Daryolarning suv rejimi. Daryolar suv rejimining elementlari
Suv olchash taxtachalari
Download 56.5 Kb.
|
asilbek.geomatriya.dayrolar suv sath rejimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suv sathini kuzatish malumotlaridan amalda foydalanish
Suv olchash taxtachalari ikki turdadoimiy va kochma boladi. Doimiy suv olchash taxtachalari kopriklar ustuniga yoki maxsus qoziqlarga ornatiladi. Katta qiyalikdagi qirgoqlarda yoki suv sathi tebranishi katta amplitudaga ega bolgan hollarda, kuzatishlar kochma suv olchash taxtachalari yordamida olib boriladi. Buning uchun daryo ozani va qayirida oqimga kondalang yonalishda qator qoziqlar qoqiladi. Ularning har birining balandligi suv olchash posti reperiga nisbatan nivelir yordamida aniqlanadi. Reper daryoning suv bosmaydigan qirgogiga mustahkam ornatilib, mutlaq yoki nisbiy balandligi aniqlangan qoziqdir.
Daryolarning suv sathi rejimi Daryolarda suv sathining ozgarishi avvalo daryodagi suv miqdori, yani suv sarfining ozgarishi bilan bogliqdir. Suv sarfi qanday omillar tasirida ozgarsa, suv sathi ham ana shu omillar va ularga qoshimcha ravishda ozan kondalang qirqimining shakliga, ozanda kuzatiladigan muzlash hodisalariga bogliq holda ozgaradi. Suv sathi va sarfi ozgarishlarining oxshashligi ularning davriy tebranishlari chizmalari birbiriga solishtirilganda yaqqol namoyon boladi. Daryoning ayrim qismlarida suv sathi rejimi ozan va qayirlarning tuzilishiga bogliq holda suv sarfiga nisbatan oz yoki kop ozgarishi mumkin. Masalan, daryoning keng va shu bilan birga sayoz qismida suv sathi suv sarfiga nisbatan juda sekin ozgarsa, chuqur va tor ozanda buning teskarisi boladi. Bunga sabab, katta qayirda suv massalari toplanishi (akkumulyatsiyasi) natijasida suv sathi amplitudasi kamayadi. Daryolarning suv sathi rejimi quyidagi omillar tasirida ozgarib turishi mumkin: a) agar bosh daryoga quyiladigan irmoqda tolinsuv davri oldin boshlansa, u holda irmoqning quyilish joyidan yuqoridabosh daryoda, dimlanish hisobiga, suv sathining kotarilishi kuzatiladi; b) agar tolinsuv davri bosh daryoda oldin boshlansa, u holda irmoqning suv sathi kotariladi; v) ozan suv osimliklari bilan qoplanganda suv sathi osimlik yoq vaqtdagiga nisbatan yuqori boladi; g) ozanning yuvilishi suv sathini kamaytirsa, oqiziqlarning ozanda toplanishi (akkumulyatsiyasi) esa suv sathining kotarilishiga sabab boladi; d) qish oylarida, suv sarfi ozgarmagan holda, muzlash hodisalari sababli, suv sathi keskin ozgarishi mumkin; ye) daryolarning okean va dengizga quyilish qismida suv sathi rejimi ancha murakkab xarakterga ega boladi. Chunki bunda Yer bilan Oyning ozaro tortishish kuchi yoki shamol tasirida vujudga keladigan suvning kotarilishi va pasayishi (qaytishi) hodisalari faol tasir korsatadi. Bunday hodisalar Volga, Neva, Don kabi daryolarda kuzatiladi; j) inson xojalik faoliyati (yogoch oqizish ishlari, togonlar qurilishi kabilar) ham suv sathining ozgarishiga sezilarli tasir korsatadi. Suv sathini kuzatish malumotlaridan amalda foydalanish Biror daryoning irmoqlar kelib qoshilmaydigan qismida kuzatishlar olib boradigan va birbiridan malum masofada joylashgan ikki kuzatish joyi(posti)dagi suv sathlari ozgarishi chizmalarini ozaro solishtirsak, ular ortasida katta oxshashlik borligini koramiz. Har ikki postdagi suv rejimining bir xil fazalarida kuzatiluvchi suv sathlariga moslashgan suv sathlari deyiladi. Moslashgan suv sathlarini aniqlash uchun har ikki kuzatish postiga tegishli kundalik suv sathlarining yillik jadvallaridan foydalanib, ularning yillik tebranishi chizmalari ustmaust holda bitta qogozga chiziladi. Chizmadan foydalanib, har ikki post uchun xarakterli nuqtalarni (kotarilish va pasayish aniq koringan) belgilab olish zarur. Chizmadagi moslashgan suv sathlarini ifodalovchi maksimum va minimumlar quyi postda yuqori postdagiga nisbatan kechroq kuzatiladi. Kechikish muddati daryo ozanidagi suvning yuqori postdan quyi postga yetib kelishi uchun ketgan vaqt bilan aniqlanadi. Gidrologik yilnomalarni tuzishda suv sathi kuzatishlari haqidagi malumotlarning ahamiyati beqiyosdir. Download 56.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling