Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


To’qay o’rmonlarining daraxt-buta o’siliklari


Download 362.07 Kb.
bet4/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

3. To’qay o’rmonlarining daraxt-buta o’siliklari

1

Terak

Тополь

Populus

2

Toldoshlar

Ивовые

Salicaceae

3

Turli bargli terak

Т.разнолистный

P.diversifolia

4

Turang’il

Т.сизый

P.pruinosa

5

Tog’terak

Т.узбекистанский

P.usbekistanica

6

Tojikistonteragi

Т.таджикистански

P.tadshikistanica

7

Tyan-shan teragi

Т.тяньшанский

P.tianschanica

8

Turang’ilterak

Т.персидский

P.ariana

9

Oqterak

Т.белый

P.alba

10

Qoraterak

Т.чёрный

P.nigra

11

Tol

Ива

Salix

12

Qoratol

И.южная

S.australior

13

Ignabarglitol

И.иглолистная

S.acmophylla

14

Jung’ortoli

И.джунгарская

S.songorica

15

Turontoli

И.туранская

S.turanica

16

Jiydadoshlar

Лоховые

Elaeagnaceae

17

Jiyda

Лох

Elaeagnus

18

Qushjiyda

Л.узколистный

E.angustifolia

19

Sharqjiydasi

Л.восточный

E.orientalis

20

Chakanda

Облепиха

Hippophae

21

Jumrutsimon chakanda

О.крушиновая

H.rhamnoides

22

Yulg’undoshlar

Гребенщиковые

Tamaricaceae

23

Yulg’un

Гребенщик

Tamarix

24

Xomushjulg’un

Г.опушенный

T.hispida

25

Nozikjulg’un

Г.изящный

T.gracilis

26

Sershoxjulg’un

Г.ветвистый

T.ramosissima

27

Archasimonjulgun

Г.арчевый

T.areuthoides

28

Gogenakkerjulg’un

Г.Гогенаккера

T.Hohenackeri

29

Kochijulg’uni

Г.Кочи

T.Kotschyi

30

Tikjulg’un

Г.вытянутый

T.elongata

31

Dukkakdoshlar

Бобовые

Fabaceae

32

Chemish

Чингиль

Halimodendron

33

Ching’il, qizqon

Ч.серебристый

H.halodendron

34

Zaytundoshlar

Маслинные

Oleaceae

35

Shumtol

Ясень

Fraxinus

36

Shumtol

Я.согдианский

F.potomophylla

37

Ayiqtovondoshlar

Лютиковые

Ranunculaceae

38

Ilono’t

Ломонос

Clematis

39

Sharq ilono’ti

Л.восточный

C.orientalis

40

Jung’oryulg’uni

Л.джунгарский

C.songorica




3-rasm. To’qay o’rmonlari


    1. Asosiy daraxt va buta turlarining biologiyasi, morfologiyasi va bio xilma-xilligi.

Markaziy Osiyo o’rmonlarida keng tarqalgan asosiy daraxt turidan biriga Zarafshon archasi (Juniperus zeravschanica) kiradi. Ushbu tur Sarvidoshlar (CUPRESSACEAE) oilasi, Archa (Juniperus) turkumiga kiradi. Bo'yi 10-15 m, diametri 1-1,5 m li, shox-shabbasi qalin, sharsimon, piramida yoki yoyiq shakldagi daraxtdir. Otalik qubbalari yoz o'rtalarida paydo bo’ladi va qish bo'yi (bahorgacha) rivojlanadi. Onalik qubbalari ham yozda hosil bo’ladi va kelgusi yili bahoridan rivojlanadi. Bu archa ikki uyli daraxt bo’lib, bahorda changlanadi. Onalik qubba changlanishi yoki changlanmasligiga qaramay urug‘ kurtak rivojlanaveradi. Tashqi ko‘rinishdan onalik qubbaning urug'i bor yoki yo'qligini aniqlash mumkin emas, lekin urug'lanmagan qubba tez to'kilib ketadi.
Qubbada urug'lar ikkinchi yili kuzda yetiladi. Qubbalar kalta novdalarda joylashadi. Ular yumaloq, diametri 1,5 sm gacha bo'lib, zangori rangda, tarkibida smola bor, zich nuqtali. Yetilganda ranggi o'zgarib, undagi nuqtalar to'kilib ketadi. Qubba 4-6 ta tangachasimon barglarning o'zaro qo'shilib o'sishi natijasida hosil bo'ladi. To'liq urug'li qubba yetilgandan so'ng keyingi yili bahorda to'kiladi. Archa urug'dan ko'payadi. Urug'i uchburchak, tuxumsimon, yerga to'kilgandan so'ng qulay sharoitda 1-3 yilda unib chiqadi. Katta yoshida ildizi baquvvat bo'lib rivojlanadi. 1000 yilgacha yashaydi
Turang‘i (Populus diversifolia Schrenk) bo‘yi 15-18 m ga, tanasining diametri 80-90 sm ga yetadigan daraxt, tanasi tik yoki qiyshiqroq o‘sadi, sershox shoxlari yo‘g‘on. Shox-shabbasi yoyiq, keng, qalin bo‘lib, diametri 10 m gacha boradi. Po‘stlog‘i yosh vaqtida silliq, kul rang katta yoshida bo'yiga chuqur yoriladi. Shoxlari yumaloq, g‘isht rangda, yupqa po‘sti ajralib turadi, tuksiz. Novdasi ham yumaloq, tuksiz, kurtaklarining bo‘yi 3 mm, uchburchakli yoki keng tuxumsimon, yashil-kul rangda bo‘ladi. Barglari yosh vaqtida ingichka, dag‘al zangori-yashil rangda, cheti notekis, unda bo‘lajak tishchalar izi bor, plastinkasi bir oz bukilgan, kalta bandli. Barg plastinkasi terakning yoshiga qarab o‘zgarib turadi. Shuning uchun ham bu terak turli bargli terak deb ham deb ataladi.
Otalik gulli kurtaklarining bo‘yi 8 mm, mayda, tuxumsimon, o‘tkir uchli, sariq, novvoti rangda, tuksiz. Kuchalasining bo‘yi 3,5 sm, eni 1-2 sm. Onalik guli kurtaklari otalik gulli kurtaklaridan yirikroq. Kuchalasining bo‘yi 3-4,7 sm, eni 1,5-2 sm, tuxumsimon, osilib turadi. Mevasi kalta tukli, so‘ng tuksiz bo‘lib qoladi. Yetilganda qo‘ng‘ir rangli pardachaga o'xshaydi va tez to’kilib ketadi. Urug‘ining bo‘yi 0,8-1 mm, eni 0,4-0,6 mm, romb yoki lanset shaklida. Yuzasi silliq, g‘adir-budur, sariq, oqish yoki novvoti rangda, tubi to‘q jigar rangda, sertuk, bu tuklar urug‘ga nisbatan 2-5 marta uzun, ular kumush rang bog‘lam hosil qiladi.
Oqtol (Salix alba L.) boshqa tollar ichida eng kattasidir. Bo'yi 30 m ga, diametri 2 m ga yetadi. Po'stlog'i kulrang, bo'yiga yorilgan bo'ladi. Shox-shabbasi keng va yumaloq, kurtaklari yotiq, tukli. Novdasi ipaksimon tukli, shoxlari esa tuksiz. Barglari lansetsimon tuzilib, cheti mayda tishchali, o'tkir uchli bo'lib, asosiy tomirlari yonida ipaksimon tuklar bor. Ular yozning o'rtalarida to'kilib ketadi,
biroq pastki tomonida biroz saqlanib qoladi. Oqtol barg yozish bilan bir vaqtda yoki biroz keyinroq gullaydi. Gullari kuchala hosil qilib, siyrak joylashadi, gul poyasi tukli uning tubida kulrang bargchalar bor. Gulyon bargchalari bir xil rangda bo'ladi. Urug'chisi qisqa ustunchali, ikki qismga ajralib turadigan tumshuqchali. Mevasi 25-30 kunda yetiladi. Bu tol asosan urug'idan yaxshi ko'payadi. To'nkasidan novda chiqarib tiklanadi, poyasidan ham ko'payadi. Tolning yog'ochi oq, pushti rangda, yumshoq, yengil bo'lib, qurilishda va boshqa xo'jalik ishlarida ishlatiladi. Po'stlog'ida 5-11 % salisin moddasi bor.
Grek yong‘og‘i (Juglans regia L.) bo‘yi 25-30 m ga, diametri 1—2 m ga yetadigan daraxt. Shox-shabbasi keng, sharsimon. Shox va novdalarining po’stlog’i silliq, oqish po’st tashlab turadi. Barglari toq patsimon, bo’yi 40 sm gacha yetadi, 7-9 ta bargchalari bor, uchidagisi eng yirik, tubidagisi ancha mayda bo’ladi. Barglari hidli efir moyi chiqarib turadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Barg yozish bilan bir vaqt (aprel oyi)da gullaydi. Shamol vositasida chetdan changlanadi. Mevasi bitta yoki bir nechtadan to’da bo’lib joylashadi. Ular sentabr oyida yetiladi, qo’ng’ir-yashil, oval shaklda ustki seret po’sti mevasi yetilganda yoriladi.
Xandonpista (Pistacia vera). Markaziy Osiyoda turkumning bitta xandonpista (Pistacia vera L) turi o‘sadi. Uning novdalari yashil kulrang, shoxlari kulrang, jigarrang mayda yasmiqchalari bor. Uning barglari uch bo‘lakli, po‘sti qalin, har ikkala tomoni tiniq yashil, yaltiroq, bo‘yi 20 sm gacha, bargchalari tuxumsimon, uchi to‘mtoq, tubi notekis, bandsiz bo’lib, navbat bilan joylashadi.
Mevasi juda mazali, iste’mol qilinadi va oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Mag‘zi tarkibida 60-70 % moy bor. Tanasidan smola olinadi. Tanasi, bargi va mevalarida xushbo'y efir moyi bo’ladi. Bargida tannid moddasi bor.
Sivers olmasi (Malus Siversii (Ledeb)Roem.) bo‘yi 10—12 metrga yetadigan, yoyiq shox-shabbali, tikansiz daraxt. Novdalari tukli, barglarining orqa tomoni va gul qismlari kul rang tukli, urug’idan hamda ildiz bachkilaridan ko'payadi. Barglari yirik, (8-12sm) keng elliptik, chekkalari tishchali. Gullari yirik, to‘pgul shaklida. Mevalari bitta-bitta joylashgan,mayda yoki 0’rtacha kattalikda 2-5 sm uzunlikda sharsimon, sariq-yashil, ba’zan qizg’ish. Urug’lari 9 mm uzunlikka va 6 mm diametrga ega, jigarrangda, bitta mevada 1—15 ta urug'lari bo’ladi. 1 kg mevalaridan 16 g urug‘ olish mumkin. Hosildorligi bitta daraxtdan 10—55 kg ni tashkil etadi.

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling