qishlog’idagi yetti nuqtali tug-machaqo’ng’iz tekshirilganda qanday politipik xususiyatlari aniqlangan?
1) tanasining uzunligi 3,5 mm dan 5 mm gacha bo’lishi; 2) tanasining uzunligi 5,5 mmdan 8 mm gacha bo’lishi; 3) rangi och jigarrangdan tortib to to’q jigarranggacha bo’lishi; 4) rangi och qizg’ishdan tortib to to’q qoramtirgacha bo’lishi; 5) qora dog’larining soni 2 tadan to yettitagacha bo’lishi; 6) qora dog’larining kattaligi va shakli bilinar-bilinmasdan to aniq ifodalangan dog’largacha bo’lishi.
A) 1, 3, 5 B) 2, 4, 6 C) 1, 4, 5 D) 2, 3, 6
21. Sanchuvchi meva qaysi o’simliklarga tegishli?
A) beda, qariqiz B) qariqiz, temirtikan
C) repishka, qo’ytikan D) ebalak, temirtikan

22. Qaysi hayvonlar qishda bir, yozda ikkinchi xil ko’rinishda bo’ladi?
1) tulki; 2) kuropatka; 3) tovushqon; 4) gornostoy; 5) kallima; 6) korall.
A) 1, 2, 3, 5 B) 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3, 4, 6
23. Quyidagilarni qaysi birlari stabillashtiruvchi tanlanishga misol bo’ladi?
1) gatteriya; 2) arxeopteriks; 3) terapsid; 4) latimeriya; 5) yexidna; 6) gingko biloba; 7) ixtiostega; 8) xaltali krot.
A) 1, 4, 5, 6, 8 B) 1, 3, 4, 6, 7 C) 2 4, 5, 6, 8 D) 4, 5, 6, 7
24. Shahar va qishloq qaldirg’ochi orasida qanday farq(lar) mavjudligi tufayli bir-biri bilan chatisha olmaydi?
1) geografik; 2) etiologik; 3) ekologik; 4) biologik; 5) morfologik; 6) genetik; 7) biokimyoviy; 8) fiziologik.
A) 2, 3, 5, 6, 8 B) 1, 7, 8 C) 4 D) 1, 4
25. Nima uchun organizmlarning muhit sharoitiga moslanishi mutlaq emas, nisbiydir?
A) muhit sharoiti o’zgarishi sekin, moslanish paydo bo’lishi tez yuz beradi
B) organizmlarda mutatsion jarayonlarning tez-tez ro’y berib turadi
C) muhit sharoitining o’zgarishi tez, moslanishlar paydo bo’lishi sekin yuz beradi
D) moslanishlarning uzoq muddatli emasligi

26. Sigirquyruqda suvni kam bug’latishga qanday moslashuv turi mavjud?
A) qalin mum qavatning hosil bo’lishi B) bargining tikanga aylanishi
C) qalin tuklar bilan qoplanganligi D) bargining so’liganligi

27. Quyidagi hayvonlarning qaysilarida mimikriya hodisasi ro’y beradi?
A) xonqizi, beshiktervatar B) chupchik, oddiy ari
C) ko’lbuqa, korall aspidi D) suvarak, belyanka

28. Amerika som balig’ida nasl yetishtirish bilan aloqador moslanishni ko’rsating.
A) otalangan tuxumlarini to yosh baliqchalar rivojlanguncha orqa tomonda “opichlab” yuradi
B) chavoqlar rivojlanguncha tuxumlarni orqa tomoniga yopishtirgan holda yuradi
C) chavoqlarni qorin tomoniga yopishtirgan holda yuradi
D) chavoqlar rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi

29. Qaysi bandda noto’g’ri fikr ko’rsatilgan?
A) Evolyutsiyaning boshlang’ich birligi – populyatsiya
B) Har bir populyatsiya bir nechta turlardan iborat bo’ladi
C) Populyatsiya to’lqini, alohidalanish va genetik-avtomatik jarayonlar evolyutsiyaning boshlang’ich omili sanaladi
D) Evolyutsiyaning boshlang’ich materiali bu – mutatsion va kombinativ o’zgaruvchanliklar.

30. Qiyofadosh turlar deb nimaga aytiladi?
A) Tashqi tomondan juda o’xshash, lekin o’zaro chatishmaydigan turlar.
B) Tashqi tomondan o’xshash erkin chatishadigan turlar.
C) Morfologik jihatdan farq qiladigan, lekin o’zaro chatishadigan turlar.
D) Morfologik, fiziologik, biokimyoviy o’xshash turlar.

31. Ekologik mezon bo’yicha bir-biridan farq qiluvchi organizmlarni ko’rsating.
A) Katta chittak va lazarevka chittagi
B) Sariq gulli lyupin va ko’p bargli lyupin
C) Zaharli ayiqtovon va o’rmalovchi ayiqtovon
D) Yevropa qoraqarag’ayi va Sibir qoraqarag’ayi

32. Darvin yashagan paytda Angliyadagi “shubhali turlar” ... bo’lgan.

Download 221.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling