Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim
Download 0.86 Mb.
|
Daryolarning geologik ishi
daryo o’zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi;
qayir-daryoda toshqin yoki to’lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi; vodiy tubi-daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi; talveg-daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq; terrasalar-yonbag’irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar; yonbag’irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar; vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo’yicha yonbag’irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq. Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yonbag’irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o’zanning egribugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko’rsatadi. Daryolarning shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Daryo sistemasining shakl va o`lcham ko`rsatkichlari. Bir daryo ikkinchisidan o`zunligi, irmoqlari soni, ularning Yer sirtida joylashish shakli va boshqa ko`pgina belgilari bilan farqlanadi. Mazkur farqlarini daryo sistemasining morfologik va morfometrik yani shakl va o`lcham ko`rsatkichlarini solishtirish orqali aniqlash mumkin. Daryo sistemasining asosiy shakl va o`lcham ko`rsatkichlari quyidagilardan iborat: bosh daryo o`zunligi; irmoqlar va ularning o`zunliklari; daryoning egriligi; daryo tarmoqlarining zichligi; - daryo yoki daryo qismining nishabligi; Bosh daryoning uzunligi uning boshlanishidan quyilish joyigacha bo`lgan masofa bilan aniqlanadi. Bosh daryoning o`zunligini xaritadan aniqlashda sirkul-o`lchagich yoki kurvimetrdan foydalanish mumkin. Buning uchun sirkul-o`lchagich yordamida xaritdan, tuzatma koeffitsienti e`tiborga olgan holda, aniqlangan uzunlik xarita masshtabiga ko`paytiriladi. Hisoblash aniqligi xarita masshtabiga bog`liq bo`lgani uchun yirik masshtabli xaritalardan foydalanish tavsiya etiladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling