Daryolarning geologik ishi Reja: kirish asosiy qisim
Daryo vodiysi va uning elementlari
Download 0.86 Mb.
|
Daryolarning geologik ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- - daryo o’zani
- - yonbag’irlar
- Daryolarning bo’ylama qirqimlari
Daryo vodiysi va uning elementlari
Daryo vodiysi va uning elementlari haqidagi ma’lumotlar geomorfologiya kursida batafsil yoritilgan. Shuni hisobga olib, mavzuga tegishli asosiy fikrlarni qisqacha takrorlash bilan chegaralanamiz. Daryo vodiysi suv oqimining yer sirtida bajargan ishi natijasida vujudga kelib, daryoning boshlanishidan quyi qismi tomon ketgan yassi yonbag’irlari va nishabligi bilan xarakterlanadi. Ma’lumki, ikki daryo vodiysi o’zaro kesishmaydi, lekin ular birgalikda umumiy vodiyni tashkil qilishlari mumkin. Har qanday daryo vodiysida quyidagi elementlar mavjud bo’ladi: - daryo o’zani-vodiyning oqar suv egallagan qismi; - qayir-daryoda toshqin yoki to’lin suv kuzatilganda vodiyning suv bosadigan qismi; - vodiy tubi-daryo o’zani va qayir birgalikda vodiy tubi deb ataladi; - talveg-daryo uzunligi bo’yicha o’zandagi eng chuqur nuqtalarni tutashtiradigan egri chiziq; - terrasalar-yonbag’irlardagi gorizontal yoki bir oz qiyalikka ega bo’lgan maydonchalar; - yonbag’irlar-vodiy tubini ikki yondan chegaralab turuvchi va daryoga qarab qiya joylashgan maydonlar; - vodiy qoshi-vodiy uzunligi bo’yicha yonbag’irlarning eng yuqori nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq. Daryo vodiysining tuzilishi, shakli va o’lchamlari daryoning suv rejimiga katta ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yonbag’irlar qiyaligining katta yoki kichikligi daryoning loyqaligiga ta’sir qilsa, o’zanning egribugriligi unda oqayotgan suvning tezligiga ta’sir ko’rsatadi. Daryolarning bo’ylama qirqimlari Ma’lumki, daryoda suvning harakatioqishi balandliklar farqi tufayli yuzaga keladi. Daryo uzunligi bo’yicha balandlikning o’zgarishini bo’ylama qirqimlarda tasvirlash mumkin. Daryolarning bo’ylama qirqimlari suv yuzasi yoki o’zan tubi bo’yicha olingan balandlik ma’lumotlari asosida chiziladi. Bo’ylama qirqimlar joyning geologik tuzilishiga, relefiga bog’liq holda turli daryolarda turlicha shakllarga ega bo’ladi. Ularni umumlashtirib, quyidagi turlarga ajratish mumkin (13rasm). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling