Dastgohlar tuzilishining shartli
-rasm.Ketingi babkaning tuzilishi.5-rasm.Tirgakning tuzilishi
Download 0.95 Mb.
|
csdvwe
- Bu sahifa navigatsiya:
- QО‘LDA YО‘NISH UCHUN KESKICHLAR
4-rasm.Ketingi babkaning tuzilishi.5-rasm.Tirgakning tuzilishi.
Ketingi babka (4-rasm) korpus 1, markazli pinol 2, qisgich 3, vint mexatsizmi 4, maxovik 5, qotirgich vint 6 va siquvchi taxtacha 7 dan iboratdir. Bu babka uzun zagotovkalarning о‘ng tomondagi uchining tayanchi vazifasini о‘taydi. Tirgak (5-rasm) asos 1, keyokich tayanchi 2, stopor dasta 3, siquvchi maxovik 4 dan iboratdir. U yо‘nish vaqtida keyokichning tayanchi sifatida xizmat qiladi. Yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohi mexanizmlarida harakatlarning uzatilishi 6-rasmdagi kinematik sxemada shartli belgilar bilan kо‘rsatilgan. Shpindelning aylanma harakati elektrodvigatel (M)dan ponasimon tasmali uzatma yordamida amalga oshadi; bu uzatma ponasimon ariqchali diametri har xil ikkita shkiv va ponasimon tasmadan iboratdir. Shkivlar elsktromotor va shpindel valla-rining uchlariga mustahkam о‘rnatiladi. Tasmaning bir ponasimon ariqchadan ikkinchi ana shunday ariqchaga tortilishi natijasida shpindel ikki xil chastotada aylanishi mumkin. 6-rasm.Yog‘ochga Ishlov berish gokarlik dastgohining kinematik sxemasi. Shpindel oldingi babkaning korpusiga о‘rnatilgan va u sharchali dumalash podshipniklarida aylanadi. Yog‘och zagotovkani mahkam о‘rnatish uchun shpindelning oldingi uchiga trezubets, patron va hokazolar shaklidagi turli moslamalar burab qо‘yiladi. Ketingi babkaning korpusi staninaning yо‘naltirgichi bо‘ylab suriladi.Uni tayyorlanadigan detal zagotovkasining uzunligiga qarab istalgan holatda qotirish mumkin. Zagotovkani markazlarga uzil-kesil mahkamlash vint mexanizmi va maxovikchali pinol yordamida amalga oshiriladi. QО‘LDA YО‘NISH UCHUN KESKICHLAR Yog‘och zagotovkalarni qо‘lda yо‘nishda asosan ikki xil - yarim aylana va yassi qiya iskanalardan foydalaniladi. Yarim aylana iskanalar (7-rasm, a) faskali tarnovsimon plastinaga о‘xshaydi, ularning bо‘rtgan tomoni va yarim aylana shaklidagi tig‘i bо‘ladi.Charxlash burchagi 25-35°. Ana shunday iskananing enli (20-50 mm li) xili dag‘al ishlov berishda va botiq sirtlarni tekislashda ishlatiladi. Ensiz (5-20 mm li) xili esa tubi yarim aylana ariqchalarni yо‘nishda va zagotovka-larda markaz о‘yiqlarni «parmalashda» qо‘llanadi. Yassi qiya iskanalar (7-rasm, b) tо‘g‘ri chiziqli, asbobning yon qirrasiga nisbatan (60-70°) qiya tig‘ga ega bо‘ladi. Bu tig‘ning ikki tomoni 20-25° li burchak hosil qilib charxlanadi. Shunda silivdrsimon va bо‘rtma sirtlarni ishlashda, toretslarni о‘tkir burchakli qilib tilishda, dumaloq uchlarni hosil qilishda asbob tig‘ining о‘rtasini ishlatish imkonini beradi. Amalda eni 15 dan 50 mm gacha iskanalar qо‘llanadi. Yuqorida ta’riflangan ikki xil iskana bilan diametri kichik detallarni yо‘nishda talab qilinadigan har qanday operatsiyalarni bajarish mumkin. Lekin ular bilan tubi tо‘g‘ri chiziqli tor ariqchalar hosil qilib bо‘lmaydi. 7-rasm. Keskichlarning turlari: a - yarim dumaloq keyokich; b - yassi qiya keskich. Zagotovkalarni yog‘ochga ishlov beriladigan tokarlik dastgohiga mahkamlash usullari Tokarlik dastgohida asosan yaproqli daraxtlar - qayin, qora qayin, zarang, jо‘ka, olxa, shumtol yog‘ochlaridan olingan zago-tovkalar yо‘niladi.Bu zagotovkalar quruq, kо‘zsiz va yorilmagan bо‘lishi kerak.Tolalari tо‘lqinsimon (egri-bugri) yog‘ochlardan foydalanish yanada ma’quldir. Zagotovkalarni (kesimi kvadrat shaklidagi bruskani) tanlashda yо‘nish va dastgoh moslamalariga mahkamlash uchun diametri bо‘yicha 5...6 mm va uzunligi bо‘yicha 40...60 mm qо‘yim hisobga olinadi. Zagotovkaning toretsida qalam bilan diagonallar о‘tkaziladi; ularning kesishgan joylariga bigiz yoki kerner bilan markazlar belgilanadi.Randa bilan bruskaning yon qirralari randalanib zagotovkani sakkiz qirrali qilinadi. Diametri kichik va uzunligi 150 mm gacha bо‘lgan zagotovkalar patronga о‘rnatiladi. Buning uchun zagotovkaning uchini biroz yо‘nib konusga о‘xshatiladi. Uzun zagotovkalarning bir uchi trezubetsga mahkamlanadi (8-rasm). Bunda zagotovka toretsining о‘rtasida ketingi babkaning markazi uchun kerner bilan chuqurcha hosil qilinadi va ishqalanishni kamaytirish uchun solidol surtiladi. 8-rasm. Zagotovkllarni mustahkamlash usullari: a - trezubss bilan; 6 - patron bilan. Tirgak yuqorigi tayanch sirti dastgoh markazlari chizig‘idan 2...3 mm balandroq va ishlov bsrilayotgan detaldan 3 mm cha pastroq turadigan qilib о‘rnatiladi (9-rasm). Zagotovkaning tirqishini tekshirish uchun uni qо‘lda bir marta aylantirib kо‘riladi 9-rasm. Tirgakni о‘rnatish. 1Карабанов, И. А Справочник по трудовому обучению / И. А. Карабанов [и др.]. — М., 1992. — 239 с. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling