Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Qora yoki sho‘rxok saksovuli (Haloxylon aphyllum (Minkv) fljin.)


Download 362.07 Kb.
bet13/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Qora yoki sho‘rxok saksovuli (Haloxylon aphyllum (Minkv) fljin.) Taqir cho‘llarda, sariq-sho‘rxoq tuproqlarda, sho‘rlangan qumli va bo‘z tuproqlarda o'sadi. Tuproqqa talabchan emas. Kuchli sho'rlangan yerlarda ham o‘sadi. Vodiy yerlarda hamda qum barxanlari oraliqlarida katta bo‘lmagan maydonlarni egallaydi. Qora saksovulzorlar boshqa cho‘l o'simliklaridan o‘zgacha qora o’rmon tasavvurini eslatadi. Issiqqa, yorug'likka talabchan, qurg'oqchilikka o’ta chidamli o'simlik. Kelib chiqishi bo’yicha, urug'idan, ildiz bachkilaridan ko’paygan va aralash qora saksovulzorlardan iborat. To'nka, ildiz bachkilaridan ko'payish jarayoni qora saksovulzorlarda 18—20 yoshida kechadi. Markaziy Osiyo cho’l o’rmon xo’jaliklari har yili katta maydonlarda (bir necha ming ga) o’rmonlar barpo etib, vodiylar yoni va atrofidagi qumlarni ushlab, mustahkamlash, aholi yashash joylarini, sanoat obyektlarini, temir yo’llarni, qishloq xo’jalik ekinzorlarini ko’chma qumlardan himoya qilish ishlarini amalga oshiradilar. Bu o’rmonlarda qora saksovul yetakchi o’rinni egallaydi.
Oq yoki qum saksovuli (Haloxylon persicum Bge). G'arbiy Osiyo, jumladan Falastin mintaqasi, Misr, Sinay, Janubiy Iroq, Saudiya Arabistoni, Eron, Ummon, BAA, Afg'oniston va Pokiston, Markaziy Osiyo (Qirg'iziston, Turkmaniston va boshqalar) va Xitoyda keng tarqalgan. Oq saksovul tarqalgan (o‘sadigan) hududlar -bu qum barxanlarining nishablik va qiyaliklari, baland bo'lmagan tepaliklar hamda ayrim joylarda o'rasimon chuqurlik va qator orasidagi past joylardir. Bu yerlardagi tuproq turi asosan oddiy, qumloq, kulrang-bo‘z, kam gumusli, deyarli sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan. Oq saksovul massivlari qumliklar chegarasidan chiqmaydi. Qalin saksovulzorlar tashkil etmasdan, balki orasi ochiq holda to‘p-to‘p bo‘lib, bir gektar yerda 30-50 ta butalar o'sadi. Oq saksovul qora saksovulga nisbatan keng tarqalgan. Tipik psammofit. Yorug’likka va issiqqa o‘ta talabchan. Qumli cho’llarning qurg‘oqchilikka eng chidamli o‘simliklardan biri. Qumlarda 1 % nisbiy namlikda ham o‘sa oladi. Tez o‘suvchi o‘simliklar toifasiga kiradi. Ildiz tizimi sizot suvlariga bog’liq emas. Qattiq to‘qima bilan qoplangan ildizlarining asosiy qismi 2,5 metr chuqurlikda joylashadi, asosiy ildizi esa 6 metrgacha yetadi. Oq saksovul butalari o‘zi yashaydigan atrof-muhitni o‘zgartiradi. Kuchli rivojlangan ildiz tizimi yordamida qumni ushlab qoladi. Yozning jazirama issiqlarida yosh (assimilyatsion) novdalari (50 % gacha) tushib ketadi, bu holat o'simlik (buta)lar ostidagi qumlarning zichlanishini ta’minlaydi. Yildan-yilga to‘kilgan novdalar yig’ilib, tuproqning yangilanishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, butalar shamol va quyoshni to’sib, butalar ostida hamda atrofida o’tsimon o’simliklarning ko‘payishiga yordam beradi. Bu esa cho’l yaylovlarini yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling