Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Download 362.07 Kb.
bet1/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi


Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri
Mundarija :
Kirish.
I.BOB markaziy Osiyo o’rmonlarida tarqalgan daraxt va buta turlarining o’rmonchilikdagi ahamiyati.
1.1.Darahtlardan olinadigan yogochlar
1.2 Markaziy Osiyo o’monlarining sistematikasi va tabiiy iqlim sharoitlari.
II . BOB Asosiy daraxt va buta turlarining biologiyasi, morfologiyasi va xilma-xilligi.

    1. Asosiy daraxt va buta turlarining biologiyasi, morfologiyasi va xilma-xilligi.

2.2 O’rmon hosil qiluvchi turlarning tabiiy tarqalish areali hamda tashqi muhit bilan munosabatlari.
4.Xulosa.
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

Kirish.
Insoniyat hayoti qadimgi davrlardan boshlab hozirgi vaqtgacha o’rmon bilan chambarchas bog’liqdir.Shubhasiz kelajakda o’rmonning inson hayotidagi ro’li tobora ortib boradi. Albatta inson ming yillar davomida doimiy o’rmon resurslaridan foydalanganligi bilan bir qatorda uni tiklash va ko’paytirish haqida kamroq o’ylangan.Shu sababli ham bir qator mamlakatlardagi mavjud o’rmonlar egallagan maydonlar keskin kamayib ketdi.Bu holat ayniqsa XIX-XX asrlarda yaqqol namoyon bo’ldi. Shu davrdan boshlab, o’rmon resurslarini tiklash, madaniy o’rmonlar barpo etish, qimmatli daraxt turlarini ekish, introduksiya qilish va iqlimlashtirish masalalari bilan shug’ullanish boshlandi.
O’rmonni inson hayotidagi ro’lini taniqli rus o’rmonchisi G.F. Morozov ochib berdi. U o’zining mashxur ,,O’rmon haqida ta’limot’’ kitobida o’rmon bu daraxt turlarini bir-biri bilan bog’langan va tashqi muhitga ta’sir etuvchi majmua sifatida qarash lozim deb hisoblagan. O’rmonneft, gaz, toshko’mir, qo’ng’irko’mirkabi organic resurslar, hamdametalrudalar, oxaktosh, marmar, qum, shag’al kabi geologik noorganik resurslardan farqli o’laroq tiklanuvchi tabiiy resurs hisoblanadi. Demak, o’rmonchilik sohasining asosiy negizi bu o’rmondir.O’rmon turli-tuman qimmatli mahsulotlar manbasidir, o’rmonning tabiatdagi, shu jumladan inson hayotidag ro’li baxosizdir.O’rmon tabiiy kislorod fabrikasi hamda zararli gazlarni shu jumladan, karbonat angdridni ishonchli utilizatoridir.O’rmonda uning asosiy mahsuloti yog’ochdir, undan tashqari, yong’oq mevalar, qo’ziqorin, dorivor o’simliklar kabi qo’shimcha mahsulotlardan foydalanish mumkin.
O’rmon mahsulotlaridan foydalanish xalq xo’jaligining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib, o’z ichiga ishlab chiqarishning bir nechta tizimini oladi va yog’och tayyorlash, uni yuklash, tashish va tushirish kabi sohalarni ham bog’lab turadi. Shundan yirik o’rmon xo’jaliklari uchun bu yog’och tayyorlashdir.Chunki xalq xo’jaligining qariyb barcha sohalarida yog’och mahsulotlaridan foydalaniladi. Bu degani, qurilish materiallari, uy-joy kommunal xo’jaligi sohalarida, mebel sanoatida, badiiy musiqa sohasida, taxta, faner, gugurt sanoatida, yashik qutilar, bochkalar, harbiy sanoatida va boshqalar. Yog’ochni qayta ishlash natijasida qog’oz, karton, xar hil plastmassalar ishlab chiqariladi. Yog’och mahsuloti bu kimyo sanoatida etil, metil spirtlar, kauchuk va boshqalar. Shuningdek, ipak, yem, nina barglilardan smola va yana bir asosiysi yog’och bu eksport uchun tayyor mahsulotdir. Yana yog’ochdan skipidar, kanifol, shira, texnik moy xar hil kislotalar olinadi.
I guruh o’rmonlari himoya o’rmonlari bo’lganligidan ko’pincha bunday o’rmon maydonlarida kesish ya’ni yog’och tayyorlash ishlari kam o’tkaziladi.Bunday o’rmonlar asosan ximoyalanadi.O’rmon qo’shimcha barpo qilinadi. Ba’zan qo’shimcha mahsulotlar olinadi. Dorivor o’t-o’lanlar, teri mahsuloti, mo’yna, go’sht yetishtiriladi va olinadi. O’rmonfondi yerlaridan yaylov sifatida foydalanish, pichan tayyorlash, asalarichilikni rivojlantirish, ovchilik servisini va ekoturizmni tashkil etish, noruda qazilmalarni olish, chorvachilik va parrandachilikni yo’lga qo’yish mumkin. O’rmonning barcha yog’och bo’lmagan qo’shimcha mahsulotlari o’rmon ne’matlari hisoblanadi va ularni ishlab chiqarilishi kam xarajat yoki butunlay xarajatsiz amalga oshadi. Demak, o’rmon boyliklari xalq xo’jaligini turli sohalarini hom-ashyo mahsulotlari bilan ta’minlashda ahamiyati balanddir.
Markaziy Osiyoning tog’li hududi 58 mln gektar maydonni egallaydi. Bu yerlar katta o’rmon boyliklariga ega hisoblanadi. Tog’ yonbag’irlarida joylashgan bu o’rmonlar suv zahiralarini asrashda va tuproq erroziyasini oldini olishda muhim o’rin tutadi. O’simliklar borligi tufayli oqim suvlari tuproq ichiga sizib kiradi, erroziya va sel jarayonlari oldi olinadi. O’rmon ostidagi o’rmon to’shamasi va chirindi qatlami tuproq yuzasidan oqib keladigan kata qismini ushlab qoladi. Daraxtzorlar esa qorlarni to’plagan holda, nishabliklarda namni bir xil me’yorda taqsimlanishini hamda sug’oriladigan yerlarga suvni yetib borishini ta’minlaydi.
Markaziy Osiyoning to’qay hududlaridagi o’rmonlarda tarqalgan daraxt va buta o’simliklarining ham o’rmonchilikdagi o’ziga xos ahamiyati mavjud. Jumladan bunday hududlardagi o’rmonlarda asosan daraxtlar,butalar, chala butalarva ko’p yillik o’tlar keng tarqalgan bo’lib, ular asosan bir-biriga yaqin joylashgan holda o’sadi. Natijada to’qay o’rmonlarini hosil qiladi. Bunday o’rmonlar daryo yoqalari va soy bo’ylari atroflarida joylashgan bo’lib, hududda tuproq erroziyasini oldini olishga xizmat qiladi. Ya’ni daryo va soy qirg’oqlarini suv yuvib ketishidan asraydi. Bu esa hududning unumdor tuproq qatlamini saqlab, o’simliklarning yaxshi o’sib rivojlanishiga zamin yaratadi.Hamda bunday hududlarda bioxilma-xillik yuqori bo’lib, o’zgacha manzara hosil qiladi. Hudud manzarasi o’z navbatida betakrorligi bilan o’ziga sayyohlarni jalb qiladi va ekoturizm rivojlanishiga muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Markaziy Osiyo qum-cho’l hududlarida esa asosan kichik daraxt va butalar keng tarqalgan. Qum-cho’l hududlari asosan tekisliklardan iborat bo’lib, bu tekisliklar quruq tuproq va qumliklardan iborat. Bu esa o’z navbatida hududda tarqalgan o’simlik turlarining rivojiga o’z salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Shunga qaramay daraxt-butalar o’sishda davom etadi va hudud qiyofasini ijobiy tomonga o’zgartira oladi. Qum-cho’l hududlarida yer osti sizot suvlari bir muncha, chuqurda joylashganligi sabab, bu yerlarda tarqalgan o’simliklarning ildiz tizimi yaxshi rivojlangan bo’lib, qurg’oqchilikka chidamli bo’ladi.Bu yerda o’rmon hosil qilgan o’simliklarning asosiy vazifalari, tuproqni himoyalash, ko’chma qumlarni to’xtatish, cho’l yaylov hududlarini saqlab qolishdir. Bundan tashqari , qorasaksovulzorlar katta xo’jalik ahamiyatiga ega. Chunki Markaziy Osiyo mamlakatlari aholisi uxchun ular mayda qurilish materiali hamda asosiy yonilg’i manbasi bo’lib xizmat qiladi. Bundan tashqari hududdagi surunkali holda bo’lib turuvchi qum bo’ronlarini to’xtatadi. Qumning bir joydan ikkinchi joyga ko’chib yurishini oldini oladi, qum barhanlari nishablik va qiyaliklarini o’z holicha ushlab turadi. Bularning barchasi xalq xo’jaligida juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Markaziy Osiyoda tarqalgan asosiy o’rmon hosil qiluvchi daraxt turlariga terak turlari, archa turlari, qayin turlari, eman turlari, qayrag’och turlari, zarang turlari, olma turlari, do’lana turlari, jiyda turlari,grek yong’og’i, xandon pista,xurmo, shumtol va boshqalar kiradi. Tabiiy holda tarqalgan daraxtlar sharoitga qarab bir-biridan keskin farq qiladi.Bu ularning tashqi ko’rinishida yaqqol aks etadi. O’rmonda daraxtlarning turlicha o’sib rivojlanishi, ya’ni tabaqalanishini keltirib chiqaradigan sabab, yashash uchun kurash va genetik xususiyatlaridir. Ulkan daraxtlar 5%, yirik sog’lom daraxtlar 20% atrofida bo’ladi.Daraxtlar o’rmonchilik sohasida katta ahamiyatga ega.Chunki daraxtlar tez o’sib, katta yog’och zahirasini beradi. Daraxtlar o’z navbatida asosiy va yordamchi daraxtlarga bo’linadi.
Baland bo’yli, sog’lom, muhim iqtisodiy ahamiyatga ega, shox-shabbalari ham o’ziga mos daraxtlarni asosiy daraxtlar deb yuritiladi.Bu ta’rif bir joyda o’sadigan boshqa turdagi o’simliklarga nisbatan olingan.Masalan, sug’oriladigan yerlarda o’sadigan eman daraxti, asosiy daraxt toifasiga kirsa, qumli cho’llarda o’sadigan qora saksovul ham asosiy daraxt toifasiga kiritiladi. Chunki, qumli cho’llarda o’sadigan qora saksovul boshqa o’simliklarga nisbatan o’zining bo’yi, baquvvatligi, shox-shabbasi va ahamiyatiga ko’ra qarab ajralib turadi.
Butalarga esa saksovul, sho’ra yoki cherkez, tol, yulg’un, na’matak, shilvi, zirk, juzg’un yoki qandim, irg’ay, tobulg’i va boshqa bir qancha turlar kiradi. Bu turkum hamda turlarga kiruvchi butalar o’rmonda yordamchi daraxt bo’libgina qolmay, o’zlari ham asosiy daraxt vazifasini bajargan holda, yaxlit bir o’rmon hosil qilishi mumkin. Sababi, qumli-cho’l zonalarida qurg’oqchilikka va sho’rlikka anchagina chidamli bo’lgan butalargina o’sib, rivojlanadi. Bularga misol: saksovul, julg’un, cherkez yoki sho’ra va hokazo. Shu jumladan, mamlakatimiz o’rmon xo’jaligi o’simlik va hayvonot dunyosi jumladan, noyob mevali daraxtlar hamda dorivor o’simliklarning ko’pligi va xilma-xilligi bilan ajralib turadi.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda o’rmon xo’jaligi sohasida keng qamrovli islohotlarning amalga oshirilishi natijasida respublikamizda o’monfondi yer maydoni hajmi sezilarli darajada ko’paydi. O’zbekiston respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-mayda qabul qilgan ,,O’zbekiston Respublikasi o’rmon xo’jaligi davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida’’ P.Q. 2966-son qarori sohaning moddiy texnika bazasi jismonan va ma’nan eskirgani va yetarli darajada modernizatsiya qilinmayotgani, xalqaro grantlarning jalb etilish darajasining pastligi, malakali mutaxasislarning yetishmasligi, soha faoliyatini rivojlantirish, o’rmonlarni ko’paytirish, muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan.
Shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 23-avgustdagi PQ. 4424-sonli ,,Respublikada o’rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan respublikada o’rmonchilik sohasini rivojlantirish, o’rmon fondini muhofaza qilish, ko’paytirish, undan oqilona foydalanish bo’yicha vazifalar belgilab berildi. Bugungi kunda ushbu vazifalar birin-ketin amalga oshirib kelinmoqda.


Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling