Daryolarning suv rejimi. Daryolar suv rejimining elementlari
Daryolar suv rejimining davrlari
Download 56.5 Kb.
|
asilbek.geomatriya.dayrolar suv sath rejimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Т o’linsuv davri
- Т oshqin (pavodok) davri
- Kam suvli davr (mejen)
Daryolar suv rejimining davrlari
Daryolar suv rejimining yillik ozgarishini bir necha xarakterli qismlargakop suvli, yani tolinsuv, kam suvli va toshqin davrlariga ajratish mumkin. Ular umumiy nom bilan suv rejimi davrlari deb ataladi. Bu davrlarning har birining oziga xos xususiyatlari, jumladan davom etish vaqti, daryolarning toyinish manbalari hamda ularning daryo oqimiga qoshadigan ulushlarining yil davomida ozgarishi bilan aniqlanadi. Oz navbatida bu omillar daryo havzasining iqlim sharoitiga bogliqdir. Davrlar soni turli tabiiygeografik zonalarda joylashgan daryolar uchun turlichaikkitadan to torttagacha bolishi mumkin. Masalan, tekislik hududlarida quyidagi tort davr kuzatiladi: bahorgi tolinsuv davri (polovode), yozgi kam suvli davr (mejen), kuzgi toshqin davri (pavodok), qishki kam suvli davr (mejen). Bazi tekislik daryolarida kuzgi toshqin davri kuzatilmasligi mumkin, yozgi tolinsuv davri uzoq muddatga choziladigan daryolarda esa yozgi kam suvli davr (mejen) kuzatilmaydi. Orta Osiyoning nisbatan yirik daryolarida esa asosan ikkita davr, bahorgiyozgi tolinsuv davri va kuzgiqishki kam suvli davr (mejen) kuzatiladi. Тo’linsuv davri deb, daryoda suvning ko’payishi har yili deyarli bir xil mavsumda takrorlanadigan va uzoq vaqt (26 oy) davom etadigan davrga aytiladi. Bu davrda daryo qayirlari suv ostida qoladi. Suv sathining keskin ko’tarilishi esa ayrim hollarda ko’ngilsiz hodisalarga sabab bo’ladi. Тoshqin (pavodok) davri deganda, daryo havzasiga yoqqan jala yomg’irlar natijasida daryodagi suv sathi va sarfining juda tez ortishi va shunday keskin kamayishi tushuniladi. Тoshqin davri o’zining qisqa muddatliligi, oqim hajmining nisbatan kichikligi hamda ayni bir daryoda butun yil davomida turli davrlarda kuzatilishi bilan to’linsuv davridan farq qiladi. Ba’zi daryolarda toshqin davri kuzda kuzatilsa (Rus tekisligi, Ғarbiy Sibir tekisligi daryolari), Qrim va Italiyaning janubiy va o’rta qismi daryolarida qish va bahor oylarida bo’ladi. Тog’li hududlarda, jumladan O’rta Osiyo daryolarida havo haroratining keskin ko’tarilishi natijasida qor yoki muzliklarning jadal erishi hisobiga ham toshqinlar kuzatilishi mumkin. Kam suvli davr (mejen)-daryolar suv rejimining tolinsuv va toshqin davrlariga nisbatan kam suvliligi bilan farq qiladigan davridir. Kam suvlilikning asosiy sababi suv toplash havzasidan daryoga kelib tushadigan suv miqdorining keskin kamayishidir. Yuqorida aytilganidek daryolarda yozgi va qishki kam suvli davr (mejen)lar kuzatiladi. Daryolar kam suvli davrda asosan yer osti suvlari hisobiga toyinadi. Suv rejimining turlariga kora daryolarni oddiy va murakkab rejimli daryolarga ajratish mumkin. Oz suvini har xil geografik zonalardan yigadigan katta daryolar uchun (Nil, Amur, Yenisey, Pechora, Dunay va boshqalar) murakkab rejim xosdir. Bir xil geografik zonada joylashgan orta va kichik daryolar (shartli ravishda suv toplash havzasi maydoni 50 ming km2 gacha) oddiy rejimga ega boladi. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling