Dastlabki yillar Maktab yillari Kurash 4 Patent ofisi
Download 54.68 Kb.
|
Albert Eynshteyn haqida
Urushning salbiy ta’siri
Eynshteyn o’zining nemis hamkasblari urushning quturishiga yordam berayotganligidan dahshatga tushadi. O’z g’oya va qarashlariga mutlaqo zid bo’lgan odamlar bilan birga yashab ishlash uning sog’lig’iga jiddiy ta’sir qila boshlagandi. Eynshteyn nihoyat Miliviyaga ajrashishni so’rab maktub yozadi. Miliviya o’z eridan bunday xabarni eshitishidan qattiq iztirobga tushadi. Biroq, Eynshteyn hammasiga barham berishga qaror qilgan edi. Eynshteynning Maykl Besso ismli do’sti ularning aloqalarini yaxshilab yarashtirishga harakat qiladi. Biroq, Eynshteyn uning fikrlarini mutlaqo rad etgan holda, Miliviya bilan yashash bir umr burningda badbo’y hidni hidlab yurish bilan barobar degan fikrlarni aytadi. Shunga qaramay, Miliviya va farzandlariga doimiy tarzda g’amxo’rlik qilishga va hatto Nobel mukofotini yutganida u bilan baham ko’rishga va’da beradi. Eynshteynning bu fikrlaridan xabar topgan Miliviya ilojsiz ajrimga rozilik beradi. 1917 – yilning oltinchi Aprelida AQSH Germaiyaga urush e’lon qiladi. Eynshteyn tashvishga tusha boshlaydi. U Berlinni ‘’ jinnixona ‘’ deb atagandi. Kundan – kunga sog’lig’i yomonlashib borayotgan Eynshteyn qariyb 22,68 kg ga ozib ketadi. Nihoyat, 1917 – yilning kuziga kelib, kuchli zo’riqish va siqilishlar boisdan u butunlay to’shakka mixlanib qoladi. Dastlab u o’zini saraton kasalligiga chalinganligini taxmin qiladi. Biroq, shifokorlar unga o’tkir oshqozon yarasi va kuchli charchoq va zo’riqishning oqibati deb tashxis qo’yishadi. Elsa unga g’amxo’rlik qilish maqsadida undan o’z uyiga ko’chib o’tishini so’rab iltimos qiladi. U bir necha oylar mobaynida qimmatli vaqtini to’shakda o’tkazishga majbur bo’ladi. U og’ir damlarida farzandlari u bilan birga bo’lishini orziqib kutadi, afsuski farxandlaridan hamon xabar yo’q edi. Eynshteyn jismonan nozik va kasalmand bo’lgan ikkinchi o’g’li haaqida ko’p qayg’uradi. Vaqt o’tgan sari, uning sog’lig’i yaxshilanib bordi. Elsaning mehribonchiligi tufayli ancha vazn to’plashga ham erishdi va asta – sekin oyoqqa turib sevimli skripkasini chala boshlaydi. Shu bilan birga, o’zini yaxsh qilgan damlarda ishlashda ham davom etdi. U kichkinagina xonasida, bepayon olam sir – asrorlari, to’g’risida bosh qotirar, cheksiz ilm ummonida sokin suzib borardi. Download 54.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling