Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim


Daryo vodiysi va uning elementlari


Download 0.86 Mb.
bet3/7
Sana09.04.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1345319
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Daryolarning geologik ishi

Daryo vodiysi va uning elementlari

Daryo vodiysi va uning elementlari haqidagi ma’lu­motlar geomorfologiya kursida batafsil yoritilgan. Shuni hisobga olib, mavzuga tegishli asosiy fikrlarni qisqacha takrorlash bilan chegaralanamiz.
Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o’zaro ke­sishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi:
- daryo o’zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi;
- qayir-daryoda toshqin yoki to’lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi;
- vodiy tubi-daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi;
- talveg-daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq;
- terrasalar-yonbag’irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar;
- yonbag’irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar;
- vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo’yicha yonbag’irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq.
Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yonbag’irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o’zanning egri­bugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko’rsatadi.


Daryolarning bo’ylama qirqimlari
Ma’lumki, daryoda suvning harakati­oqishi balandlik­lar farqi tufayli yuzaga keladi. Daryo uzunligi bo’yicha ba­landlikning o’zgarishini bo’ylama qirqimlarda tasvirlash mumkin. Daryolarning bo’ylama qirqimlari suv yuzasi yoki o’zan tubi bo’yicha olingan balandlik ma’lumotlari asosida chiziladi. Bo’ylama qirqimlar joyning geologik tuzili­shiga, relefiga bog’liq holda turli daryolarda turlicha shakllarga ega bo’ladi. Ularni umumlashtirib, quyidagi turlarga ajratish mumkin (13­rasm).

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling