Dastgohlar yuritmalari va ularning
Download 45.06 Kb.
|
DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. QADAMLI SURISH YURITMALARI. Reja- 1.DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. 2. QADAMLI SURISH YURITMALARI.
DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. QADAMLI SURISH YURITMALARI. Reja: 1.DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. 2. QADAMLI SURISH YURITMALARI.DASTGOHLAR YURITMALARI VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI. Dastgoh ishchi organining harakatini ta’minlovchi mexanikaviy, elektrik, gidravlik, elektron va boshqa qurilmalar dastgoh yuritmasini tuzadi. Vazifasiga qarab dastgohlarda bosh harakat, surish va yordamchi harakat yuritmalari mavjud. Bosh harakat yuritmasi bevosita kesish jarayonini ta’minlaydi. Surish harakatlari yuritmalari zagotovka yoki kesish asbobni kesish zonasi ichida harakatini ta’minlab beradi. Yordamchi yuritmalar zagotovkalar, detallar, kesish asboblarning yordamchi harakatlari, asbob magazinlar va stollarning burilishini, sovutish suyuqliklarni uzatish va boshqa harakatlarni ta’minlaydi. Har bir yuritmaga qo’yiladigan talablar uning vazifasiga bog’liq. Bosh harakat yuritmasidan doimiy quvvatni (Ne = const) ta’minlab berish talab etiladi, chunki shpindelning kichik chastotalarida asosan katta kuchni talab etadigan kuchli kesish amalga oshiriladi, baland aylanish chastotalarida esa kichik kesish kuchni talab etadigan toza ishlov berish bajariladi. Bunda SHpindelning chastotalarini rostlash diapazoni 100dan oshmaydi (D shp ≈ 100). Surish harakati yuritmalaridan asosan doimiy moment bilan rostlanish talab etiladi (M = const). Surish mexanizmlarida yuritmaning asosiy kuchi ishchi organning surilishi chog’idagi ishqalanish kuchlarni yengishga sarflanadi. Surish yuritmalaridan o’ta keng surishlar diapazonini (Ds ≥ 10000) ta’minlab berish talab etiladi, chunki raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda minimal surilish boshqarish diskretligi hamda teskari aloqa bilan belgilanadi. Yuritma tomonidan faqat har bir diskretani amalga oshirish orqali yuqori aniqlik va yuzaning tozaligiga erishish mumkin. Bundan tashqari surish yuritmalari tez harakatlarni yuqori tezlikda amalga oshirishi va tezlikni olish hamda to’xtashda tez ishlaydigan bo’lishi kerak. Yordamchi yuritmalar kesish jarayonida qatnashmaydi va ulardan katta rostlash diapazoni va tez ishlash ko’p holatlarda talab etilmaydi. Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda mexanikaviy, gidravlik, pnevmatik va elektrik yuritmalar qo’llanishi mumkin. Mexanikaviy yuritma qo’pol bo’lib, rostlash ravonligini ta’minlab bera olmaydi, baland tovush chiqaradi, dastgohning konstruktsiyasini murakkablashtiradi. Lekin mexanikaviy yuritma yordamida doimiy quvvat bilan rostlanishga oson erishiladi. SHuning uchun dastgohlarning bosh harakat mexanizmlarida shunday yuritmalar ko’p uchrab turibdi. Gidravlik yuritmalar keng diapazonda rostlanishni ta’minlay oladi, surish mexanizmlarida aylanma harakatini ilgarilama harakatiga aylantirish talab etmaydi, gidravlik dvigatellar tez ishlash qobiliyati va nisbatan kichik gabarit o’lchamlarga ega. Lekin gidravlik yuritmalarni ishlashi uchun katta o’lchamli va baland tovush bilan ishlaydigan gidrostantsiyalar mavjud bo’lishi kerak. Gidravlik yuritmalar puxta qarovni talab etadi. Gidrodvigatellar cheklangan quvvat va momentlarga ega. Ushbu foydalanish kamchiliklar tufayli raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda gidravlik yuritmalar elektrik yuritmalar bilan keng ravishda almashtirilmoqda. 2. QADAMLI SURISH YURITMALARI. Surish harakati yuritmalariga quyidagi talablar qo’yiladi: 1. Ishlov berish rejimini ta’minlash, aniq uzatish sonlar diapazonini hosil qilish; 2. Yuritmalarning kinematik va kuch xarakteristikalari ishlov berishda talab etilgan surishlar va kuchlarni ta’minlab berishi lozim; 3. Yuritmaning talab etilgan surishlar diapazonini (D = Smax /Smin) ta’minlab berishi uchun yuritma mexanizmlari minimal darajadagi oraliqlar (zazor) bilan tayyorlanishi lozim; 4. Surish yuritmalari tezlanishning maksimal qiymatini ta’minlash kerak; 5. Yuritma mexanizmlarida ishqalanish kuchlarini kamaytirish, turli holatlarda harakat ravonligini ta’minlash (kichik tezliklarda, tezlikni sakrama o’zgarganda, katta inertsiya massalarida va hokazo); 6. Yuritma mexanizmlarini rezonans holatiga kelishiga yo’l bermaslik; 7. Mexanizmlar yeyilishini va qizib ketishini kamaytirish Download 45.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling