Daryolarning to’yinishi Daryo deb – havzaga yoqqan yog’inlardan hosil bo’lgan yer usti va yer osti suvlari hisobiga to’yinib, tabiiy o’zanda oquvchi suv massalariga aytiladi


Download 1.42 Mb.
bet2/3
Sana22.04.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1381438
1   2   3
Bog'liq
daryolarning to\'yinishi

Daryolarning to’yinishida ishtirok etuvchi manbalardan har birining yillik oqimga qo’shgan hissasini miqdoriy baholash uslubi hali takomiliga yetmagan. Bu sohadagi dast¬labki ishlar 40­yillarda M.I.Lvovich tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, u daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasnifini ishlab chiqdi. Bu ish 70­yillarda ancha qiyomiga yetkazildi. Har ikki bosqichda ham olim daryolar suv rejimining tahliliga asoslandi va natijada Yer yuzasidagi daryolarni 38 turga bo’ldi. Shundan 20 ta turi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi hududida uchraydi.

  • Daryolarning to’yinishida ishtirok etuvchi manbalardan har birining yillik oqimga qo’shgan hissasini miqdoriy baholash uslubi hali takomiliga yetmagan. Bu sohadagi dast¬labki ishlar 40­yillarda M.I.Lvovich tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, u daryolarning to’yinish manbalari bo’yicha tasnifini ishlab chiqdi. Bu ish 70­yillarda ancha qiyomiga yetkazildi. Har ikki bosqichda ham olim daryolar suv rejimining tahliliga asoslandi va natijada Yer yuzasidagi daryolarni 38 turga bo’ldi. Shundan 20 ta turi Mustaqil davlatlar hamdo’stligi hududida uchraydi.
  • Har bir to’yinish manbai-qor qoplami, yomg’ir suvlari va grunt suvlarini miqdoriy baholashda M.I.Lvovich quyidagi oraliqlarni qabul qildi: 80 foizdan ko’p, 50­80 va 50 foizdan kam.

Тo’yinishida muzliklarning erishidan hosil bo’ladigan suvlar ishtirok etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklar suvlarining salmog’i 50 foizdan ko’p bo’ladi. Shu sababli, mazkur to’yinish manbaining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ular uchun alohida chegara berilgan: 50 foizdan ko’p, 50­25 va 25 foizdan kam. Agar yillik oqimning 80 foizidan ko’prog’i uchta to’yinish manbaidan biri, masalan, qor hisobiga to’g’ri kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi bo’yicha toza holda qor suvlari hisobiga to’yinuvchi daryolar turiga kiradi. Agar to’yinish manbalaridan biri, masalan, qor suvlarining yillik oqimdagi salmog’i 50­80 foiz atrofida bo’lsa, unda daryo asosan qor suvlaridan to’yinuvchi daryolar turiga kiritilgan. Nihoyat, daryo oqimida uchta to’yinish manbalaridan har birining salmog’i 50 foizdan kam bo’lsa, bu daryo aralash manbalar hisobiga to’yinuvchi turga kiritilgan.

  • Тo’yinishida muzliklarning erishidan hosil bo’ladigan suvlar ishtirok etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzliklar suvlarining salmog’i 50 foizdan ko’p bo’ladi. Shu sababli, mazkur to’yinish manbaining o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib, ular uchun alohida chegara berilgan: 50 foizdan ko’p, 50­25 va 25 foizdan kam. Agar yillik oqimning 80 foizidan ko’prog’i uchta to’yinish manbaidan biri, masalan, qor hisobiga to’g’ri kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi bo’yicha toza holda qor suvlari hisobiga to’yinuvchi daryolar turiga kiradi. Agar to’yinish manbalaridan biri, masalan, qor suvlarining yillik oqimdagi salmog’i 50­80 foiz atrofida bo’lsa, unda daryo asosan qor suvlaridan to’yinuvchi daryolar turiga kiritilgan. Nihoyat, daryo oqimida uchta to’yinish manbalaridan har birining salmog’i 50 foizdan kam bo’lsa, bu daryo aralash manbalar hisobiga to’yinuvchi turga kiritilgan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling