Dаrxаtlа Vа Ulаrdаn Olinаydigаn Yаg'och Turlаrining Mаhаliy Hudutdа O'sаydigаn Turlаri Mundarija : Kirish


Rixter sho‘rasi yoki cherkez (Salsola Richteri Kar


Download 362.07 Kb.
bet14/15
Sana17.06.2023
Hajmi362.07 Kb.
#1530285
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Markaziy Osiyo o’rmonlari dendroflorasi va o’zi

Rixter sho‘rasi yoki cherkez (Salsola Richteri Kar.). Rixter sho’rasi Markaziy Osiyoning qumli cho'llarining endemik turidir. Ushbu o'simlikning areali asosan Qoraqum va Qizilqumning qumli cho'llari bilan chegaralanadi. Ma'muriy jihatdan u Turkmaniston va O'zbekiston, Tojikiston va Qozog'istonning eng janubi-g'arbiy hududlari bilan cheklangan. Ushbu tur psammofit bo'lib, qurg‘oqchilikka chidamli, yomg‘sevar, qumli yashash joylariga yaxshi moslashgan. Sho‘ralar qumliklar va qurg‘oqchil cho’llarda sho‘rlangan tuproqlarda o‘sadi. Qumni mustahkamlashda sho'ralardan foydalaniladi, shuningdek, sho‘ralar cho’l va yarim cho‘llar hududida ko‘kalamzorlashtirish ishlarida hamda ixotazorlar yaratishda va yashil massivlar hosil qilishda foydalaniladi. Bunga 3 m dan ortiq chuqurlikgacha cho'zilgan, nam gorizontlarga etib boradigan uzun ildizlar va yer usti qismining xeromorfik tuzilishi yordam beradi, bu o’simlikka namlikni yaxshi iste'mol qilishga imkon beradi. Ildizning qum bilan qoplangan qismlarida g'ayritabiiy ildizlarni hosil qilishi mumkin, bu uning suv ta'minotini sezilarli darajada yaxshilaydi
Meduza boshli juzg‘un yoki qizil qandim (Calligonum caput Medusae Schrenk) Markaziy Osiyoda Pomir-Oloyning janubi-g‘arbida, Farg‘ona vodiysida, (Yozvon cho'lida) Qizilqumda, Balxash va Orol bo‘ylarida keng tarqalgan. Notekis qumliklar hududida o‘suvchi o‘simlik. Bu tur qurg’oqchilikka juda ham chidamli tur hisoblanib, cho’l hududida tabiiy o’rmonzorlarni barpo etadi. Ildiz tizimi juda yaxshi rivojlangan bo’lib, qum barxanlarini ushlab turish xususiyatiga ega.
Androsov yulg‘uni (Tamarix Androssowii Litw.). Androsov yulg‘unining tabiiy tarqalish hududlari-sho‘rlanmagan yoki kam sho'rlangan qum va barhanlardir. Markaziy Osiyoning Zarafshon daryosi qadimiy irmoqlarida va unga tutash bo‘lgan Amudaryoning vodiy qismida keng tarqalgan. Xuddi boshqa cho‘l o‘simliklari singari, ushbu tur ham issiqqa, qurg‘oqchilikka chidamli, tuproqqa talabchan emas, ko‘plari-sho‘rga chidamli. Tez o'suvchi, asal to‘plovchi o‘simlik. O‘zining manzaraliligi tufayli ko'kalamzorlashtirish ishlarida, ayniqsa, cho‘l va yarim cho‘llarning sho‘rlangan tuproqlarida ekish uchun foydalanish mumkin.
4.Xulosa
Hozirgi kunda ekologik vaziyatni hisobga olsak, o’rmonchilik sohasiga e’tiborni kuchaytirish muammolar yichimi bo’la oladi. Ekologik vaziyat deganimizda, tabiat va insoniyat o’rtasidagi munosabatlar ko’z oldimizga keladi. Albatta bu munosabatlar ijobiy hamda salbiy bo’lishi mumkin. Insoniyat qanchalik ko’p tabiatga zarar yetkazaversa, salbiy jihat oshib boraveradi va ekologik vaziyat tubdan yomonlashib boraveradi. Bularni oldini olish uchun esa tabiatga bo’lgan munosabatlarimizni ijobiy tarafga o’zgartirishimiz lozim. Chunki insoniyat o’ziga kerakli bo’lgan barcha tabiiy manbalarni tabiatdan oladi. Ushbu tabiiy manbalar esa o’rmonda mavjuddir. Demak, biz o’rmonni qanchalik rivojlantira olsak, bizga karakli bo’lgan tabiiy manbalar ham shunchalik ko’payib boraveradi, hamda ekologik vaziyat ham o’z-o’zidan yaxshilanib boradi.
O’rmonchilik sohasi rivoji uchun albatta o’rmon fondi yerlarini kengaytirishimiz, tabiiy hamda sun’iy o’rmonlarni ko’paytirishimiz lozim. Bunda esa bizga birinchi navbatda hozirgi kungacha saqlanib qolgan tabiiy o’rmonlar yordam, beradi. Tabiiy o’rmonlardan urug’ va ko’chatlar yig’ib olinib, urug’chilik plantatsiyalari hamda ko’chatxonalar barpo etiladi. So’ngra madaniy o’rmonlar barpo etiladi. Madaniy o’rmonlar esa keyinchalik tabiiy o’rmonlarga aylanishi ham mumkin. Biz tilga olayotgan tabiiy hamda madaniy o’rmonlar nafaqat davlat balki, insoniyat boyligi hisoblanadi. Chunki, o’rmon bu yog’och manbai, oziq-ovqat manbai va qo’shimcha daromad manbai ham hisoblanadi. Yog’och va oziq-ovqat asosiy yo’nalish desak, turizm bu qo’shimcha foydalanish hisoblanadi. Hozirgi kunda esa o’rmondan qo’shimcha foydalanish yo’nalishi anchagina o’z rivojini topgan desak adashmagan bo’lamiz. Zero bu yo’nalish Markaziy Osiyodagi o’rmonlarda anchagina yaxshi rivojlangan. O’rmondan qo’shimcha foydalanishga bir qancha misollar keltira olishimiz mumkin. Masalan, turizm, asalarichilik, qo’shimcha oziq-ovqat sanoati, tibbiyot uchun farmaseftika sanoati, baliqchilik, chorvachlik, dehqonchilik, bog’dorvhilik va yana bir qancha soha yoki yo’nalishlarni aytishimiz mumkin. Bularning bari esa hudud o’rmonchilik sohasida o’z aksini topgan.
Markaziy Osiyo hamda yurtimizda ham tabiiy o’rmonlar milliy boylik hisoblanadi va xalq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega, ekologik vaziyatni yaxshilovchi omillardan biri hisoblanadi. Ushbu kurs ishida ham milliy dendrofloraning turlari o’rmonlarni shakllantiruvchi ekologik tuproq sharoitida tabiiy holda uchragan turlar to’g’risida ma’lumot berilgan. G’arbiy Tyan-shan tog’ tizimasi o’rmonlari bioxilma-xilligi bo’yicha boy hisoblanadi. Tarkibidagi turlar yaproq bargli daraxtlardan iborat, Semenov zarangi, yong’oqzorlar, sivers olmazorlari, tog’olchazorlar, do’lanazorlar aralashib o’sadi. Markaziy Osiyo o’rmonlari asosan daryo bo’ylarida va yer osti suvlari yaqin joylashgan joylarda joylashgan bo’lib, bunday o’rmonlar asosan tollardan, jiydalardan, yong’oqlardan iborat hisoblanadi. Tog’li hududlarda esa tabiiy ravishda qurg’oqchilikka chidamli bo’lgan archalar va yaproq bargli daraxt va butalar keng tarqalgan. Cho’l hududlarda ham o’rmonlar mavjud bo’lib, asosan qora va oq saksovuldan, cherkez, qandim, yulg’un, va qum akatsiyalardan tashkil topgandir. Shu turlardan iborat o’rmonlar maxalliy aholi punktlari uchun ekologik muhitni yaxshilovchi omil hisoblanadi. Ushbu omilni inobatga olgan holda, hamda o’rmondan qo’shimcha foydalanish sohasini rivojlantirish maqsadida zarur adirlik va boshqa joylarda hozirgi kunda ham tabiiy va sun’iy o’rmonzorlar barpo etish ishlari olib borilmoqda. Misol uchun yurtimiz tabiatida ham bodomzorlar hamda xandon pistazorlardan tabiiy va sun’iy yaratilgan o’rmonlar va plantatsiyalar mavjud. Sho’rga chidamli tuproqlarda ham bir qator turlardan foydalanish mumkin. Ular asosida madaniy o’rmonlar barpo etish ham maqsadga muvofiq bo’lgan bo’lardi. Masalan, jiydazorlar va tutzorlar barpo etish juda samarali hisoblanadi.
Markaziy Osiyo tabiatida uchragan maxalliy turlardan genofond sifatida foydalangan holda, madaniy o’rmonlarni yaratishga imkon mavjud. O’rmonlarni yaratishda tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda kasalliklarga va noqulay iqlim sharoitlariga eng chidamli bo’lgan turlardan foydalanish tavsiya etiladi, hamda ekonomik samaradorligi ham oshadi. Masalan, zarangdan, yong’oqlardan, bodom, pista, terak va boshqalardan foydalanish sohaning yanada rivojlanishiga asosiy sabab bo’la oladi. Chunki, Markaziy Osiyo o’rmonlaridagi tabiiy tarqalgan turlar shu hududning tabiiy iqlim sharoitrlariga moslashgandir. Shuni inobatga olgan holda, Markaziy Osiyo hududlarida o’rmon yerlarini kengaytirish maqsadida tabiiy tarqalgan turlar ustida iqlimlashtirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. Sababi, hudud iqlimining turfa xilligi, keskin kontinentalligi, mo’tadil hamda okean suvlaridan yiroqligi boshqa hududda tarqalgan daraxt va butalarning ushbu hududda o’sib rivojlanishida bir qancha to’siq va qiyinchiliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Ammo o’simlik olamida adaptatsiya jarayoni bor ekan, introduksiya ishlarini ham doimiy ravishda amalga oshirib borish kelajakda yaxshi samara bera olishi mumkin.
Markaziy Osiyoda asosan uch xildagi o’rmonlar keng tarqalgan. Bular, tog’, to’qay hamda qum-cho’l o’rmonlaridir. Bunday o’rmonlarning keng tarqalganligi esa hududdagi o’rmonlarning o’ziga xosligi va turlar aro bio xilma-xillik yuqori ekanligidan dalolat beradi. O’ziga xos jihatlariga alohida urg’u berib o’tadigan bo’lsak, bunga misol, hududda tarqalgan turlarning tabiati xilma-xilligidadir. Masalan, quyoshni sevuvchi va qurg’oqchilikka chidamli tur ham mavjud, namgarchilikni yoqtiruvchi va soyasevar turlar ham hudud florasida mavjuddir. Hudud o’rmonlarida tarqalgan turlar sermaxsulligi ham juda yuqoridir. Bunga tabiiy iqlim sharoitlarining xilma-xilligi va hudud relyefi sabab bo’la oladi.


Download 362.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling