Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Oddiy shirin bodom (Amygdalus communis L.)


Download 362.07 Kb.
bet5/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Oddiy shirin bodom (Amygdalus communis L.) doimo seleksiya predmeti bo'lib kelgan, uning ko'plab yirik mevali va serhosil navlari yaratilgan. Bodom mag'zi o'ziga xos ta’mga ega bo’lib, oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Bodom mag'zidan yuqori sifatli moy olinadi. Danak po'chog'i qaynatmasi ateroskleroz kasalligini oldini olishda samarali vosita hisoblanadi. Bundan tashqari, shirin bodom o'rmon melioratsiyasida ham keng foydalaniladi, eroziyaga uchragan yerlarda bodomzorlar plantatsiya usulida barpo etilmoqda. Tabiatda 4-10 m balandlikkacha o'sadi novdalari qizil -jigarrang, barglari to'plam ko'rinishida, barglari lansetsimon tor elementik shaklda bo'ladi. Shirin bodom boshqa mevali daraxt turlariga qaraganda eng birinchi gullaydi (mart oyida), shu sababli ko'p hollarda bahorgi sovuqlardan zararlanib turadi. Mevalari quruq danak, cho'zinchoq tuxumsimon 3-4 sm uzunlikda bo’ladi. O’rtacha gullagandan so'ng 4-5 oydan keyin pishib yetiladi. Bodom ekilgandan so'ng 5-6 yilda hosilga kiradi, 10-12
yoshlarida maksimal hosil beradi. 100 yilgacha yashaydi.
Turkiston yoki qizil do’lana (Crataegus turkestanica Pojark.). Tabiatda 8 metrgacha balandlikka ega daraxt. Tana po‘stlog‘i va novdalari to'q kulrangda bo‘ladi. Novda tikonlari 1,5 mm gacha bo’lib, siyrak joylashgan. Daraxtdagi barglari ikki xil gulli novdalarda romb shaklida, o‘suvchi novdalarda kengroq uch
bo’lakli bo’ladi. Aprelda gullaydi. Birinchi gullash 5-8 yoshli yosh daraxtlarda kuzatiladi. Gullari yarim zontiksimon, oq rangda, mevasi tuxumsimon diametri 12 mm gacha, qizil, yaltiroq, sariq unsimon iste’molga yaroqsiz meva etiga ega, bir danakli oktabrda yetiladi. Birinchi yillari sekin 8-9 yoshlarida bor yo’g’i bir metrga o'sadi. Maksimal balandlikka 30-60 yoshida yetadi. Ildiz tizimi tarvaqaylagan, gorizontal ildizlari ona daraxtdan 8-10 metr masofagacha o‘sadi. Do’lananing bu xususiyati tog‘ o'rmon melioratsiyasida eroziyaga uchragan va yemirilishga moyil tog' yonbag'irlarini mustahkamlashda qadrlanadi va ko'plab ekiladi

Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling